1-Ma’ruza : Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 67.19 Kb.
bet2/2
Sana25.07.2023
Hajmi67.19 Kb.
#1662365
1   2
Bog'liq
Eshmatov Omadbek falsafadan topshirig\'i (1)

Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning absolyut jihatlari, relyatsion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari absolyutlashtiriladi. Substansial konsepsiya tarafdorlari (Demokrit, Aflotun, Eronshahri, Zakariyo ar Roziy, Beruniy, Patrisiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler, Mopertyui va boshqalar) fikricha, fazo - materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan mustaqil substansiyadir; fazo - moddiy ob’ektlar uchun joylashish makoni, u absolyutdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi; vaqt munosabatlari absolyutdir, ya’ni vaqt hamma hisob sistemalarida bir xilda o‘tadi. Fazo va vaqtni ular mustaqil substansiya deb hisoblaganliklari tufayli bunday yondashuv substansial konsepsiya deb fanga kirgan.
Relyatsion konsepsiya vakillari(Arastu, Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosiri Xisrov, Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart, Leybnis, Toland, Boshkovich, Yum, Fixte, Kant, Xegel)ning fikricha, fazo - moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon bo‘lishi, jismlarning o‘zaro joylashish o‘rinlari va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo - juz’iy holda ham, umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bog‘liqdir; materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir; fazo - nisbiydir. Vaqt esa materiyaning atributi (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas, vaqt munosabatlari nisbiydir, vaqtning davomiyligi moddiy ob’ektlarning o‘zaro aloqadorligiga, hisob sistemasiga bog‘liqdir. Hozirgi zamonda borliqning turli tashkiliy struktura darajalariga aloqador bo‘lgan fizik, ximiyaviy, geologik, biologik, fiziologik, ijtimoiy (sotsiologik), psixologik fazo va vaqt haqidagi konsepsiyalar ham yaratilmoqda. Bunday konsepsiyalarda olamning tuzilishi jihatdan xilma-xilligi va birligi, ko‘p qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi va nihoyasizligi asoslanmoqda. XX asr oxiri va X1X asrning boshlarida nazariy fizika, topologiya, chiziqli algebra, kvant fizikasi, qora tuynuklar fizikasi, relyativistik kosmologiya fanlarining rivojlanishi fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarni jiddiy o‘zgartirdi. Ayniqsa, konseptual fazo (vaqt)ni informasion texnologiya vositalarida modellashtirish yo‘llari osonlashgach, fazo va vaqtning turli-tuman modellarini tadqiq etish imkoniyatiga keng yo‘l ochildi. Bu tadqiqotlar olamdagi yagona, eng umumiy, universal va fundamental aloqadorlik - bu fazo - vaqt aloqadorligidir deb xulosa chiqarishga to‘liq asos berdi.
5-Ma’ruza: OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISh. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYaTLARI

1.Borliqdagi aloqadorlik va bog‘lanishlar qanday namoyon bo‘ladi?


Javob:
Falsafada narsa va hodisalarning universal, umumiy aloqadorligi g’oyasi alohida ahamiyatga molik. Narsalarning, hodisalarning o’zaro aloqa-dorligini ilg’ab olish mushkul emas: hayotimizning o’zi bunga ko’plab mi-sollar keltiradi. Zotan, maishiy turmushimizda binodagi shart-sharoitlar-ning inson salomatligiga ta‘sirini, ob-havoning hosildorlik darajasiga ta‘sirini ko’p takrorlaymiz. Bunday aloqadorlikning nisbatan murakkab ko’rinishlari mavjud. Masalan, tabiiy shart-sharoitlar millatning menta-litetiga, turmush tarziga ta‘sir o’tkazadi. Ijtimoiy faoliyat esa, o’z nav-batida, tabiiy shart-sharoitlarga jiddiy ta‘sir o’tkaza boradi. Hozirgi zamon falsafasi bundan-da e‘tiborliroq aloqadorliklarning sir-sinoat-larini aniqlashga ham intiladi.
Biroq bir hodisaning boshqasiga o’tib turishi, bir narsaning ikkinchisiga ta‘sir ko’rsatishi - borliqning muhim atributi, xususiyati ekanligini anglash uchun jiddiy falsafiy mushohada yuritmoq lozim. Chun-ki borliqning har qanday atributi xususida fikrlash uchun mavhum tafak-kur yuritishning eng yuqori darajasiga ko’tarilmoq darkor. Binobarin, bor-liqdagi universal aloqalar mohiyatini bilishga yuksak falsafiy madaniyatga ega bo’lgan shaxsgina qodirdir.
Borliqdagi universal aloqadorlik g’oyasi ko’p asrlar davom etgan fal-safiy munozaralar va mulohazalar mahsulidir. Qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunonistondayoq faylasuflar borliqda universal aloqadorlik mavjud-ligini tushunib yetgandilar. Antik falsafa vakillari olamdagi narsa va ho-disalar qarama-qarshi xususiyatlarga egaligini, ushbu xususiyatlar o’zaro aloqadorligini, bir-biriga o’tib turishini (issiq sovuqqa, quruq ho’lga va hokazo) qayd etgan edilar. Asta-sekinlik bilan ushbu mulohazalar borliq-ning o’zgaruvchan xarakterga egaligi haqidagi, boshqacha aytganda o’zgarish to’g’risidagi fikrlarga borib taqaldi.
2. Dialektika kategoriyalarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Javob:
Dialektika (yunoncha. Dialektika) suhbatni olib borish, fikr yuritish sanʼati degan maʼnoni anglatadi. Zamonaviy ma'noda dialektika - voqelikni bilish nazariyasi va usuli, dunyo birligi va tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umuminsoniy qonuniyatlari haqidagi ta'limotdir.
Dunyoning ilmiy dialektik qarashi falsafaning uzoq davom etgan taraqqiyoti davomida shakllandi. Dialektika elementlari qadimgi Sharq, Hindiston, Xitoy, Gretsiya, Rim faylasuflarining ta'limotlarida mavjud edi. Bugungi kunda uning uchta tarixiy shakllarini ajratib ko'rsatish mumkin - qadimgi davrlarning stixiyali dialektikasi, nemis klassik falsafasining idealistik dialektikasi va zamonaviylikning materialistik dialektikasi.
QADIMLARNING SPANAL DIALEKTIKALARI Qadimgi Yunoniston falsafasida, Efeslik Geraklitning mulohazasida eng aniq ifodalangan.
Geraklitning fikricha, hamma narsa oqadi va o'zgaradi, hamma narsa mavjud va bir vaqtning o'zida mavjud emas, doimiy paydo bo'lish va yo'q bo'lish jarayonida. Geraklit narsalarning o'z qarama-qarshiligiga aylanishini tushuntirishga harakat qildi. Mana uning mulohazalari parchalaridan biri: “Bizda bir va bir xil - tirik va o'lik, uyg'oq va uxlayotgan, yosh va qari. Axir, bu o'zgargan - bu va aksincha, o'zgargan - bu ".
Bir vaqtning o'zida bir qancha dialektik muammolarni Eleyalik Zenon qo'ygan. Aristotel hatto Zenonni "dialektika ixtirochisi" deb atagan.
Idealistik asosda Sokrat va Platon maktablarida spontan dialektika rivojlandi. Sokrat dialektikani argumentda qarama-qarshi fikrlarning to'qnashuvi orqali haqiqatni kashf qilish san'ati deb qaradi. U birinchi bo‘lib “dialektika” atamasini kiritgan. Aflotun dialektikani mantiqiy usul deb atadi, uning yordamida narsalarni bilish - g'oyalar, fikrning quyi tushunchalardan yuqori tushunchalarga ko'chishi mavjud.
Dialektik tafakkur elementlarini antik materializm va idealizmning koʻpgina vakillarining falsafiy taʼlimotlarida, ulardan keyingi falsafiy taʼlimot va maktablarda uchratish mumkin, ammo bularning barchasi stixiyali dialektika edi.

  1. Aloqadorlik va bog‘lanishlarning qanday shakllari mavjud?

Javob:
Biz narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik, ta'sir va aks ta'sir asos bo‘ladi, deymiz.
Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bo‘lavermaydi. Chunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta'sir kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va hokazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta'sirda bo‘lmagan birorta ham voqyea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta'sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo‘lishi turli darajada bo‘lganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, yarim yil mobaynidagi
o‘zgarishini, ya'ni ulg‘ayishini yoki bo‘lmasa, tabiatdagi qish faslidan bahor fasliga o‘tishdagi o‘zgarishlarni oddiy ko‘z bilan yaqqol sezish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, masalan, yer qa'ridagi ichki jarayonlarni ma'lum davrdan keyin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar zilzilalar, vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida esa g‘aflatda qolib kelmoqdalar. Ya'ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug‘lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. ulardagi o‘zaro bog‘liqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson ko‘rish va ilg‘ash mumkin bo‘lgan, ochiq-oydin ro‘y beradigan voqyea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilg‘ash qiyin bo‘lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qo‘llaniladi. O‘rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida bu ikki tushunchaga alohida e'tibor berilgan. «Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilganligi sababli, bu yerda uning quyidagi qisqa ta'rifi bilan cheklanamiz: harakat deb olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o‘tmishdan kelajakka tomon o‘tishi ham, lekin makonda voqea va hodisalarning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bo‘lib turadi. Ba'zida taraqqiyotning ma'lum bir bosqichida oldingi bosib o‘tilgan davr takrorlangandek bo‘ladi, ammo bu ilgarigidan farq qiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir. Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Holbuki, har kuni tongda o‘sha Quyosh chiqadi, o‘sha tog‘u toshlarni, bog‘u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon o‘sha-o‘shadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir o‘qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekorchilikdan zerikadi... Ammo dunyo o‘zgarmadimi bu bir kunning ichidag‘ unda minglab bolalar tug‘ilmadimi, son-sanoqsiz jarayonlar ro‘y berib, yer sayyorasining turli burchaklaridan boshqa joylarga qanchadan-qancha axborotlar tarqatilmading. Ona zamin o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimig. Bularning barchasi bir kunu-tunda ro‘y bergan botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishidir.

  1. Jamiyat tarakiyotidagi aloqadorlik va bog‘lanishlar qanday xususiyatlarga ega?

Javob:
Borliq falsafasi mavzusida ta'kidlaganimizdеk, harakat matеriyaning mavjudlik uslubini ifodalovchi tushunchadir. Matеriya harakatsiz o`zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi. Harakat tufayli tеvarak - atrofimizdagi prеdmеtlar va hodisalar o`zini mua'yan tartibini va birligini saqlab turadi. Harakat tufayli o`sish, rivojlanish, ul`ayish mavjuddir. Falsafiy ibora bilan aytganda, olamdagi hamma umuman har qanday o`zgarish harakatdir, harakat tufayli sodir bo`ladigan jarayonlardir.Harakatning manbai ana shu o`zgarishlarning asosida yotuvchi o`zaro ta'sirlar va ular orasidgi munosabatlar (ziddiyatlar) nazarda tutiladi. Harakat ya'ni o`zgarish kеng tushuncha bo`lib u rivojlanishni o`z ichiga qamrab oladi. Rivojlanish dеganda, muayyan sistеmaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit komplеks, hеch qachon orqaga qaytarib bo`lmaydigan, faqat ilgarilama yo`nalishga ega bo`lgan, miqdoriy va sifatiy o`zgarishlari tushuniladi. Falsafiy dunyoqarash mavzusidan bilsizki u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqidagi ma'lumot bеradi. Shu bilan birga mavjud dunyoning narsa va hodisalarini faqat o`zaro aloqada va bir- birini taqoza qilishda doimo harakatda, o`zgarishda, rivojlanishda dеb dunyoga dialеktik qarash bilan birga, inson bilishini ham o`zaro aloqadorlikda va bo`lanishda, qarama- qarshiliklar birligi va kurashida, miqdor va sifat o`zgarishining bir- biriga o`tishida, eskini o`rnini yangi egallashda, xullas, ularning o`zgarib va rivojlanib turishida dеb tushunishdir. Falsafa tarixidan bilasizki,olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o`zgarishi, bir xolatdan ikkinchi xolatga o`tib turishi rivojlanishi ular o`rtasidagi aloqadorlik, bo`lanish va o`zaro ta'sir kabi falsafiy ta'limotlar qadimdan turli bahs, munozara va tortishuvlarga sabab bo`lgan. Dunyoni falsafiy anglashda, taraqqiyot haqidagi ta'limotni ilmiy tushuntirib bеrishda dialеktik usul katta ahamiyat kasb etadi. Dialеktika atamasi qadimgi yunon faylasuflari Suqrat va Platon tomonidan qo`llanilgan bo`lib, ma'nosi baxs san'ati, baxs yordamida haqiqatga erishish dеmakdir.
Dialеktikani baxs san'ati sifatida tushunish o`rta asrlarda ham davom etgan. Dialеktikaga munozara san'ati sifatida qarash o`rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirilariga xos bo`lib, hatto bu narsa Uy`onish davrida ham davom etgan. Vaqt o`tishi bilan, asta- sеkin dunyoni dialеktik tushunish, olamdagi narsa va hodisalarning o`zaro bo`liqligi va aloqadorligi, o`zgarish va rivojlanishning sabablari va mohiyatini ochib bеradigan ilmiy mеtodologik qurolga aylana boshladi.
Falsafa tarixidan ma'lumki, dastlab kishilar rivojlanish to``risida hеch qanday tasavvurga ega bo`lmaganlar. Kеyinchalik sodda tasavvvurga, so`ngra ular dunyodagi narsa va hodisalarda yuz bеradigan turli xil o`zgarishlarni anglab borib, dunyoni uzluksiz harakatda, o`zgarish va taraqqiyotda ekanligini tushuna boshlaganlar. Rivojlanishni yangi sifat o`zgarishi, eskini o`rnida yangini paydo bo`lishini Uy`onish davri Sharq va Markaziy Osiyo mutafakkirlari, kеyinchalik esa O`rta asr xristian diniy va yangi zamon Еvropa falsafasi mutafakkirlarining bir qator,tabiiy - ilmiy va falsafiy qarashlarida o`z aksini topganligini ma'ruza va amaliy mash`ulotlarda muhokama qilgansiz. Rivojlanish `oyasini tushunishda muhim qadamni frantsuz tabiatshunosi va faylasufi Rеnе Dеkart o`zining «Odam mashina» asarida qo`yadi. Uning fikricha olamni xudo yaratayotib, unga dastlabki turtki bеrgan va uni harakatga kеltirgan. Dialеktikani rivojlanish haqidagi har taraflama boy va mazmun jihatdan chuqur ilmiy ta'limot sifatida birinchi marta nеmis klassik falsafasining buyuk vakili Hеgеl (Gеgеl) ishlab chiqdi. Hеgеlning buyuk xizmati shundan iboratki u falsafa tarixida birinchi bo`lib, butun tabiiy, tarixiy va ma'naviy dunyoni bir butun jarayon shaklida, ya'ni doimo harakatda bo`lib, o`zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan xolda ko`rsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bo`lanishini ochib bеrdi.
Hеgеlning taraqqiyot to``risidagi falsafiy bu qarashi dialеktika haqidagi falsafiy ta'limotni yanada boytitdi. Hеgеlning falsafiy ta'limotlarini, uning falsafa tarixida tutgan o`rnini, buyuk xizmatlari va kamchiliklarini amaliy mash`ulotlarda batafsil muhokama qilib chiqishni tavsiya qilamiz.
6.Dialektika nima?
Javob:
Dialektika falsafiy tizim sifatida, fikr yuritish va uning qonunlari, ifoda shakllari va usullari bilan shug'ullanadi.
Avval aytib o'tganimizdek, Aflotun birinchi bo'lib dialektikani biror narsaga javob berishning texnikasi va usuli sifatida ishlatgan va ko'rsatgan, chunki u orqali haqiqatga erishish mumkin.
O'z navbatida, Hegel dialektikani haqiqatga erishish uchun doimiy va uzluksiz jarayon sifatida qabul qiladi, keyinchalik u rad etiladigan (antitez) birinchi postulatdan (tezis), yangi g'oyaga yoki natijaga (sintez) kelish uchun. har doim muhokama qilinayotgan mavzuga aniq javob topish uchun yana tezisga va boshqalarga olib keladi.
Shuningdek qarang: Tezis, antitez va sintez.
Aristotel uchun dialektika mantiq bilan bog'liq bo'lgan oqilona jarayon bo'lib, u shaxs tomonidan dalillar berish uchun zarur bo'lgan qobiliyatlarning bir qismi sifatida ishlab chiqilgan.
Shu ma'noda Kant dialektikani sub'ektiv asoslarga asoslanib, tashqi ko'rinish mantig'i deb hisoblagan Aristotel nazariyasini qo'llab-quvvatladi.

7.Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risidagi qarashlar qanday rivojlangan?


Javob:
Harakat, taraqqiyot, umumiy bog‘lanish va aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo‘lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o‘zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning to‘qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko‘ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o‘z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o‘z muhokamalarida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar to‘g‘risida o‘z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o‘zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo‘l qo‘yiladigan qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o‘rta asrlarda ham davom etgan. Buni o‘rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo‘q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi. Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o‘rta asrlarda yashagan O‘rta Osiyo mutafakkirlariga ham xos bo‘lib, hatto bu narsa Uyg‘onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o‘zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo‘lib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi bahs» asarini ko‘rsatish mumkin. Umuman, dialektika tushunchasining paydo bo‘lishi, u o‘zining dastlabki davrlardagi tor ma’noni ifodalashiga qaramasdan, o‘sha davrlardan to bizning kunlarimizgacha qo‘llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Asrlar davomida to‘planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish mahoratining qaror topishi inkor qilib bo‘lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialektika qarama-qarshi nuqtai nazarlar, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan bo‘ldi. Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o‘z tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi tasavvur paydo bo‘ldi. Lekin ma’lum vaqt o‘tishi bilan dialektika faqat kishilarning o‘zaro munozaralarigagina xos emasligi ma’lum bo‘la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorliklarning, ular doim o‘zgarib, rivojlanib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishlarining aniqlanishi bilan yanada rivojlandi. Natijada, «dialektika» tushunchasi insonni, uni qurshab turgan dunyoni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli ma’nosini ifodalay boshlaydi.
Vaqt o‘tishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma narsalar: xoh katta, xoh kichik bo‘lishiga qaramasdan, o‘zgarib, o‘zining oldingi xususiyatlarini o‘zgartirib, ilgari ega bo‘lmagan yangi xususiyatlar hosil qilib borishlarini ham ifodalay boshlaydi. Shu asosda asta-sekin dunyoni dialektik tushunish, borliq va bilishga dialektik qarash qaror topa boshlaydi. Lekin dunyodagi barcha o‘zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib etish juda qiyinlik bilan kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni, o‘simliklar, hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o‘zlarini ham o‘zgarmas, doimo bir xilda turadi, deb bilishgan. Dunyoning o‘zgaruvchanligi, undagi narsa va hodisalarning bir-birlariga bog‘liqligi to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonida juda katta kashfiyot bo‘lgan. Dunyoning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar ham qadimgi Xitoy, Hindiston hamda Yunonistonning falsafiy ta’limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi davr faylasuflari, garchi hali harakatning turli ko‘rinishlari va xillari to‘g‘risida ilmiy dalillarga ega bo‘lishmasa ham, borliqning umumiy o‘zgaruvchi xarakteri haqida o‘z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi. Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o‘z tajribalarida narsa, hodisalardagi o‘zgaruvchan xususiyatlar bilan birga, ularda ma’lum barqaror, o‘zgarmas xususiyatlarning ham mavjudligini anglay boshlaganlar. Nihoyat, dunyo o‘zgaruvchanmi, yoki o‘zgarmasmi? degan savollar paydo bo‘lib, bu savollarga mutafakkirlar turli xil javob berganlar. Amaliyot bergan ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlarga va o‘z kundalik tajribalariga tayangan ko‘pchilik mutafakkirlar dunyo o‘zgaruvchan, deyishgan. Lekin bunga qarama-qarshi bo‘lgan, dunyo o‘zgarmas, barqaror, deyuvchi mutafakkirlar ham o‘zlarining muayyan asoslariga ega bo‘lishgan. Natijada, dunyoning, undagi narsa va hodisalarning ham o‘zgaruvchan, ham barqaror o‘zgarmas xossalari haqidagi qarashlar kelib chiqadi. Haqiqatan ham, narsa va hodisalar ma’lum vaqt ichida har qancha o‘zgarsa ham, ayni vaqtda ularning ma’lum tomonlari o‘zgarmay qolaveradi. Xullas, bunday qarashlar to‘plana borib, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari, ular o‘rtasidagi ziddiyatlar haqidagi qarashlar tufayli falsafada rivojlanish g‘oyasi kelib chiqadi.
8.Dialektika muqobillarining mohiyati nimadan iborat?
Javob:
Dialektika falsafiy tizim sifatida, fikr yuritish va uning qonunlari, ifoda shakllari va usullari bilan shug'ullanadi.
Avval aytib o'tganimizdek, Aflotun birinchi bo'lib dialektikani biror narsaga javob berishning texnikasi va usuli sifatida ishlatgan va ko'rsatgan, chunki u orqali haqiqatga erishish mumkin.
O'z navbatida, Hegel dialektikani haqiqatga erishish uchun doimiy va uzluksiz jarayon sifatida qabul qiladi, keyinchalik u rad etiladigan (antitez) birinchi postulatdan (tezis), yangi g'oyaga yoki natijaga (sintez) kelish uchun. har doim muhokama qilinayotgan mavzuga aniq javob topish uchun yana tezisga va boshqalarga olib keladi.
Shuningdek qarang: Tezis, antitez va sintez.
Aristotel uchun dialektika mantiq bilan bog'liq bo'lgan oqilona jarayon bo'lib, u shaxs tomonidan dalillar berish uchun zarur bo'lgan qobiliyatlarning bir qismi sifatida ishlab chiqilgan.
Shu ma'noda Kant dialektikani sub'ektiv asoslarga asoslanib, tashqi ko'rinish mantig'i deb hisoblagan Aristotel nazariyasini qo'llab-quvvatladi.

9.Dialektik tafakkur kaysi jihatlari bilan boshqa tafakkur usullaridan ustun turadi?


Javob:
Dialektika [yun. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. "D" tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida D. muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz takomiliga yetgan. Falsafa tarixida D. turlicha talqin qilingan. "D" soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U D.ni bir-biriga zid, qaramaqarshi fikrlar toʻqnashu-vi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. Geraklit ijodida D. oʻzining antik davrdagi eng yorqin koʻrinishiga ega boʻldi. Geraklit fikricha, D.— muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va b. yunon faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi D.si vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq D.sidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxminan ekanligini eʼtirof etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan 18-asrgacha D. oddiy (maktabda oʻqitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon D.ni narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻza-ro bogʻlash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno D.ni qara-maqarshiliklarning mos kelishi haqidagi taʼlimot deb taʼkidlashgan. Kantnit fikricha, D. voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi. Gegel D.ni borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida D.ning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1) qad. dunyodagi ilk, stixiyali, sodda D. (Geraklit, Platon va b.); 2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin D.ni vokelikni bilish va uni inqilobiy oʻzgartirish qaqidagi taʼlimot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya D. qonunlarida insoniyatning yalpi baxtsaodatga borish kafolatini koʻradi. 20-asr Gʻarb falsafasida D. neogegelchilik, ekzistensializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.

10.«Miqdor», «sifat», «me’yor» tushunchalarining mazmunini ochib bering.


Javob:
Miqdor — obʼyekt ning tashqi koʻrsatkichlari (uning kattaligi, soni, hajmi, xossalarining rivojlanish darajasi va h.k.)ni ifodalovchi tushuncha. Birinchi marta M. masalalarini pifagorchilar taxdil qilishga urinib, sonlar tabiatini oʻrganishgan. Aristotel M.ni alohida kategoriya deb hisoblagan. M. hodisalar, narsalar, jarayonlarning sifati bilan muayyan birlikni tashkil etib, bu birlik ularning meʼyori boʻladi. Narsalarning miqdoriy muayyanligi oʻzgarib maʼlum bir meʼyorga yetishi sifat oʻzgarishiga olib keladi. Yana q. Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni.
Sifat — obʼyektning muhim belgilarini ifodalaydigan falsafiy tushuncha. S. obʼyekt tarkibiy qismlarining oʻzaro turgʻun munosabatlarini aks ettiradi, bu munosabatlar bir obʼyektni ikkinchi obʼyektdan ajratib turadigan oʻziga xos tomonlarini anglatadi. Shu bilan birga S. bir turdagi obʼyektlarga xos umumiylikni ham ifodalaydi. S. tushunchasini dastlab Aristotel taxlil qilgan. U S.ni narsalarga nisbatan aksidensiya deb taʼriflaydi. Ibn Sino esa S.ni narsalarning ajralmas xususiyati, oʻz-oʻzicha mavjud emas deb hisoblaydi. Yangi davr falsafasida birlamchi va ikkilamchi sifatlar tushunchasi shakllangan. Gegel S.ga borliq bilan aynan boʻlgan muayyanlik deb taʼrif bergan. Uning fikricha, S. yoʻqolishi bilan predmetning oʻzi ham yoʻqoladi. Obʼyektiv olamdagi narsalar oʻzgarishda va rivojlanishda boʻlishi bilan birga, ular nisbatan barqaror yaxlitlikka ega boʻlib, muayyan buyum yoki narsa koʻrinishi (sifat)da namoyon boʻladi. Biron narsaning aynan shu narsa ekanligini koʻrsatuvchi jihati uning S.idir. S. predmetning ichki mohiyatini, ichki va tashqi aloqadorliklari birligini ifodalaydi. S. predmetning miqdor xususiyatlari bilan chambarchas bogʻlangan. Mas, suv kimyoviy tarkibiga koʻra 2 vodorod atomining 1 kislorod atomiga birikishidan hosil boʻlgan. Agar atomlar nisbati oʻzgarsa suv boshqa sifatli kimyoviy moddaga aylanishi ham mumkin. Suvning fizik xossasiga koʻra u 0° dan + 100° gacha boʻlgan haroratda oʻzining suyuklik sifatini saklaydi, 0° dan past haroratda muzga aylanadi, +100° dan yuqori haroratda bugʻ, yaʼni gaz holatiga oʻtadi. Bu yerda miqdor oʻzgarishining sifat oʻzgarishiga aylanishini kuzatish mumkin. Hozirgi zamon falsafasida S. narsalarning ichki va tashqi muayyanligi, narsaning bir qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi, deb taʼriflanadi. S.ni predmetning xossalari, belgi yoki xususiyatlari bilan aralashtirmaslik lozim. S. predmetning nisbiy barqarorligini, doimiyligini, umumiyligini ifodalasa, xossa va xususiyatlar predmetning muayyan tomon va belgilarini, boshqa predmet va hodisalar bilan aloqadorliklarida namoyon boʻladigan jihatlarini ifodalaydi. Falsafada S.lar tabiiy S.lar va ijtimoiy S.larga ajratiladi. Tabiatda narsa va hodisalarning muayyan jihatlarini, jismiyligini, fazovaqt tuzilishini, energetik holatini, tarkibini ifodalovchi S. tabiiy S. deyiladi. Inson faoliyati bilan bogʻliqboʻlgan, kishilarning birbiri va tabiat bilan aloqadorliklari natijasida vujudga kelgan S. ijtimoiy S. deyiladi. Ijtimoiy S. individual va ijtimoiy ong vositasida insonning mehnat faoliyati tufayli vujudga keladi. Ijtimoiy S. oʻz navbatida funksional va sistemaviy S.larga boʻlinadi. Funksional S.ga ega boʻlgan obʼyektlar majmuasi ikkinchi tabiat deb ham ataladi. Unga inson tomonidan yaratilgan narsalar (uy, mix, traktor, samolyot va boshqalar) kiradi. Kishilarning muayyan ijtimoiy munosabatlari majmuini ifoda etuvchi S. sistemaviy S. deyiladi. Bunday S. muayyan buyumda ijtimoiy aloqadorliklar sharoitidagina mavjud boʻladi, bunday aloqadorliklardan tashkarida esa u yoʻqoladi. Odam narsalarning vujudga kelish, rivojlanish, yemirilish, yaʼni boshqa S.larga ega boʻlgan yangi narsalarga aylanish jarayonlaridan iborat. S.ning oʻzgarishi muayyan obʼyektning boshqa obʼyektga aylanganligini bildiradi. S. tushunchasi insonning obʼyektiv reallikni bilishidagi maʼlum bosqichni ifodalaydi. Bilish Sdan miqdorga va soʻng ularning birligi — meʼyorga qarab boradi. Har qanday predmet S. va miqdor birligidan iborat.
Meyor — ob’ektning sifati bilan miqdorm o‘rtasidagi dialektik birlikni ifodalovchi tushuncha. Har qanday ob’ektning sifati muayyan miqdor (muayyan sistemaning xususiyatlari, tomonlari, belgilari, komponentlari, soni va h. k.) bilan uzviy bog‘liq. Me’yor doirasida mikdor xususiyatlari elementlar soni, o‘lchami, bog‘lanish tartibi, harakat tezligi va sh. k. ning o‘zgarishi hisobiga boshqa shaklni olishi mumkin. Me’yor ob’ektning miqdor o‘zgarishi, o‘z navbatida, sifat o‘zgarishiga olib keladigan (va aksincha) chegarani bildiradi. Me’yor tushunchasi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega: faoliyatning har qanday shaklida Me’yor bo‘lishi muvaffaqiyat garovidir. Predmetni uning sifat va mikdor xususiyatini anikdamasdan turib bilish mumkin emas. 
11. Dialektik sakrashning turlari haqida tushuncha bering.
Javob:
Dialektik - Dialectic. Tilning turli xil turlari uchun qarang Dialekt. Elektr izolyatorlari uchun qarang Dielektrik. O'zaro kelishmovchiliklarni asosli dalillar yordamida hal qilishning nutq usuli. ... G'arbiy dialektik shakllar. Ning turli xil ma'nolari mavjud dialektik yoki dialektika G'arb falsafasi ichida. Klassik falsafa. Yilda klassik falsafa, dialektik (δiátλεκτ) argumentlar va qarama-qarshi dalillar dialogiga asoslangan mulohaza yuritish shaklidir, himoya qiladi takliflar (tezislar ) va qarshi takliflar (antiteziyalar ). 
12. Miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishiga o‘tish qonuni rivojlanishning kaysi tomonini ochib beradi?
Javob:
Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni — dialektikaning qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy tarzini ochib beradi. Uni Gegel taʼriflab bergan. Rivojlanish murakkab jarayon boʻlib, unda miqdor va sifat oʻzgarishlari sodir boʻladi. Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin roʻy beradigan miqdor oʻzgarishlaridan boshlanadi. Miqdor oʻzgarishlari maʼlum darajaga yetgach, meʼyorning buzilishi tub sifat oʻzgarishlariga olib keladi.
13. «Tafovut», «qarama-qarshiliklar», «ziddiyat» tushunchalari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib bering.
Javob:
Tayanch tushunchalar Bog’lanish, aloqadorlik, takrorlanish, qonun, qonuniyat, ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, inkor, inkorni inkor, vorislik, yangilanish. Takrorlash uchun savollar 1. Qonun nima? 2. Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor? ... 3. Falsafa kategoriyalari o’rtasidagi bog’lanishlar va ularning hozirgi davrda namoyon bo’lishi. 4. Yoshlar tarbiyasida falsafiy kategoriyalar to’g’risidagi bilimlarning ahamiyati. ... Masalan, fizikada fizik qonunlar, og’irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko’p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bog’langan. ... Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi.
14. Qanday ziddiyatlar mavjud? Ular haqida tushuncha bering.
Javob:
Ziddiyatlar taraqqiyotda belgilovchi (boshqaruvchilik) vazifani bajaradi va barcha boshqa ziddiyatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyatdagi ziddiyatlar turli shakl va usullar bilan bartaraf qilinadi. Ulardan ba’zilari eskining yem irilishi va yangining vujudga kelishi asosida hal qilib borilsa, boshqalari shu ziddiyatni tashkil qilgan qarama-qarshi tomonlarni o‘zaro kelishtirish, murosa-yu madoraga keltirish, ham jihatlik va ham korlikka erishish yo‘li orqali hal qilinishi mumkin. 
15. Inkorni – inkor qonuni rivojlanishning kaysi bir tomonini ochib beradi?
Javob:
Inkorni inkor qonuni - dialektikannnt asosiy qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyoti jarayonining yoʻnalishini, shaklini va natijasini ifodalaydi. Birinchi boʻlib Gegel rivojlanish qonuni sifatida taʼriflab bergan. Inkor har qanday taraqqiyotda muqar-rar va qonuniyatli ravishda sodir boʻladigan jarayon (moment)dir. Hech bir sohada oʻzining ilgarigi mavjudlik shakllarini inkor qilmaydigan taraq-qiyot boʻlmaydi. Gegel fikricha, "ichki inkor" taraqqiyotning harakatlanti-ruvchi kuchidir
6 -Ma’ruza: BILISh FALSAFASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALIShLARI
1. Bilish nima?
Javob:
Bilish – moddiy olamning inson ongida in`ikos etish jarayonidir, aniqrog’i, bilish oddiy mexanik holdagi aks etish bo’lmay, balki ob`yektiv olamdagi narsa-xodisalarning inson miyasida umumlashtirilgan, abstraktlashgan holdagi, ilmiy tushunchalar shaklida aks etishdir. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida in`ikos etishni e`tirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda yuz beradigan ob`yektiv jarayonlarining inhikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan quyidagilardan asoslanadi.
2. Bilishning asosiy bosqichlari nimadan iborat? Ularning o‘zaro bog‘liqlik dialektikasi qanday?
Javob:
Bilishning asosiy bosqichlari. Inson bilishi hissiy bilishdan- aqliy bilishga, jonli mushohadalardan- abstract tafakkurga tomon va aksincha, yo’nalishlardan iborat dialektik jarayon hisoblanadi. Bundagi hissiy va aqliy bilish o’zaro chambarchas bog’liq ikki “quyi” va “yuqori” bosqichlardir. Hissiy bilish- inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, natijada miyada predmet va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo’ladi. Hissiy bilish bosqichlari: sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda bo’ladi. Ilmiy bilish. Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir.
3. Ilmiy bilish metodlari nima?
Javob:
Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o‘zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama «filosofiya» so‘zidan olingan va u
«donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatadi. Bu
— ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi bo‘lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so‘zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo‘lgan, bu atamaning mohiyatmazmuni ham o‘zgarib borgan. Qadimgi yunonlarda bu so‘z “tushunishga intilish”, “bilimga intilish” degan ma’nolarni ham anglatgan. Ushbu so‘z Fukidid, Suqrot va boshqa antik madaniyat vakillari tomonidan xuddi shunday ma’noda qo‘llangan.
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. o‘sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan.

  1. Ilmiy bilish metodlari nima?

Javob:
Ilmiy bilishning umumiy va maxsus metodlari - ilm-fandagi masalalar-nazariyalarni yaratish, borliqning ob`ektiv qonunlarini tashkil etish, ilmiy faktlarni aniqlash kabilarni yechishning quroli bo`lib xisoblanadi.
Kuzatish - ob`ektni o`rganishda unga ta`sir etmasdan bilish metodidir. Bunda
ob`ektning xossasini, qayd etish va o`lchash bilan chegaralaniladi, uning o`zgarishi
kuzatiladi (masalan, keskichning yeyilishini kuzatish). Tadqiqot natijalari bizga real ob`ektlarning ob`ektiv xossa va aloqalari xaqida ma`lumot olish imkoniyatini
beradi. Ushbu natijalar tadqiqotining ixtiyori, hissiyoti va hohish-irodasiga bog`liq emas.
Taqqoslash (qiyoslash) - ilmiy bilishning keng tarqalgan metodi bo`lib, u
“hamma narsa qiyoslanganda bilinadi“ degan tamoyilga asoslanadi. Taqqoslash natijasida bir necha ob`ektga taalluqli bo`lgan umumiy jixatlar aniqlanadi. Bu esa, ma`lumki, qonuniyat va qonunlarni bilish yo`lidagi birinchi qadamdir.
5. Ilmiy bilish shakllari nima?
Javob:
Ilmiy bilish va tadqiqot tushunchalari.
Inson qanday faoliyat ko‘rsatmasin, birinchi navbatda u tevarak-atrofdan axborot oladi. Axborot tafakkurda obraz va tasavvur shaklini oladi, fikrlash jarayonida hukmlar tuziladi, mulohaza yuritiladi. Shu yo‘l bilan hosil bo‘lgan bilim insonning har qanday harakati yoki faoliyatini intellektual zaminini tashkil qiladi.
Hosil bo‘lgan bilim voqelikni inson ongida u yoki bu aniqlik darajada in’ikos etadi. Bu yerda «voqelik» tushunchasi keng ma’noda olingan bo‘lib, moddiy, madaniy va ma’naviy olamlardagi xolatlar, jarayonlar va jabxalarni ifodalaydi.
Shunday qilib, bilish inson faoliyatini tarkibiy qismi bo‘lib, tushunchalar, g‘oyalar va nazariyalar ishlab chiqish orqali voqelikni ongda in’ikos etish jarayonini bildiradi.
Soha va faoliyatni xususiyatiga qarab, bilish mifologik, diniy, badiiy, falsafiy, maxsus ilmiy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Tabiiyki-ki, murakkab faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus bilim kerak. Shunga muvofiq bilish jarayoni ham murakkablashadi. Bunday bilish o‘rganilayotgan va uzlashtirilayotgan ob’ektning har tomonlama va chuqur in’ikosini (tasvirini, modelini) beradi.
Aniqlik, chuqur va har tomonlama asoslanganlik mezonlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, ixtisoslashmagan va ixtisoslashgan bilishni farqlash mumkin.
1. Ixtisoslashmagan bilish asosan kundalik hayot va muloqot ehtiyojlarini qondiradi, aniqlik va mantiqan asoslanganlik nuqtai nazaridan ilmiylik mezonlariga javob bera olmaydi.
2. Ixtisoslashgan bilish faoliyatida narsa va xodisalarning xossalari, harakat va o‘zgarish qonuniyatlari maxsus til, vosita va usullar yordamida o‘rganiladi, ob’ekt mohiyatini tushuntirib beradigan g‘oyalar, ta’limotlar va nazariyalar ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning turli sohalarida,xususan, madaniyat, san’at, menedjment, texnologiya, fan va boshqa jabxalarda mehnat qilayotgan mutaxassislar ixtisoslashgan bilimga ega bo‘ladilar.
Ixtisoslashgan ilmiy bilish– bu o‘rganilayotgan ob’ektning xossasalari, tuzilishi, harakati va o‘zgarishi qonuniyatlarini ilmiylik mezonlariga asoslangan holda tushuntirib beradigan g‘oyalar, tasavvurlar va nazariyalarni ishlab chiqarish faoliyatidir.
Ilmiy bilishni muntazam asosda tashkil qilish tadqiqot faoliyatini namoyon etadi. Demak, ilmiy bilish olib borilayotgan tadqiqotning mazmuni va mohiyatini anglatadi.
Tadqiqot va ilmiy bilish tushunchalarini umumlashtirib ilmiy tadqiqot tushunchasini hosil qilamiz. Ilmiy tadqiqot-bu inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan,sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqish faoliyatidir.
Ilmiy tadqiqot tushunchasini tarix va zamon nuqtai nazarida turib ham talqin qilish mumkin. Bunday tadqiqot intellektual faoliyatning bir ko‘rinishi bo‘lib, tarixan ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida, ya’ni birinchidan, yangi bilim va texnologiyalarga katta ehtiyoj tug‘ilganda, ikkinchidan fanning institutsional tuzilmalari (olimlar hamjamiyati, ilmiy to‘garaklar, oliy o‘quv yurtlari va akademiyalar qoshidagi tadqiqot bo‘limlari, laboratoriyalar va hokazolar) shakllanganda vujudga keladi.
Ilk bor tom ma’nodagi ilmiy tadqiqotlar Pifagor maktabi, Platon akademiyasi, Aristotel litseoni,hamda, Aleksandriya shahridagi Muzeon kabi ilm maskanlarida olib borilgan. O‘rta asr musulmon Sharqida Ma’mun akademiyasi, Bog‘doddagi «Bayt ul hikma» deb atalgan ilm dargohi va Ulug‘bek akademiyasida muntazam ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.Yangi zamonda Galileo Galiley faoliyatidan boshlab eksperimental tabiiy-ilmiy tadqiqotlarga asos solindi.
XVIII asrdan boshlab fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanadi. Tadqiqotchi kasbi ommaviy kasblar qatoridan o‘rin ola boshlaydi. Bunday sharoitda tadqiqot asosini tashkil qilgan ilmiylik tamoyillari va mezonlarini ishlab chiqish fan taraqqiyotini muhim sharti va omili bo‘lib qoldi.
Ilmiylik mezonlarini amal qilishi ilmiy bilishni boshqa turdagi bilimlardan farq qiluvchi hislatlarga ega bo‘lishni taqazo etadi. Bular quyidagilardan iboratdir:
-ob’ektivlik;
-aniqlik;
-isbotlanganlik;
-mantiqan asoslanganlik;
-doimo yangi bilimga yo‘naltirilganlik;
-olingan natijalarni (shu jumladan usuli, yo‘li va mazmunini) boshqa muassasa yoki laboratoriyada qayta tiklash mumkinligi.
Hozirgi paytda ilmiy tadqiqot, uninig nazariy va texnologik natijalari globallashuv jarayonlar tarkibiga kiradi. Fan jamiyatda ma’lum darajada oqibatini bashorat qilsa bo‘ladigan ilmiy, ma’naviy, madaniy va texnologik qadriyatlar yaratadigan muhim va salohiyati infratuzilmaga aylangan.
6. Ilmiy bilish shakllarining bilishdagi roli qanday?
Javob:
Bilishning 2 shakli mavjud: 1. kundalik (empirik) bilish; 2. nazariy (ilmiy) bilish. ... Xulosa chikarish induktiv va deduktiv bo’lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo’lishi xam mumkin. Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va xodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to’plashni, ijodiy xayolni talab etadi. 

8.Haqiqat nima? Nisbiy haqiqatlar va absolyut haqiqatlarning o‘zaro bog‘liqligi qanday?


Javob:
Haqiqat atamasi ostida voqeʼlik, fakt; real narsa, hodisa yoki holat tushuniladi. Falsafa obyektlaridan biri boʻlib, haqiqatning aslida nima ekanligini aniqlash ustida qator ishlar yozilgan. Haqiqat boʻlmagan holat yolgʻon, deb ataladi. Haqiqat subyektiv, obyektiv yoki mutlaq darajalarga ajratiladi; bunda obyektiv va mutlaq haqiqatlar mavjudligi hamon savol ostidadir.
Haqiqatning ob'ektivligini u mavjud olamning in'ikosi bo‘lishi belgilaydi. Absolyut haqiqat – bu bilish ob'ekti haqidagi inkor etib bo‘lmaydigan to‘liq va tugal bilimdir, nisbiy haqiqat esa – bilish predmeti to‘g‘risidagi noto‘liq va notugal bilimdir. Absolyut haqiqat to‘liq hajmdagi ob'ektiv haqiqatdan boshqa narsa emas, nisbiy haqiqat esa – notugal shakldagi, notuliq hajmdagi ob'ektiv haqiqatdir. Har bir nisbiy haqiqatda absolyut haqiqat jihati bor, chunki har qanday nisbiy haqiqat ob'ektivligi sababli, unda doimiy bilim jihati bor. 1913 yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils Bor o‘zining mashhur to‘ldiruvchanlik prinsipini ta'riflab berdi.
9. Amaliyot nima? Bilishda amaliyotning qanday ahamiyati bor?
Javob:
Amaliyot – barcha bosqichlarda bilishning shakllanish va rivojlanish negizi, bilim manbai, bilish jarayoni natijalarining haqiqiyligi mezondir. Tajriba tushunchasi har xil ma’noga ega: tajriba (empiriya) mavhum fikr yuritishga qarshi qo‘yiladi va shu ma’noda u kuzatish va eksperimentni tushuncha hisoblanadi.
Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng ma’noda bo’lib, insonning jamiyatga ta’siri, tabiat hodisalarini o’zgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. ... Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli bo’lib, u sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi.
10.Matnda alohida ajratib ko‘rsatilgan tayanch so‘z va iboralarning mohiyatini esda saqlab qolishga harakat qiling.
Download 67.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling