1. Mamlakatimizda Davlat xaridlari tizimini rivojlantirishni shartli ravishda necha bosqichga bo'lish mumkin?
Download 22.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqFAN YUZASIDAN TEST SAVOLLARI
Savollar. 1.Mamlakatimizda Davlat xaridlari tizimini rivojlantirishni shartli ravishda necha bosqichga bo'lish mumkin? ( 4ta) 2.Xarid tizimida davlat buyurtmachisining 2 ta kategoriyalari birlashtiradi bular qaysilar? (. Bular - byudjet buyurtmachilari (davlat organlari; byudjet tashkilotlari; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo'naltiriladigan byudjet mablag'larini oluvchilar; davlat maqsadli jamg'armalari) hamda korporativ buyurtmachilar (davlat korxonalari; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar; ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo'lgan yuridik shaxslar) 3. Xarid qilish tartib-taomillarining eng yaxshi takliflarni tanlash va tender turlarini majburiy tartibda elektron shaklda o'tkazish talabi nechanchi yilda amalga kiritildi? (2022-yil 1-yanvardan) 4.Davlat xaridlari bu nima? ( Davlat xaridlari – davlat buyurtmachilarining ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni belgilangan talablar va tartib-taomillar asosida sotib olish jarayoni.) 5.Davlat xaridlarining sub’yektlariga nimalar kiradi? (Davlat buyurtmachilari: byudjet va korporativ buyurtmachilar. ) 6.`Tovar va xizmatlarni sotib olish to'g'risida`gi qonun qachon qabul qilingan? (1994 yil BMTning xalqaro savdo huquqi Komissiyasining 27-sessiyasida qabul qilingan) 7.Davlat xaridlarini tashkil etish modellari necha turga bo'linadi, va ular qaysilar? (1. Markazlashgan model; 2. Markazlashmagan model; 3. Aralash model.) 8.Tender deganda nimani tushunasiz? (Tender deganda davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usuli tushuniladi) 9.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining `Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va ularga tadbirkorlik sub‘ektlarini jalb qilish to'g'risida`gi Qarori qachon imzolandı? (2019-yil 5-dekabrda) 10.Davlat xaridlari to'g'risidagi qonun qachon qabul qilingan? (Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan) Download 22.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling