1-ma’ruza : “Kostyum tarixi” faniga kirish. Kiyimning kelib chiqishi


Download 378 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.05.2023
Hajmi378 Kb.
#1422961
Bog'liq
1-Ma\'ruza



1-ma’ruza

“Kostyum tarixi” faniga kirish.
 
Kiyimning kelib chiqishi.Arxeologik qazilmalar vaqtida kiyim 40-25 ming 
yil avvalyartilganligi xulosa chiqarishga imkon beradi. Ya’ni kiyim dastlab 
ibtidoiy odam dunyoga kelgach, uning rivojlanishi bilan paydo bo‘lgan. Bundan 
ancha keyin poyabzal paydo bo‘ladi, chunki u kostyumning boshqa elementlariga 
qaraganda hali uncha ommabop bo‘lmagan edi.
Biz kiyimga shunchalik o‘rganib qolganmizki, go‘yo u nazarimizda hamisha 
va hamma davrlarda mavjud bo‘lganday tuyuladi. Yana kostyumning o‘z davriga 
qarab tashqi ko‘rinishi muntazam o‘zgarib turganidan uning eskirishini sezmay 
ham qolamiz.
Garchand libos hamisha ham benuqson bo‘lmagan esa-da, kiyimning paydo 
bo'lishi, kelib chiqish tarixi qiziqarli va ibrat bo'larlidir Kiyim bizga bir davr 
mobaynida muayyan xalqlar urfodatlari, turmush tarzi va yashash sharoitlarining 
qanday bo‘lganligi haqida ma’lumot berib, bu haqda tasawurlarimiz boyishiga 
yordam beradi. Buning natijasi o‘laroq, bizga qabila, jamoa turmushi qanday 
kechganligi, urug‘-elatlar va turli xalqlaming madaniy, ma'naviyrivojlanish tarixi 
ma’lum bo‘ladi. Zero, kiyimning kelib chiqish tarixi eng qadimiy hunar turlaridan 
bo‘lgan tikuvchilik san’atiga borib taqaladi.
Kiyimga ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida insonga tabiat tug‘dirgan zaruriyat 
tufayli dunyoga keladi va hayotining tarkibiy qismiga aylanadi Shu boisdan 
libosning paydo bo‘lishi bilan tobora mukammallashib borishi tabiiy hol edi. 
Bundan kiyim inson bilan birga dunyoga kelmaganligini bilib olsa bo‘ladi. 
Tabiatda iqlim o’zgarishi issiq o’rnini sovuq egallagan urug’-qabilalar yangi iliq 
o’lkalar tomon jo’nagan shu sababdan kiyim vazifalari ham o’zgargan. 
Libosda maqsadga muvofiqlik go‘zallik bilan uyg‘unlashib ketadi. Kiyim, 
bir tomondan, amaliy vazifani ado etsa, insonni tabiat injiqliklaridan saqlasa, 
boshqa tomondan esa, estetik vazifani bajaradi, ya’ni insonning tashqi qiyofasini 
ko‘rkamlashtirib, unga husn bag‘ishlaydi. 
Qadim-qadim zamonlarda odamlar jazirama va har xil hasharotlardan 
saqlanish uchun tanalariga loy, balchiq va turli moylami surkab olgan. Bu hol 
keyinroq borib, tanani atayin bezash istagiga aylanadi. Ibtidoiy odamlar bu 
masalani o‘simliklardan olingan sariq yoki qizil mineral bo‘yoq oxra, ohak, nil 
bo‘yog‘i, qorakuya bilan hal qilishga tirishadilar. Endi ular shu maqsadda 
tanalariga har xil belgilarni chizib, bo‘yab tashlaydi. Shundan keyin bunday o‘chib 
ketadigan chizgilar o‘miga tatuirovka (teri ostiga rang oTkazib, naqsh tushirish) 
qilina boshlanadi. Ramziy va himoyaviy elementlar sifatida kostyumda ov qilingan 
hayvonlar tishlari, suyaklari va patlari ishlatilgan. Ibtidoiy odamlar quloq, 


 bunxn, lablariga ana shularni tumor qilib taqib yurgan. Borib-borib ana shu 
tumorlar kostyum bezaklariga aylanadi.
Hozirgi libosimiz tanani bo‘yash va tatuirovka qilishnmg izdoshidir. 
Keyinroq ana shular mson tashqi qiyofasida estetik vazifani ado eta boshlaydi. 
Oradan vaqtlar o‘tadi, toladan ip yigiriladi, mato to‘qilib, undan kiyim tikilgach 
ham tana bo‘yalgandagi chizgilar va tatuirovka alomatlari saqlanib qolaveradi.
Keyinchalik ana shu chizgi-naqshlar matoga ko‘chadi: masalan, 
qadimiy keltlar (o'tmishda G‘arbiy Yevropada yashagan qabilalar) tatuirovkasining 
katak-katak chiziqlari matoda qolgan va hozirda shotland libosining milliy 
chizgisiga aylangan. 
Tarixiy kostyumdagi bezaklar yangi ma’no kasb etadi - jamiyatda yuz 
berayotgan jarayonlar - tabaqalanish libosda ham o‘z aksini topadi. Shu tariqa 
bizga bezakning uch xil: ramziy, estetik va tabaqalanish ma'nolan ma’lum boTadi. 
So‘ngroq bezak shakllari murakkablashib, rang-barang bo'lib bordi: 
1) yechib taqiladigan taqinchoqlar - isirg‘a, bilaguzuk, uzuk va 
halqalar; 
2) turg‘un, matoga yopishtirilgan bezaklar: bosma rasm, kashta.
Kiyimning 
primitiv 
shakllari 
va 
asosiy 
turlari. 
Insonning 
turmush tarzi, tanasining tuzilish shakli kiyimning boshlangTch primitiv, jo‘n 
ko‘rinishini belgilab berdi: 
• hayvon terilari; 
• o‘simlikdan olingan materiallar.
Shunda libosni tanaga biriktirishga zaruriyat paydo boTadi. Natijada 
kiyimning tanaga biriktirish joyi belgilanadi va hel kiyimi;yelka kiyimi kabi 
turlarga boTinadi. Kiyimning asosiy turlari: 
1) burmalangan, drapirovka qilingan - kiyimning eng qadimiy turi boTib, u 
butun tanani qoplab, o‘rab oladi va belbog‘, bog‘ich va to‘qa (fibula), tugmalar 
yordamida bir-biriga tutashtirib qo‘yiladi (Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim); 
2) buklama - kiyimning marakkab turi boTib, mato ikki buklanadi va yonlari 
tikiladi, bosh va qoTlarni chiqarib qo‘yish uchun maxsus teshiklar qoldiriladi 
(Vizantiya); 
3) yaktaksimon, oldi ochiq - tepadan pastgacha kesikli kiyimт turi (Moskva 
Rusi). Ibtidoiy odamning qo‘llari erkin bo‘lishi zarur. Chunki mehnat 
qurolini ushlash, harakatlamshi uchun qo‘llar ochiq bo‘lishi kerak axir.
Belbog‘ - kiyimdagi dastlabki asosiy jihatlardan edi. Keyinchalik belboqqa 
biror narsa mahkamlab, kiyilgan. Shu tariqa ishton, shalvor, peshband (fartuk), 
so‘ng yubka va shimning har xil turlari paydo bo‘ladi.
Kiyim tayyorlashda ishlatiladigan materiallar. Ibtidoiy odamning ilk kiyimi 
uchun daraxtlaming yumshoq po‘stlog‘i, tropic o‘simliklar barglari va tolasi 


asqotgan. Yuqorida aytilganiday, ibtidoiy odam kiyim uchun materialni asosan 
tevarak-atrofini o‘rab turgan tabiatdan olgan.
Awalo bunday material uchun yowoyi hayvonlar terilari qo‘l kelgan. 
Bizning olis o‘tmishdagi ibtidoiy jamoada yashagan avlodajdodlarimiz kiyinish 
uchun suv osti hayvonlarining terilaridan ham foydalangan.
Suv osti hayvonlarining mo‘ynasidan tikilgan kiyim odam tanasini 
yog‘ingarchilikdan juda yaxshi himoya qilgan. Bunday kiyimni tayyorlashda morj 
va tyulenlarning suv o‘tkazmaydigan ichaklaridan foydalanilgan. Bu kiyim 
kapyushon – qalpoqli yomg‘irpo‘sh, plash ko‘rinishida boigan.
Yaqinda Uzoq Sharqda baliq terisidan tikilgan kiyim topildi. Bu kiyim bir 
qator afzalliklarga ega edi. Jumladan, issiqlikni yaxshi saqlagan, suv o'tkazmagan, 
muz bilan qoplanmagan. Bu kiyimni asosan baliqchilar kiygan.
Patdan tayyorlangan kiyim hozirgacha yetib kelgan. Gaga (Shimoliy qutb 
suvlarida yashaydigan qimmatbaho patli o‘rdak) patidan yasalgan kamleyka - libos 
Xabarovsk muzeyida namoyish etildi. Bunday patli “kurtka” odamni shamol-
bo‘rondan himoya qilibgina qolmay, balki ko‘rinishi ham juda chiroyli bo‘lgan.
Patdan tayyorlangan bu kurtkaning kapyushoni ham bo‘lgan.
Saxalin oroli aholisi azaldan kiyim uchun baliq terisi va qushlar patlaridan 
foydalanib keladi. Shimoliy Amerika va Osiyoning tabiatan keskin iqlimli ob-
havosida “sarkf’ kiyimi keng tarqalgan. Ushbu kiyim qushlar terisidan 
tayyorlangan bo‘lib, tanani issiq tutgan. 
Tuyali hududlarda yashaydigan odamlar tuya junidan mato to‘qigan, kigiz 
bostirgan. Uzoq shimolliklar it, bug‘u terisi va junidan kiyim tikib kiygan. 
Milodgacha birinchi asrda odamlar quruqlikdagi hayvonlar terilaridan kiyim 
kiyganlar. Qadim-qadim zamonlardan bizning davrimizgacha rang-barang 
mo‘ynali kiyimlar - telpak, po‘stin, ishton, paypoq va poyabzallar yetib keldi.
Davrlar o‘tib, qo‘y juni, madaniy ekinlar (paxta, zig‘irpoya, kanop) tolasidan 
ip yigirib, mato to‘qila boshlanadi. Tobora yangi matolar haqida maMumotlar 
doirasi kengaya boradi. Bu borada bilimlami almashish va ularni o‘zlashtirish 
jarayonlari kengayadi, kiyim tikish mahorati takomillashib boradi, ishlab chiqarish 
sur’ati ham o‘sadi


Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling