161. Janubiy Suriya va Kichik Osiyo uchun Salavkiylar bilan qaysi davlat
o’rtasida tinimsiz urushlar bo’lib o’tgan ?
162. Kushon davlatida mil avv III-II asrlarga oid yer haydaydigan
omochning temir uchi topilgan Talibarzu yodgorligi qayerda joylashganini
aniqlang ?
163. 456-yilda bo’lib o’tgan Kidariylar va Sosoniylar urushi davrida Sosoniy
hukmdor kim bo’lganini aniqlang ?
164. Nechanchi asrda ko’chmanchilarning ko’chishlari boshlanishi
natijasida Salavkiylar davlati chegaralariga xavf yanada ko’chaydi ?
165. Yunon Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri qaysi asrlarga
to’g’ri keladi ?
166. O’rta Osiyo yerlariga shimoli-sharqdan xion qabilalari nechanchi asrda
bostirib kiradi ?
167. Qaysi hukmdor «Podsho tomonidan buyurilgan barcha narsalar doimo
adolatdandir », degan tamoyilga qat’iy amal qilgan ?
168. Eftalitlar yetti qabiladan iborat massagetlarning yetakchi urug’laridan
biri ekanligi haqida ma’lumot bergan shaxsni aniqlang ?
169. Qaysi qabila xun qabilalariga qon-qarindosh bo’lganidan bo’lsa kerak,
g’arb tarixchilari ularni “oq xunlar” deb ataganlar ?
170. Soter-Qutqaruvchi,
Dikayos-Adolatparvar,
Everget-Ezgulik
kabi
podsholar qaysi davlatda bo’lganini tasdiqlaydigan ma’lumotlar topilgan ?
171. 1970-yili qayerda bo’lgan xalqaro anjuman Kushon davlati
masalalariga bag’ishlangan edi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |