1-Mustaqil ish javoblari Quyidagi nazariy savollarga javob bering


Download 0.65 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#248148
Bog'liq
1-mustaqil ish Algo




1-Mustaqil ish javoblari

  1. Quyidagi nazariy savollarga javob bering

1)Algoritm ta’rifini ayting

2)Algoritmning xossalarini ayting

3)Algoritmning to’liq qurish bosqichlarini sanab bering

4)Algoritmik yechib bo’lmaydigan masalalarga misol keltiring

Javoblar

1) Algoritmlarning turli ta’riflari mavjud. Rasmiy ta’riflardan biri bo’yicha



algoritm bu qo’yilgan masalani yechilishiga olib keluvchi aniq harakatlarning chekli ketma-ketligidir.

2) Bu tushunchadan algoritmning quyidagi xossalari kelib chiqadi:



  1. Diskretlilik – ya’ni aniqlanayotgan jarayonni qadamba-qadam ko’rinishi.

  2. Ommaviylik – algoritm o’xshash masalalar turkumini yechishi kerak.

  3. Tushunarlilik – algoritmda beriladigan ko’rsatmalar foydalanuvchiga tushunarli bo’lib, uning talablariga javob berishi kerak.

  4. Aniqlilik – algoritmda ma’lum tartibda amallarni bajarish nazarda tutilishi kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi bilan qaysi qadam keyingi bo’lib bajarilishi aniq ko’rsatilishi kerak.

  5. Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.

3) Algoritmni to’liq qurish bosqichlari bilan quyida tanishib chiqamiz:

  1. Masalaning qo’yilishi

  2. Modelni qurish

  3. Algoritmni ishlab chiqish

  4. Algoritm to’g’riligini tekshirish

  5. Kodlashtirish

  6. Dasturni tekshirish

  7. Hujjatlashtirish

4) Algoritmik hal etilmaslik. Shunday masalalar borki uning yechimini olish uchun umumiy algoritm (Tyuring mashinasi) mavjud emas, bu masalalarni tavsiflovchi kirish ma’lumotlari qo’llaniladigan algoritmlar ishlamaydi yoki cheksiz davom etadi.

1-masala. 𝝅 sonida 𝑥 sonining taqsimlanishini hisoblash;

𝝅 = 3,141592 … , 𝑓9(1) = 5.

𝝅 = 48𝑎𝑟𝑐𝑡𝑔(1/18) + 24𝑎𝑟𝑐𝑡𝑔(1/57) − 20𝑎𝑟𝑐𝑡𝑔(1/239).

Ixtiyoriy 𝑛 uchun 𝑓𝑥(𝑛) funksiyani hisoblash masalasi.



2-masala. Mukammal sonlarni hisoblash;

Mukammal son – bu o’zining bo’luvchilari yig’indisidan tashkil topgan son, masalan:

𝑆(1) = 1 = 1

𝑆(2) = 6 = 1 + 2 +3

𝑆(3) = 28 = 1 + 2 + 4 + 7 + 14.

Ixtiyoriy berilgan 𝑛 soni uchun 𝑆(𝑛) ni hisoblash masalasi.



3-masala. Gilbertning o’ninchi muammosi:

Faraz qilaylik 𝑛- darajali butun koefitsientli 𝑃𝑛(x) ko’phad berilgan bo’lsin.

𝑃𝑛(x) = 0 tenglamaning butun sonli yechimini olish algoritmi mavjudmi?


  1. To’rt xonali son berilgan. Uning raqamlari ko’paytmasini toping

Kiritish

Chiqarish

1245

40

2306

0





    

    

    

    Document



    

Salom

    



    

Salom

    



    

Salom

    



    

Salom

    

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling