1. Maple paketining asosiy maqsadi va uning imkoniyatlari. Maple tizimida o’zgaruvchilar. Tenglamalarni yechish


Download 26.21 Kb.
bet2/3
Sana19.12.2022
Hajmi26.21 Kb.
#1033829
1   2   3
Bog'liq
MI-matematik tizim

2.O’zgaruvchilarni qiymatlash uchun (:=) operatoridan tashqari assign() funksiyasi ham ishlatiladi. Uni quyidagi uch formada foydalanish mumkin:
assign(A,B), assign(A=B), assign(C).
Bu yerda A – identifikator, B – ixtiyoriy mumkin bo’lgan ifoda, C – ro’yxat, to’plam yoki tenglamalari ketma - ketligi bo’lishi mumkin. Birinchi ikki formada B ifodaning qiymati A o’zgaruvchiga beriladi. Uchinchi formada ro’yxat, to’plam yoki tenglamalari ketma - ketligini har bir elementining chap qismini qiymatlash uchun qo’llaniladi.
Masalan,
>assign(A1,124);A1;
124
>assign(A2=562);A2;
562
>assign([x=3, y=6, z=2, h=cos(t)]);x,y,z,h;
3,6,2,cos(t)
>assign([xx=-5, yy=82, zz=44, hh=exp(t)]);xx,yy,zz,hh;
-5,8244,et
Maple tilida ifodalarni hisoblash natijalarini chiqarish uchun print() funksiyasi ishlatiladi. Uning umumiy yozilishi quyidagicha:
print(,…, );
Maple muhitida tenglamalarni yechish uchun universal buyruq solve(t,x)
mavjud, bu yerda t – tenglama, x – tenglamadagi noma’lum o’zgaruvchi. Bu
buyruqning bajarilishi natijasida chiqarish satrida ifoda paydo bo’ladi, bu ana shu tenglamaning yechimi hisoblanadi. Masalan:

> solve(a*x+b=c,x);


Agar tenglama bir nechta yechimga ega bo’lsa va undan keyingi


hisoblashlarda foydalanish kerak bo’lsa, u holda solve buyrug'iga biror-bir nom name beriladi. Tenglamaning qaysi yechimiga murojoat qilish kerak bo’lsa, uning nomi va kvadrat qavs ichida esa yechim nomeri yoziladi: name[k].
Masalan:
> x:=solve(x^2-a=0,x);

> x[1];

> x[2];
-
Tenglamalar sistemasini yechish. Tenglamalar sistemasi ham xuddi
shunday solve({t1,t2,…},{x1,x2,…}) buyrug’i yordami bilan yechiladi, faqat endi buyruq parametri sifatida birinchi figurali qavsda bir- biri bilan vergul bilan ajratilgan tenglamalar, ikkinchi figurali qavsda esa noma’lum o’zgaruvchilar ketma-ketligi yoziladi.

Masalan:
1)Tenglamalar sistemasini yeching.


>eq:={x-y=1,x+y=3};
eq := {x - y = 1, x + y = 3}
> s:=solve(eq,{x,y});
s := {y = 1, x = 2}.
2)Tenglamalar sistemasini yeching.
> eq:={2*x-2*y=4,x+4*y=6};
eq := {x + 4 y = 6, 2 x - 2 y = 4}
> s:=solve(eq,{x,y});
s := {y = 4/5, x = 14/5}
Agar bizga keyingi hisoblashlarda tenglamalar sistemasining yechimidan
foydalanish yoki ular ustida ba’zi arifmetik amallarni bajarish zarur bo’lsa, u holda solve buyrug’iga biror bir name nomini berish kerak bo’ladi. Keyin esa ta’minlash buyrug’i assign( name) bajariladi. Shundan keyin yechimlar ustida arifmetik amallarni bajarish mumkin.
Masalan:
> s:=solve({a*x-y=1,5*x+a*y=1},{x,y});

> assign(s); simplify(x-y);


Download 26.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling