1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi
davri boshlanadi. Keyingi bosqich – motivatsion zondaj
Download 343.16 Kb.
|
Pedpgogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Bilish jarayonlari va professional faoliyat Reja: Professional faoliyat
davri boshlanadi. Keyingi bosqich – motivatsion zondaj. Uning maqsadi – suhbatdoshning motivlari va qiziqishlarini anglash. So‘ngra diqqatni mustahkamlash bosqichi boshlanadi, keyin esa fikrlarda nizolilar bo‘lsa, asoslash va ishontirish bosqichi keladi. Va, nihoyat, natijalarni qayd etish bosqichi boshlanadi. Agar mavzular ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoki sherik notinchlik alomatlarini namoyon qilgan taqdirda muloqotni yakunlash zarur. Muloqotni doimo davom ettirish istiqboli bilan yakunlash kerak. Eng oxirgi daqiqalar, yakuniy so‘zlar, qarashlar, qo‘l siqishlar o‘ta muhimdir, ba’zida ular ko‘p vaqt davom etgan suhbat natijasini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Muloqot tuzilishida uch xil o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlar: kommunikativ yoki kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai nazarlarni ajratib ko‘rsatadilar. Mavzu: Bilish jarayonlari va professional faoliyat Reja: Professional faoliyat Bilish jarayonlari va ularning umumiy xususiyatlari Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir. Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko’p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko’rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko’zi bilan ko’rgan har qanday obyektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o’z hiskechinmalarini ayta olsa, boshqalar – har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo’shishga moyil bo’ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo’larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o’z diqqatini har qanday mayda o’zrgarishlarga ham qaratishga o’rgansa, konstruktor mavhum matematik hisobkitoblarga usta bo’lib boradi. Iqtisodchi-moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o’rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va voqyealarni badiiy bo’yoqlarda, o’ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o’sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog’liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo’lmish bilish jarayonlari – idrok, sezgi, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o’sishidagi roliga to’xtalib o’tamiz. Xo’sh, bilish jarayonlari deganda psixologiyada aynan nimalar nazarda tutiladi? Download 343.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling