1. Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi


Download 33.29 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi33.29 Kb.
#1390027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi

Birinchidan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi-ning XVI Plenumidan so'ng respublikada ijtimoiy-ma'naviy ahvolni tartibga solish niqobida SSSRning boshqa mintaqalaridan jo'natilgan kadrlarning ko'plari O'zbekistonda rahbar lavozimlarga tayinla-nishlarini o'zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini bilishni istamagan bunday kadrlar jumhuriyat ma'naviy hayotini barbod etishga harakat qildilar. Shu tariqa xalqning ko'p asrlik an'analarini, madaniyati va urf-odatlarini mensimaslik elni ranjitdi.
Ikkinchidan, ayrim mahalliy rahbarlar, xususan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining sobiq mahalliy millatga mansub rahbarlari o'sha davrda amal kursisini yo'qotmaslik uchun markazga qo'g'irchoq bo'lib qoldilar, sotqinlik qilishdan o'zlarini tiya olmadilar. Natijada xalqning urf-odatlari, an'analari, madani­yati oyoq osti qilindi. Ona tilining qo'llanish sohasi sun'iy tarzda cheklab qo'yildi. Hatto shundoq ham milliy an'analardan ancha olis-da bo'lgan ayrim san'at turlari kimlargadir maqbul bo'lmay, ularni milliy mahdudlikda ayblashib, mualliflar ta'qib ostiga olindi. Bir-gina misol, 1986-yil 4-oktabrda O'zbekiston KPMKning III Plenu-mi «Ideologiya ishining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan respublika partiya tashkilotining vazifalari» masalasini muhokama qildi. Unda real hayotga mos bo'lmagan xalqning milliy o'zligini anglashiga zid ko'rsatmalar berildi. Jumladan, «O`tmishni ideallash­tirish, nosinfiy va notarixiy yondashish shunga olib keldiki, Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitob sa-hifalarida shu vaqtga qadar ko'zga tashlanib turibdi, ayrim yozuv-chilarning e'tiborida tarix haqiqatiga zid ravishda u insonparvar va uzoqni ko'ra biluvchi siyosatchi qilib ko'rsatilgan. Bu borada tipik o'rta asrga xos jihatlarni ko'ra olish uchun Pirimqul Qodirovda sin-fiy yetuklik yetishmadi. Yozuvchi Boburning haqiqiy bosqinchilik faoliyatlarini sezmay, uning go'yo ma'rifatparvar podsholigi, nozik didli lirik shoir va ulkan tarixchiligiga qoyil qolib, erib ketadi-yu ko'z yoshi qiladi.
Bunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko'rinsa-da aslo bunday emas. Uning zamirida tarixni qaytadan yozishga urinish, pat-riarxal davrni qo'msashni targ'ib qilish, islomni milliy madaniyat-ning xazinachisi qilib ko'rsatishga urinish yotadi», deb ta'kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Ple­num «ideologiya ishidagi mavjud buzilishlar murosasizlik bilan tu-gatilsin, tarixiy o'tmishni idrok qilishda markscha-lenincha metodo-logiyadan og'ish yo'lidagi har qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko'rsatma berdi.
Ko'rinib turibdiki, Plenum kishilarni vatanparvarlik va inter-natsionalizm ruhida tarbiyalash kabi g'oyalarni ilgari sura turib, o'zi xalqni asl ma'nodagi vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zid yo’l-yo'riqlar belgilab berdi. Bunday noto'g'ri pozitsiya 1987-yil 17-yanvarda Toshkentda bo'lib o'tgan jamiyatshunos olimlarning respublika Kengashida ham yana bir bor ta'kidlandi. Kengash res­publika olimlariga tarixiy voqea va hodisalarga baho berishda partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib yondashish kerakligini tavsiya qildi. Biroq, bunday tarixiy haqiqatga zid mafkuraviy yo'l-yo'riq xalq tomonidan ma'qullanmadi, ziyolilarning qarshiligiga uchradi. 1991-yil, ya'ni, O'zbekiston yangi yo'lga chiqib olgan, o'zini mustaqil deb e'lon qilgan yil yana shu bilan ahamiyatliki, bu yil-da Mir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hur fikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. Bu to'yga respublikada katta tayyorgarlik ko'rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga ay­l^ndi. Avvalo buyuk shoir asarlarini keng xalq ommasiga yetkazish uchun muhim ishlar amalga oshirildi. Uning yigirma jildlik mukam-rtial asarlar to'plami nashr etila boshlandi. Bundan tashqari «Lison-ut tayr», «Sab'ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «:Hayrat-ul Abror» singari shoh asarlari alohida-alohida holda bir necha ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiy-ommabop asarlar sovg'a kitoblar sifatida nashr qilindi.
Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat rnukofoti ta'sis etildi. Pushkin nomidagi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Shoir nomi berilgan Davlat adabiyot muze-yi yangi eksponatlar bilan boyitildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug' bobomizning muhtasham va purviqor haykali qo'yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qoldirgan ma'naviy me-ros bugungi kunda yangilanayotgan jamiyatimizni ma'naviy yuksal-tirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Download 33.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling