1-ma’ruza : “Kostyum tarixi” faniga kirish. Kiyimning kelib chiqishi
Download 378 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Ma\'ruza
1-ma’ruza : “Kostyum tarixi” faniga kirish. Kiyimning kelib chiqishi.Arxeologik qazilmalar vaqtida kiyim 40-25 ming yil avvalyartilganligi xulosa chiqarishga imkon beradi. Ya’ni kiyim dastlab ibtidoiy odam dunyoga kelgach, uning rivojlanishi bilan paydo bo‘lgan. Bundan ancha keyin poyabzal paydo bo‘ladi, chunki u kostyumning boshqa elementlariga qaraganda hali uncha ommabop bo‘lmagan edi. Biz kiyimga shunchalik o‘rganib qolganmizki, go‘yo u nazarimizda hamisha va hamma davrlarda mavjud bo‘lganday tuyuladi. Yana kostyumning o‘z davriga qarab tashqi ko‘rinishi muntazam o‘zgarib turganidan uning eskirishini sezmay ham qolamiz. Garchand libos hamisha ham benuqson bo‘lmagan esa-da, kiyimning paydo bo'lishi, kelib chiqish tarixi qiziqarli va ibrat bo'larlidir Kiyim bizga bir davr mobaynida muayyan xalqlar urfodatlari, turmush tarzi va yashash sharoitlarining qanday bo‘lganligi haqida ma’lumot berib, bu haqda tasawurlarimiz boyishiga yordam beradi. Buning natijasi o‘laroq, bizga qabila, jamoa turmushi qanday kechganligi, urug‘-elatlar va turli xalqlaming madaniy, ma'naviyrivojlanish tarixi ma’lum bo‘ladi. Zero, kiyimning kelib chiqish tarixi eng qadimiy hunar turlaridan bo‘lgan tikuvchilik san’atiga borib taqaladi. Kiyimga ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida insonga tabiat tug‘dirgan zaruriyat tufayli dunyoga keladi va hayotining tarkibiy qismiga aylanadi Shu boisdan libosning paydo bo‘lishi bilan tobora mukammallashib borishi tabiiy hol edi. Bundan kiyim inson bilan birga dunyoga kelmaganligini bilib olsa bo‘ladi. Tabiatda iqlim o’zgarishi issiq o’rnini sovuq egallagan urug’-qabilalar yangi iliq o’lkalar tomon jo’nagan shu sababdan kiyim vazifalari ham o’zgargan. Libosda maqsadga muvofiqlik go‘zallik bilan uyg‘unlashib ketadi. Kiyim, bir tomondan, amaliy vazifani ado etsa, insonni tabiat injiqliklaridan saqlasa, boshqa tomondan esa, estetik vazifani bajaradi, ya’ni insonning tashqi qiyofasini ko‘rkamlashtirib, unga husn bag‘ishlaydi. Qadim-qadim zamonlarda odamlar jazirama va har xil hasharotlardan saqlanish uchun tanalariga loy, balchiq va turli moylami surkab olgan. Bu hol keyinroq borib, tanani atayin bezash istagiga aylanadi. Ibtidoiy odamlar bu masalani o‘simliklardan olingan sariq yoki qizil mineral bo‘yoq oxra, ohak, nil bo‘yog‘i, qorakuya bilan hal qilishga tirishadilar. Endi ular shu maqsadda tanalariga har xil belgilarni chizib, bo‘yab tashlaydi. Shundan keyin bunday o‘chib ketadigan chizgilar o‘miga tatuirovka (teri ostiga rang oTkazib, naqsh tushirish) qilina boshlanadi. Ramziy va himoyaviy elementlar sifatida kostyumda ov qilingan hayvonlar tishlari, suyaklari va patlari ishlatilgan. Ibtidoiy odamlar quloq, bunxn, lablariga ana shularni tumor qilib taqib yurgan. Borib-borib ana shu tumorlar kostyum bezaklariga aylanadi. Hozirgi libosimiz tanani bo‘yash va tatuirovka qilishnmg izdoshidir. Keyinroq ana shular mson tashqi qiyofasida estetik vazifani ado eta boshlaydi. Oradan vaqtlar o‘tadi, toladan ip yigiriladi, mato to‘qilib, undan kiyim tikilgach ham tana bo‘yalgandagi chizgilar va tatuirovka alomatlari saqlanib qolaveradi. Keyinchalik ana shu chizgi-naqshlar matoga ko‘chadi: masalan, qadimiy keltlar (o'tmishda G‘arbiy Yevropada yashagan qabilalar) tatuirovkasining katak-katak chiziqlari matoda qolgan va hozirda shotland libosining milliy chizgisiga aylangan. Tarixiy kostyumdagi bezaklar yangi ma’no kasb etadi - jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar - tabaqalanish libosda ham o‘z aksini topadi. Shu tariqa bizga bezakning uch xil: ramziy, estetik va tabaqalanish ma'nolan ma’lum boTadi. So‘ngroq bezak shakllari murakkablashib, rang-barang bo'lib bordi: 1) yechib taqiladigan taqinchoqlar - isirg‘a, bilaguzuk, uzuk va halqalar; 2) turg‘un, matoga yopishtirilgan bezaklar: bosma rasm, kashta. Kiyimning primitiv shakllari va asosiy turlari. Insonning turmush tarzi, tanasining tuzilish shakli kiyimning boshlangTch primitiv, jo‘n ko‘rinishini belgilab berdi: • hayvon terilari; • o‘simlikdan olingan materiallar. Shunda libosni tanaga biriktirishga zaruriyat paydo boTadi. Natijada kiyimning tanaga biriktirish joyi belgilanadi va hel kiyimi;yelka kiyimi kabi turlarga boTinadi. Kiyimning asosiy turlari: 1) burmalangan, drapirovka qilingan - kiyimning eng qadimiy turi boTib, u butun tanani qoplab, o‘rab oladi va belbog‘, bog‘ich va to‘qa (fibula), tugmalar yordamida bir-biriga tutashtirib qo‘yiladi (Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim); 2) buklama - kiyimning marakkab turi boTib, mato ikki buklanadi va yonlari tikiladi, bosh va qoTlarni chiqarib qo‘yish uchun maxsus teshiklar qoldiriladi (Vizantiya); 3) yaktaksimon, oldi ochiq - tepadan pastgacha kesikli kiyimт turi (Moskva Rusi). Ibtidoiy odamning qo‘llari erkin bo‘lishi zarur. Chunki mehnat qurolini ushlash, harakatlamshi uchun qo‘llar ochiq bo‘lishi kerak axir. Belbog‘ - kiyimdagi dastlabki asosiy jihatlardan edi. Keyinchalik belboqqa biror narsa mahkamlab, kiyilgan. Shu tariqa ishton, shalvor, peshband (fartuk), so‘ng yubka va shimning har xil turlari paydo bo‘ladi. Kiyim tayyorlashda ishlatiladigan materiallar. Ibtidoiy odamning ilk kiyimi uchun daraxtlaming yumshoq po‘stlog‘i, tropic o‘simliklar barglari va tolasi asqotgan. Yuqorida aytilganiday, ibtidoiy odam kiyim uchun materialni asosan tevarak-atrofini o‘rab turgan tabiatdan olgan. Awalo bunday material uchun yowoyi hayvonlar terilari qo‘l kelgan. Bizning olis o‘tmishdagi ibtidoiy jamoada yashagan avlodajdodlarimiz kiyinish uchun suv osti hayvonlarining terilaridan ham foydalangan. Suv osti hayvonlarining mo‘ynasidan tikilgan kiyim odam tanasini yog‘ingarchilikdan juda yaxshi himoya qilgan. Bunday kiyimni tayyorlashda morj va tyulenlarning suv o‘tkazmaydigan ichaklaridan foydalanilgan. Bu kiyim kapyushon – qalpoqli yomg‘irpo‘sh, plash ko‘rinishida boigan. Yaqinda Uzoq Sharqda baliq terisidan tikilgan kiyim topildi. Bu kiyim bir qator afzalliklarga ega edi. Jumladan, issiqlikni yaxshi saqlagan, suv o'tkazmagan, muz bilan qoplanmagan. Bu kiyimni asosan baliqchilar kiygan. Patdan tayyorlangan kiyim hozirgacha yetib kelgan. Gaga (Shimoliy qutb suvlarida yashaydigan qimmatbaho patli o‘rdak) patidan yasalgan kamleyka - libos Xabarovsk muzeyida namoyish etildi. Bunday patli “kurtka” odamni shamol- bo‘rondan himoya qilibgina qolmay, balki ko‘rinishi ham juda chiroyli bo‘lgan. Patdan tayyorlangan bu kurtkaning kapyushoni ham bo‘lgan. Saxalin oroli aholisi azaldan kiyim uchun baliq terisi va qushlar patlaridan foydalanib keladi. Shimoliy Amerika va Osiyoning tabiatan keskin iqlimli ob- havosida “sarkf’ kiyimi keng tarqalgan. Ushbu kiyim qushlar terisidan tayyorlangan bo‘lib, tanani issiq tutgan. Tuyali hududlarda yashaydigan odamlar tuya junidan mato to‘qigan, kigiz bostirgan. Uzoq shimolliklar it, bug‘u terisi va junidan kiyim tikib kiygan. Milodgacha birinchi asrda odamlar quruqlikdagi hayvonlar terilaridan kiyim kiyganlar. Qadim-qadim zamonlardan bizning davrimizgacha rang-barang mo‘ynali kiyimlar - telpak, po‘stin, ishton, paypoq va poyabzallar yetib keldi. Davrlar o‘tib, qo‘y juni, madaniy ekinlar (paxta, zig‘irpoya, kanop) tolasidan ip yigirib, mato to‘qila boshlanadi. Tobora yangi matolar haqida maMumotlar doirasi kengaya boradi. Bu borada bilimlami almashish va ularni o‘zlashtirish jarayonlari kengayadi, kiyim tikish mahorati takomillashib boradi, ishlab chiqarish sur’ati ham o‘sadi . Download 378 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling