1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi


Download 343.16 Kb.
bet94/104
Sana17.06.2023
Hajmi343.16 Kb.
#1534112
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104
Bog'liq
Pedpgogika

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Xayol
Idrok – ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning
aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir.
Tasavvur – biz ilgari idrok qilgan narsa va hodisalar obrazini ayni choqda fikran qayta tiklashimizdir.
Tasavvurlar idrok bilan o’xshash bo’lib, idrok asosida maydonga keladi, ammo ular, odatda, idrokka qaraganda birmuncha xiraroq, rangsiz bo’ladi va unchalik to’liq bo’lmaydi.
Xotira – o’tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo’lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki tanishdir U quyidagi psixik jarayonlardan: esda olib qolish, o’zlashtirilgan materialni esda saqlash, tanish va esga tushirishdan iboratdir.
Xayol – biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir.
Iroda – kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir.
Tafakkur – fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirishdan, ular o’rtasiga aloqa hamda munosabatlarni
aniqlashdan iborat bo’lgan bilish jarayonidir
Diqqat – ongning biron-bir predmet, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda to’planishidir.
Ongning qaratilishi deganda obyektni tanlab olish nazarda tutiladi, ongning biron-bir narsaga to’planishi esa ana shu obyektga aloqador bo’lmagan barcha narsalarni ong doirasidan tashqarida qoldirish ma’nosini bildiradi.
Nutq – kishilarning til vositasida o’zaro munosabatda bo’lish jarayonidir.
Mavzu: Sezgi,diqqat,xotira va uning turlari
Reja:

  1. Sezgi va uning turlari

  2. Diqqat va uning turlari

  3. Xotira va uning turlari

Sezgi - olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili.
Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi. Fiziologik jarayonda qoʻzgʻalish nervning oʻtkazuvchi yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli markaziy hujayralar tizimiga oʻtadi. Psixologik jarayonda nerv qoʻzgʻalishida bizga taʼsir etgan qoʻzgʻovchining analizi paydo boʻladi va u sintezga aylanadi — Sezgi paydo boʻladi. Sezgi aʼzolari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan bogʻliq.
Insonda voqelikni bilishda koʻrish Sezgisi yetakchi oʻrinni egallaydi. Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin: 1) ekstroretseptorlar — bular organizm sirtida boʻladi, ularga koʻrish,eshitish, hid bilish, taʼm bilish, tuyish Sezgilari kiradi; 2) interoretseptorlar — tanamiz ichidagi Sezgilar, bularga ichak, jigar, oʻpkadagi Sezgilar kiradi; 3) propriretseptorlar — muskul, pay, boylamlarda boʻladi. Sezgilarning hammasi oʻziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.

Download 343.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling