1-ma’ruza 1-m a V z u: Psixologiya fanining predmeti, vazifalari
Download 138.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
1-MA’RUZA 1-M a v z u: Psixologiya fanining predmeti, vazifalari. Reja: 1. Yangi davr va psixologiya . 2. Psixologik predmeti. 3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni. 4. Psixologiyaning tarmoqlari. 5. Psixologiya fanining vaziflari. Mavzu yuzasidan tayanch so’zlar: metodlar, modellashtirish, amaliy psixologiya, validlik, ishonchlilik, marketing psixologiyasi, siyosiy psixologiya. Xar bir fan o’rganilayotgan obyektdan o’zi tadqiq qiladigan predmetni - obyektiv dunyoning u yoki bu yashash formasini tabiat va jamiyat taraqqiyoti prosessining u yoki bu tomonini ajratib oladi. Xar bir fanning mustaqil fanligi birinchi galda uning o’z tadqiq qiladigan, boshqa xech qanday fan tomonidan maxsus ravishda o’rganilmaydigan aloxida tekshirish obyekti borligi bilan belgilanadi. Psixologiya o’rganadigan xodisalarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash yanada qiyinroq. Bu xodisalarni tushunish ko’p jihatdan psixologiya fanini egallash zaruratiga duch kelgan odamlarning dunyoqarashiga bog’likdir. Odamlarda sekin asta turli xil atrofimizdagi xodisalar to’g’risidagi tasavvurlar tarkib topadi va ular psixik xodisalar (psixik funksiyalar, xususiyatlar, jarayonlar, xolatlar va boshqalar) deb nomlana boshlanadi. Bu xodisalarning aloxida xarakterga egaligi ularning odamlarni qurshab turgan tashqi olamdagi xodisalardan farq qilishida, insonning ichki dunyosiga tegishli ekanligida ko’zga tashlanadi. Ularni real xodisalar va faktlarga qarama-qarshi ko’yiladigan ruxiy xayot (psixika degan) termining o’zi yunoncha «psyuxe» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «rux» degan ma’noni bildiradi) soxasiga taaluqli deb xisoblashardi. Bu xodisalar «idrok», «xotira», «tafakkur», «iroda», «xissiyot» va boshqa shu kabi nomlar bilan guruxlarga ajratilib, hammasi birgalikda p s i x i k a, k i sh i n i n g p s i x i k, i ch k i dunyosi, uning ruxiy (dunyosi) xayoti va xokazolar deb ataladigan tushunchalarni xosil kiladi. Kundalik muloqot davomida tashqaridagi odamlarni kuzatib borgan kishilar xulq-atvorning turli xil faktlari (xarakatlar, qiliqlar, ish bajarish va xokazolar) bilan bevosita munosabatda bo’lsalar ham, amalda o’zaro birgalikda xarakat qilishga bo’lgan extiyoj ularni tashqi xulq-atvor ortida yashirinib yotgan psixik jarayonlarni farqlay bilishga majbur qilgan. Kishilarning xatti-xarakatlari zamirida hami-sha unga dasturilamal bo’lgan maqsadlar, mayillar, u yoki bu voqyeadan ta’sirlanish zamirida esa xarakterga xos asosiy belgilar tushunilgan. Shuning uchun ham psixik jarayonlar. xususiyatlar. xolatlar ilmiy taxlil predmetiga aylanishidan ancha ilgari kishilarda bir-birlari to’g’risida sodda psixologik bilimlar to’plana boshlagan. Bu bilimlar avloddan-avlodga o’tgan xolda tilda, xalq ijodiyoti yodgorliklarida, san’at asarlarida o’z ifodasini topa bordi. U, masalan, maqol va matallarda mujassamlasha boshladi: «O’n marta eshitgandan ko’ra bir marta ko’rgan afzal» (ko’z bilan ko’rgan xolda idrok etish va xotirada saqlab kolishning eshitishga qaraganda afzalliklari xaqida); «Odat-kishining ikkinchi tabiatidir». (tug’ma xulq-atvor turlari bilan raqobat qila oladigan barqaror odatlarning roli xaqida) va x.k. Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik maxlumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilimlarni tashkil etadi. Ular ancha keng miqyosli bo’lishi, maxlum darajada tevarak-atrofdagi kishilarning xulq- atvoriga qarab ish qilishga yordam berishi, bir muncha to’g’ri bo’lishi va voqyelikka mos kelishi mumkin. Lekin, bu bilimlar sistemalilikdan, teranlikdan, isbotlilikdan maxrumdir va shunga ko’ra ham bilimlar kishi psixikasi to’g’risida odamlar bilan ularning u yoki bu xilda kutilayotgan xolatlardagi xulq-atvorini taxmin qilish imkonini beradigan hamda ilmiy, ya’ni obyektiv va ishonarli bilimlarni talab qiladigan jiddiy (pedagogik, davolash, tashkiliy va boshqa shu kabi) ish olib borish uchun mustaxkam negiz bo’la olmaydi. Xo’sh, ilmiy psixologiyaning predmeti nimadan iborat? Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda, avvalo, psixik xayotning konkret faktlari nazarda tutiladi, psixik xayotga doir xar bir fakt esa ham miqdor, ham sifat jixatdan xarakterli xususiyat-larga ega. Masalan, psixologiya fani insonning tevarak-atrofdagi narsa-larni idrok qilish prosessini tekshirib, juda muxim faktni aniqlagan: idrok sharoitlari o’zgarib tursa ham, idrok qilingan predmet-ning inson ongidagi obrazi nisbatan o’zgarmay qolaverar ekan. Masalan, ushbu satrlar bitilgan saxifa yorug’ quyosh nurida ham, qorong’ilikda ham, elektr bilan yoritilgan joyda ham qog’ozdan sinib qaytuvchi nurlarning fizikaviy xarakteristikasi garchand xar xil yoritilish chog’ida shu qadar xilma-xil bo’lishiga karamay, oppoq shaklida idrok kilinaveradi. Mazkur xolatda tasavurimizda psixologik faktning sifat xarakteristikasi xosil bo’ladi. Psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiyada o’rganiladigan predmet bo’lib yuzaga chiqadi. Jumladan, ba’zi bir psixologik faktlarning yuzaga kelishida xar gal buning uchun tegishli shart-sharoitlar mavjudligi muqarrar, ya’ni konuniyatli bo’lishi kuzatiladi. Masalan, idrok etishning yuqorida keltirilgan nisbiy barqarorligi qonuniyatli xarakterga egaki, bunda faqat rangni idrok etishgina emas, balki narsaning katta-kichikligi va shaklini idrok etish ham barqarordir. Maxsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, idrokning berkarorligi kishida avval boshdanoq mavjud bo’lgan emas. U asta-sekinlik bilan, kat’iy qonunlarga binoan shakllana boradi. Agar idrokning barqarorligi mavjud bo’lmaganida, kishi tashqi muxitda mo’ljalni to’g’ri ola bilmasdi. Tevarak- atrofidagi narsalarga nisbatan uning xolati salgina o’zgarishi bilan ko’z o’ngida turgan olamning manzarasi keskin o’zgarib ketaverar, narsalar noto’g’ri idrok etilaverardi. Qonuniyatli aloqalarni bilishning birgina o’zi qonuniyatning namoyon bo’lishi uchun vosita xisoblangan konkret mexanizmlarni tushuntirib bera olmaydi. Shuning uchun psixologiyaning vazifasi faktlar va qonuniyatlarni o’rganish bilan bir qatorda psixik faoliyatning mexanizmlarini aniqlashdan iboratdir. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqozo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va xarakatini boshqa fanlar fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar bilan birgalikda ochib beradi. Shunday qilib, psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi. Ammo shu narsa ravshanki, keltirilgan ta’rif ham psixologiyaning predmeti to’g’risida so’z yuritilganda bu psixik jarayonlar, xususiyatlar, xolatlar va shu kabilarni o’rganadigan fan ekanligi xaqidagi an’anaviy ta’riflar kabi juda muxim izox talab qiladi. Psixik xodisalarning “aloxida xodisalardan” ekanligi, ularning “ichki dunyoni” tashkil etish xaqidagi o’z xolicha psixikaning moxiyatini, uning o’ziga xos xususiyatini ochib bera olmaydi. Psixika nima degan savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, psixik xodisalarning moxiyati va xarakteri xaqidagi tasavvurlar asrlar davomida o’zgarib borganligiga nazar tashlash lozim. Ibtidoiy odamning tasavvurida rux tanadan batamom ajratilmagan bo’ladi. Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari oldingi antmistik, afsonaviy tasavvurlar o’rnini ruxni borliqning naturfilosofik manzarasi nuqtai nazaridan tushinishlarga urinishlar egallay boshladi. Fales (er.av. YII-YI asrlar), Anaksimen (er.av. Y asr) va Geraklit (er.av. YI-Y asrlar) ruxni olamning ibtidosini tashkil etuvchi narsa (suv, xavo, olov)ning odamlar va xayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan. Demokrit (er.av. Y-IY asrlar), Epikur (er.av. IY-III asrlar) va Lukresiy (er.av. I asr) kabi atomistlar rux tanaga jon bag’ishlovchi moddiy jism, shuningdek moddiy asos xisoblanmish aql, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, xayotning butun jarayonini boshqarish vazifasini bajaruvchi idrok bilan idora etiladigan a’zo sifatida talqin etila boshladi. Rux bilan aqlning o’zi tananing a’zolari bo’lgani uchun ularning o’zi ham tana xisoblanadi, va atomistlarning fikriga ko’ra, sharsimon, kichik va ancha xarakatchan atomlardan tarkib topadi. Aflotun (er.av. 428/427-347 yillar) jonning qismlari to’g’risidagi tushunchani yaratdi. Shunday qismlardan: a) aql-idrokni, b) jasoratni, v) orzu-istakni aloxida ajratib ko’rsatdi va ular tananing turli qismlari (bosh, ko’krak, qorin bo’shlig’i)ga joylashgan bo’ladi degan fikrni ilgari surdi. Aflotun fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil taqsimlangan bo’lib, ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun bo’lishi individning u yoki bu sosial guruxga mansubligini belgilaydi. Masalan, oddiy mexnatchilar jonni quyi qismining, ya’ni nafsning ustunligi bilan ajralib turadilar. Aflotunning shogirdi Arastu ( er.av. 384-322 yillar )ning ta’limoti ancha ilgarilab ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy - ilmiy asosga qayta ko’rib, uni biologiya va tibbiyot bilan bog’ladi. Arastuning “Jon to’g’risida”gi asari psixologiyaning bu davrga kelib o’ziga xos bilimlar soxasi sifatida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Uning yutuqlari ham xayvonlardagi, ham odamlardagi konkret xayotiy ko’rinishlarni kuzatish, tasvirlash va taxlil qilish bilan bog’lik edi. U ruxiy faoliyatni o’rganishning tajriba metodini, obyektiv metodini ximoya qilib chiqqan edi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib rux va jonli tananing ajralmas ekanligi g’oyasini ilgari surdi. Eramizdan oldingi XX asrda rimlik vrach GALEN fiziologiya va tibbiyotning yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik negizi xaqidagi tasavvurlarni boyitdi va ong tushunchasiga yaqinlashib keldi. U diqqat, xotira va muloxaza ishtirok etadigan xarakatlarning kishi, masalan, uyqusida bajaradigan xarakatlardan chegaralanishini ajratib berdi. Unisi ham, bunisi ham rux bilan idora qilinadi, lekin birinchi xolda qo’shimcha momentlar ishtirok etadi. XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Fransuz olimi DEKART (1596-1650) yurakdagi mushaklarning ishlashi qon aylanishining ichki mexanizmi bilan boshqarib turilgani kabi xulq - atvorning hamma darajalaridagi boshqa mushaklarning ishlashi ham xuddi soat mexanizmida millarning aylanishiga o’xshasa kerak, deb taxmin qilgan edi. Qonunlari psixologiyaning ham qonunlari xisoblangan mexanik xara-katni yagona reallik deb e’lon qilgan ingliz olimi GOBBS (1588-1679) ruxni butunlay rad etdi. «Psixologiya tarixda birinchi marta rux xaqidagi ta’limot bo’lmasdan, balki u tanadagi jarayonlarning soyasi kabi ro’y beradigan ruxiy xodisalar xaqidagi ta’limotga aylandi», - degan edi Gobbs. Niderlandiyalik faylasuf SPINOZA (1632-1677) ham Gobbs kabi, olamning bir butunligi to’g’risidagi g’oyaning ximoyachisi edi. U ongni katta qo’lamga ega real narsa deb xisoblar edi. Uning shox asari bo’lmish “Etika” ning teoremalaridan birida «G’oyalar tartibi va aloqasi qanday bo’lsa, narsalarning tartibi va aloqasi ham shundaydir” deyiladi. Tana ham, uning g’oyalari ham tabiatning o’sha mutloq tartibiga kiritilgandir. Bu o’rinda Spinoza, Gobbs kabi ilmiy psixologiyaning asosiy prinsiplaridan biri determinizm prinsipining jarchisi bo’lib chiqdi. Fan tarixida birinchi bo’lib ongsizlik psixikasi xaqidagi tushunchani ilgari surgan XVII asrdagi nemis mutafakkiri Leybnis (1646-1716) ning talim oti matematika jumladan, integral va diffe-rensial xisoblar kashf etilishi ta’sir etgan edi. Psixik xayot manza-rasi arifmetik yig’indi tariqasida emas balki integral tarzida namoyon bo’ladi. Leybnis tasavurlarning uzluksiz chegaralanishi g’oyasiga tayangan xolda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiya (diqqat va xotirani o’z ichiga olgan anglangan idrok) dan farqlagan edi. U psixologiyaga juda ko’p yangiliklarni, eng avvalo, psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi, hamda psixikaning onglilik va ongsizlik ko’rinishlari o’rtasidagi murakkab nisbat xaqidagi g’oyani olib kirdi. XVII asrlarda fanda va xayotda rasionalizm xukmron edi. Unga ko’ra xaqqoniy bilimga faqat aql - idrok orqali erishish mumkin. Ilg’or mamlakatlarda yuz berayotgan tub iqtisodiy o’zgarishlar, industrial revolyusiya, ilmiy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun inti-lishlar XVIII asrda empirizm va sensualizm - tajriba va xis etadigan bilimlarning «sof» aql idrokdan afzalligi xaqidagi ta’limong ing, ya’ni aqlda xech qanday tug’ma g’oyalar va prinsiplar bo’lishi mumkin emasligi xaqidagi talim ong ing oldingi marraga ko’tarilishiga olib keldi. Bu talim ong i ingliz faylasufi va pedagogi JON LOKK (1632-1704) astoydil ximoya qilib chiqdi. Uning fikricha, tajribaning ikkita manbai bor: biri tashqi sezgi a’zolarining faoliyati (tashqi tajriba) va ikkinchisi o’zining xususiy ishini idrok etuvchi aqlning ichki faoliyati (ichki tajriba)dir. XVIII asr psixologik fikrlar tarixida assosiativ (bog’lanish) va qobiliyatlar psixologiyasi degan yo’nalishlar bo’lgan edi. Vakillari DAVID GARTLI va Xristian Volf, Tomas Rid edilar. Organizmga xarakatlarning ikki xil turi - ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz, reflektor) turlari xosdir, degan fikr o’tgan asrning birinchi yarmida keng tarqalgan edi. Bu fikrning to’g’riligini fiziologiyada ingliz Charlg’z Bell va fransuz Fransua Majandi tomoni-dan sezuvchi va xarakat nervlari o’rtasidagi tafovutlarning kashf etilishiga olib kelgan ajoyib yutuqlari ham tasdiklaydi. XIX asrning ikkinchi yarmida rus olimi I.M.Sechenov (1829-1905) “Bosh miya reflekslari” (1863) asarida ongli va ongsiz xayotning barcha xarakatlari ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir degan xulosaga kelgan edi. I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jixatdan boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muxim nazariy qoidalar I.P.Pavlov (1849 - 1936) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U xayvonlarning va odamlarning tashqi muxit bilan o’zaro xarakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi xaqidagi talim ot deb ataladi. Psixologik fikrlar tarixini qiska ko’rish natijasida psixologiya faniga yuqorida berilgan taxrifni bir qadar konkretlashtirib, shunday taxrif beriladi. Psixologiya - voqyelikning miyadagi obrazi sifatida sodir bo’luvchi psixik faktlari, qonuniyatlari va psixik mexanizmlari to’g’risidagi fandir. Qisqacha aytsak, psixologiya - odam psixik xayotining qonunlari to’g’risidagi fan. Kishining shaxsiy xarakterga ega bo’lgan xulq - atvori va faoliyati voqyelikning miyadagi obrazi asosida va shu obraz yordamida boshqariladi. Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda tashkil topgan materiyaning oliy maxsulidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko’p sonli maxsus axzolari vositasida amalga oshiriladi. Organik dunyoning amebalardan tortib to odamga qadar uzoq davom etgan evolyusiyasi davomida xulq - atvor va xatti - xarakatlarning fiziologik mexanizmlari to’xtovsiz murakkablashib, tabaqalashib va shular tufayli organizm muxit o’zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va moslashuvchan bo’la oladi. Nerv sistemasi tuzilishining umumiy plani barcha umurtqalilarda bir xildir. Uning asosiy elementlari nerv xujayralari yoki neyronlar bo’lib, ularning vazifasi qo’zgatishdan iboratdir. Markaziy nerv sistemasi ikki qismdan - bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat neyronlar (10 milliardga yaqin) bilan qoplangan hamda po’stloq deb ataladigan katta yarim sharlarni xosil qiladi. Po’stloq psixik faoliyatning eng muxim organidir. Yarim sharlardan pastroqda, ensa qismida miyacha joylashgan bo’lib, uning funksiyalari xali yetarlicha o’rganilmagan. Katta yarim sharlarga miya naychasi kelib taqaladi. Naychaning yuqori qismi - talamus orqa miyadan katta yarim sharlarga boradigan barcha nerv yo’llari uchun «oraliq stansiyasi» vazifasini bajaradi. Naychaning pastki qismi - gipotalamus suv almashinuvini, ovqatlanish extiyojini va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib turadigan markazlar-dan tarkib topgandir. Markaziy nerv sistemasining tilga olingan barcha qismlari murakkab tuzilishga ega bo’lib, uni o’rganish va taxriflash bilan anatomiya va gistologiya shug’ullanadi. Xozirgi zamon fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug’ma (shartsiz reflekslar) xisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlarning qobig’i esa xayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi xisoblanadi. Tananing xar bir sezuvchi axzosi va xar bir xarakat axzosi miyada o’zining xususiy markazlariga egadir. Ko’plab tajribalar xayvonlarda o’tkazildi. Biroq, odamga kelganda shuni aytish kerakki, sog’lom kishilar-ning miyasida jarroxlik bilan boglik bironta ham eksperiment o’tkazilmaydi, albatta. Inson katta yarim sharlar qobig’ining anchagina qismini qo’l barmoqlari, ayniqsa uning odamdagi boshqa barcha barmoqlarga qarama-qarshi ko’yilgan bosh barmoq faoliyati bilan bog’liq xujayralar, shuningdek nutq organlari lab va til mushaklari funksiyasi bilan bog’liq xujayralar egallaydi. Shunday qilib, odam miyasining katta yarim shari qobig’ida mexnatda va muomilada asosiy funksiyani bajaradigan xarakat axzolari ancha ko’p joylashgandir. Xozirgi paytda mamlakatimizda va chet ellarda olib borilayotgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, oliy nerv faoliyatining umumiy qonuniyatlari xayvonlarning faol xatti-xarakatida namoyon bo’ladi. Miya naychalarini elektr yordamida qo’zg’atish bilan bir qatorda unda eksperiment o’tkazuvchining aralashuvisiz, beixtiyor ravishda xosil bo’ladigan biotoklarni yozib olish metodi ham qo’llaniladi. Bu tajri-balar miyaning elektr aktivligi bir xil emasligini ko’rsatdi. Biotok-lar yozuvining xarakteriga qarab odamning psixik xolatidagi o’zgarishlar xaqida xulosa chiqarish mumkin. Miyada xosil bo’ladigan to’lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o’xshaydi. Ularning eng sekinlari kishi tinch-osoyishta paytida, ko’zlarini yumib o’tirgan, betoqat bo’lmasdan va diqqat-e’tibori bo’shashgan xolatida kuzatiladi. Lekin bunday xolatda bo’lgan kishi biron-bir topshiriq berilsa bormi, uning biotoklari darxol o’zgara boshlaydi va unda to’lqinlar tezligi ancha oshganligini ko’rsatadigan izlar paydo bo’ladi. Miyada elektro-ensefalogramma ko’rinishidagi kuchaytirgich yordamida yozib olish mumkin bo’lgan elektr toklari paydo bo’lishining kashf etilishi psixologlar uchun ahamiyatli. Odamdagi psixik jarayonlarning miyaga oid mexanizmlari bilan xayvonlar psixikasi mexanizmlari o’rtasida o’xshashlik bo’lishiga qaramay, odam bilan xayvonning psixik faoliyati o’rtasidagi tafovutlar faqat miqdor xarakterga emas, balki sifat xarakteriga ham egadir. Odamning psixik xayotida katta yarim sharlar qobigi sirtining 30% ni egallaydigan peshona qismlari aloxida rolg’ o’ynaydi. Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni, yaxlit bir xolga keltiruvchi shakli bo’lib, kishining mexnat faoliyatida, boshqalar bilan doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari nati-jasi xisoblanadi. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam xaqidagi bilimlar yig’indisidan tashkil topadi. Ongning strukturasiga muxim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin. Ongning o’ziga xos xususiyatlari shakllanishi va namoyon bo’lishining muqarrar sharti til xisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida odam bilim-lar xosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan, tilda mustaxkamlab, unga yetkazgan inson tafakkuri boy-liklari bilan o’z xayotini boyitadi. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir o’tkazuvchi qo’zg’atuvchining bevosita aks ettirish natijasida ongda borliqning o’sha paytda kishi tasavvurida xosil bo’lgan xissiy manzara gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayol extiyoj obyekti bo’lgan, ammo xozirgi paytda yo’q narsaning obrazli modelini xosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo’li bilan masala-ning xal etilishini taxminlaydi. Aytib o’tilgan psixik bilish ja-rayonlaridan istalgan birining batamom barbod bo’lishi u yoqda tursin, buzilishi yo izdan chiqishi ham ongning barbod bo’lishiga olib keladi. Ongning ikkinchi taxrifi - unda subyekt bilan obyekt o’rtasida aniq farqlanishning o’z ifodasini topish, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekani-ni aniq biladi. Ongning uchinchi taxrifi - odamning maqsadni ko’zlovchi faoliyatini taxminlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funksiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi. Ongning to’rtinchi taxrifi uning tarkibiga muayyan munosabatlarning kirganligidir. Kishi ongiga muqar-rar ravishda xis-tuyg’ular olami kirib keladi. Unda murakkab obyek-tiv va eng avvalo odamning o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosa-batlar o’z aksini topadi. Bu o’rinda ham, boshqa ko’pgina xollarda bo’l-gani kabi patologiya normal ongning moxiyatini yaxshirok anglab olishga yordam beradi. Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xusu- siyatlari shakllanishi va namoyon bo’lishining muqarrar sharti til xisoblanadi. Ong ijtimoiy maxsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Xayvonlarda esa ong bo’lmaydi. Psixikaning kuyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik - kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taxsurotlar bilan bog’-liq psixik jarayonlar, xarakatlar va xolatlar yig’indisidir. Psixik xolat sifatidagi ongsizlik voqyelikni aks etirishning shundan bir shakli xisoblanadiki, bunda xarakat vaqti va o’rnini mo’ljal qilish yaxlitligi yuqoladi, xatti-xarakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda, onglilikdan farqli ularoq, kishi o’zi baja-rayotgan xarakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi. Ongsizlikka kuyidagi psixik xodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik xolatlar (tush ko’rish); sezilmaydigan, lekin xaqiqatdan ham ta’sir ko’rsatadigan qo’zg’atuvchilarga javob reaksiyalari oldinlari ongli xarakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan xarakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad xissidan anglan-maydigan ayrim mayillar va xokazo. Ongsizlik xodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zii bir patologik xodisalarni - alaxlash, ko’ziga yo’q narsalar ko’rinishi va shu kabilarni ham ko’shish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb xisoblash, uni xayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’ladi. Ongsizlik - bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik kiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo’lmagan, qisman aksi tarzida inson xayotining ijtimoiy shart-sharoit-lari bilan bog’lik xolda paydo bo’lgandir. Mustaqil O’zbekistonimizda juda katta iqtisodiy-siyosiy o’zgarish-lar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlar jamiyatimiz ma’naviyati va uning ruxiyatiga sezilarli ta’sir qilmokda. Xuddi ana shunday davrda yangicha fikrlash zaruriyati davrida ijtimoiy xodisalarning psixologik asoslarini bilish xozirgi kunning muxim talabidir. Psixologiyaning asosiy metodlari. Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.Quyidagi jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan.Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana taxlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. АСОСИЙ МЕТОДЛАР КУЗАТИШ МЕТОДИ СЎРОҚ МЕТОДИ ТЕСТ МЕТОДИ ЭКСПЕРИ-МЕНТ МОДЕЛ- ЛАШТИРИШ Ички (субъектив, ўз-ўзини кузатиш) Эркин кузатув Стандартлаштирил-ган Ташқи (объектив кузатиш) Гуруҳ ичида кузатиш Гуруҳ Оғза ки сўроқ Ёзма сўроқ Эрки н сў-роқ (суҳбат) Стан дарт- лаштирилган сўроқ Тест- топшириқ Проект ив тест Социо мет-рик тест Тест- сўров Табии й эксперимен т Лабор ато-рия эксперимен т Техник моделлашти- риш Кибер нетик моделлашти- риш Матем атикмоделлашт и-риш Манти Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z-o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki xodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy xodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq- atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim xodisalarni subyektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi-ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. So’rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi. Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi. Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi. So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi. Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o’rganilayotgan xodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab hyech qachon o’zgarmaydi, xattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o’lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. Test — so’rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya-ekstroversiyani o’lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo’q» tarzida javob berish so’raladi. Test — topshiriq odam xulqi va xolatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xoxlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa, kamchiligi-ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikasiya qilishi mumkinligidir. Testlar ichida proyektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo’ladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh dog’lari» testi, yoki TAT (tematik appersepsion test), tugallanmagan xikoyalar kabi testlarda bir narsaning proyeksiyasidan go’yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. O’sha 1921 yilda kashf etilgan «siyoh dog’lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo’nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emosional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo’llashi va natijalarni mohirona taxlil qilishi talab qilinadi. Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki xodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda yozgi lagerda, lisey auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb atalgan moslama yordamida yoki «Landolt xalqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Xattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik xodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil xodisalar o’lchangan. Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bunda o’sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi. Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin. Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks tarzda o’rganish imkonini beradi. Gap shundaki, ularni o’z vaqtida va professional tarzda qo’llay bilish va olingan natijalardan to’g’ri xulosalar chiqara olishdir. Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari. Xozirgi zamon ilm-fanining qadri va ahamiyati uning nechog’li amaliyotga kirib borib, tadbiqiy salohiyati ortib borishi bilan baholanadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyoti ham aynan ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanadi. Amaliy hamda tadbiqiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jihatlari avvalo shundan iboratki, ular jamiyatning bevosita bugungi kundagi talablari va buyurtmalariga ko’ra ish yuritadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tadbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturini oladigan bo’lsak, uning bajarilishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning aralashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan Tashxis markazlarida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislar o’quvchilardagi rivojlanish tendensiyalari, aqliy o’sish omillari va iqtidoriga qarab ta’lim-tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o’tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir-oqibat real samara berishi lozim. Ta’kidlash zarurki, tadbiqiy psixologiyadagi «samara»ni o’lchash mezonlari bilan nazariy psixologiyadagi samara tushunchalari biroz farq qiladi. Ya’ni, bu yerda bevosita buyurtmaning bajarilishi sifatiga buyurtmachining o’zi baho beradi. Shuning uchun ham amaliy psixologiyaning alohida tarmog’i bo’lmish sosial psixologiya bilimlarga amaldagi ehtiyojni uch asosiy sabab bilan tushuntirishi mumkin: a) kichik korxona yoki yirik firmalardan tortib, toki xukumat darajasidagi idoralar ham o’z faoliyati samaradorligini oshirish uchun tobora insonlar faoliyati va ulardagi rezervlardan omilkorona foydalanishning psixologik manbalarini qidirish lozimligini tushunib yetmoqdalar; b) professional psixologlarning o’zi ham o’z ishlaridan keladigan obro’- e’tiborning amaliy sohalarida ishlay olish qobiliyatlariga bog’liq ekanligini tushunib yetmoqdalar; v) amaliyotda ishlayotgan boshqa soha vakillari ham agar psixologik tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar, ishni tashkil qilishga uquvlari yaxshiroq va ishlari unumliroq bo’lishini tushunib yetmoqdalar. Shuning uchun ham ko’plab yangi turdagi markaz va firmalar, qo’shma korxonalarda amaliyotchi psixologlar ishlamoqdalar. Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari. Sanoat va ishlab chiqarish sohasi. Sanoat va mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida tadbiqiy ishlar birinchi navbatda konkret tashkilotda kadrlar zahirasini to’g’ri va oqilona tashkillashdan tortib, xodimlar ish sharoitlari va mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy ravishda o’rganib, hayotda natija olishga karatilgan harakatlar majmuidir. Xozirgi bozor munosabatlari sharoitida ushbu yo’nalishdagi tadbiqiy ishlarning ikki sohasini ajratish mumkin: Download 138.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling