1-ma’ruza 1-Mavzu: Kiri sh Qurilishni va qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish asoslari


Download 118.5 Kb.
bet1/5
Sana24.02.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1226766
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1- ma\'ruza


1-MA’RUZA
1-Mavzu: K i r i sh
Qurilishni va qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish asoslari.

REJA:
Fanning maqsadi, mazmuni va vazifalari.
Qurilishni ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari.
Qurilish tashkilotlari tizimi tushunchasi. Qurilish ishtirokchilari.
Qurilish ishlab chiqarishini o’ziga xos (spesifik) qonuniyatlari. Kapital qurilishni tashkil etish asoslari. .
Tayanch so’zlar va iboralar: Buyurtmachi , Loyihalovchi, Pudratchi, bosh pudrat­chi va yordamchi pudratchi, Ta’minotchi, Tadqiqotchi , Umumiy tashkiliy- texnik tayyorgarlik.

K I R I Sh


Qurilish sohasi mamlakatimiz xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri


bo’lib, u asosiy fondlarning yangilarini yaratishni, amaldagilarini esa kengaytirish va qayta tiklashni ta'minlaydi. Kapital qurilishning ishlab chiqarishni barcha tarmoqlarining rivojlanishdagi, ijtimoy mehnat umumdorligining oshirilishidagi, aholining yashash sharoitlari va moddiy farovonligini ko’tarishidagi ahamiyati o’ta muhimdir. Respublikamizda kapital qurilish sohasining rivojlantirilishiga katta e'tibor berilmoqda. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qurilish sohasida yuzaga kelgan ayrim qiyinchilik va muammolarning hal qilinishi, ushbu yanada rivojlantirilishiga qaratilgan bir qator farmonlar, qarorlar va qonunlar qabul qilinib, ularning amaldagi ijrosi xukumatimiz tomonidan qattiq nazorat qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 1998 yil 18-noyabrdagi “Kapital qurilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2003 yil 6 maydagi “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 28-noyabrdagi “Kapital qurilishni boshqarishningq tashkiliy qtuzilmasini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi, 1999 yil 3-sentyabrdagi “Kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish xaqida”gi qarorlari shular jumlasidandir. Ushbu farmon, qaror va qonunlarning amaldagi ijrosi natijasida Respublikamizning turli shahar va qishloqlarida ko’plab zamonaviy bino va inshootlar qad ko’tarmoqda, Respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o’zining ulkan hissasini qo’shayotgan yirik ob'ektlar: Asakadagi UzDEU avtomobil korxonasi, Jizzahdagi neftni qayta ishlash korxonasi, Aydarkuldagi AYSsi, Qo’ng’irotdagi soda korxonasi, Qizilqumdagi fosforit korxonasi kabi ob'ektlar ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda kapital qurilish sohasida kapital qo’yilmalarning samaradorligini yanada oshirish vazifasi turibdi. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirish tarmoqqa ilg’or energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni olib kirish, qurilish ishlab chiqarishida mehnat unumdorligini yanada oshirish, qurilishni tashkil qilish va boshqarishning zamonaviy yangi shakllarini va uslublarini joriy qilish bilan bevosita bog’liqdir.
1-Mavzu: Qurilishni va qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish asoslari. (2 soat)
Reja:
1.1 Fanning maqsadi, mazmuni va vazifalari.
1.2.Qurilishni ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari.
1.3. Qurilish tashkilotlari tizimi tushunchasi. Qurilish ishtirokchilari.
1.4.Qurilish ishlab chiqarishini o’ziga xos (spesifik) qonuniyatlari. Kapital qurilishni tashkil etish asoslari.

1.1 Fanning maqsadi, mazmuni va vazifalari.


Ma'lumki, qurilishda xalq xo’jaligining boshqa sohalarida


bo’lganidek, ishlab chiqarishni ma'lum reja asosida to’g’ri tashkil qilish, ishchi kuchidan umumli foydalanish, moddiy- texnik resurslarni tejab-tergab ishlatish muhim ahamiyatga egadir. Bularsiz qurilish ishlab chiqarishining asosiy maqsadiga, ya'ni bino va inshootlarni o’z vaqtida va talab qilinuvchi sifat darajasida qurib bitirish va foydalanishga topshirishga, ularga sarflanuvchi kapital mablag’larning iqtisodiy samaradorligini oshirishga erishib bo’lmaydi.
Qurilish tajribasidan shular ma'lumki, qurilish ishlab chiqarishini rejasiz yoki noto’ri tashkil qilish ko’zda tutilmagan ortiqcha sarf-xarajatlar qilishga, qurilishning me'yoriy muddatlarining buzilishiga, yaratilgan mahsulot sifatining pasayishiga va mahsulot tannarxining asossiz ortib ketishiga olib keladi. Ayrim xollarda bu ishchi-xodimlarning hayotiga xavf soluvchi holatlarni ham yuzaga keltirib chiqarishi mumkin.
“Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish” fanining predmeti ayrim ob'ektlar va ularning majmualari qurilishini tashkil qilish va boshqarishning usullari va vositalarini, hamda qurilish-montaj tashkilotlarining tashkiliy strukturasi va ishlab chiqarish faoliyatini o‘rganishdan iboratdir.
Shunday qilib, “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish” fani alohida olingan bino va inshootlarni yoki ularning majmuasi qurilishini oldidan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq oqilona tashkil qilish usullarini, qurilish-montaj tashkilotlarining qurilish infrastrukturasini tashkil qilish va olib borishidagi faoliyatini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Ayrim ob'ektning yoki ob'ektlar majmuasining barpo qilinishini tashkil etish, ayrim ishlarning bajarishlishini va shunga mos ravishda ayrim ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyatini vagt va fazoda o‘zaro bo‘lash masalalari kursning taqvimiy rejalashtirishga bag‘ishlangan bo‘limlarida ko‘rib chiqiladi. Ammo, buning uchun zarur bo‘lgan ayrim ishlarning turlarini bajarish usullari va ularni bajarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning jamlanmalari haqidagi bilimlarni talaba “qurilish jarayonlari texnologiyasi” fanini o‘rganishi davomida egallangan bo‘lishi lozim.
Ushbu kurs, shuningdek, qurilish materialari va buyumlari, arxitektura, qurilish mashinalari, qurilish konstruktsiyalari, qurilishda menedjment va bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi kabi fanlar bilan ham bevosita boo‘liq hisoblanadi.
“Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish” fanining asosiy vazifalari uning maqsadlaridan bevosita kelib chiqadi. Bu vazifalar qatoriga kapital qurilish soyasida faoliyat ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lajak yosh mutahassislarga qurilish ishlab chiqarishini too‘ri tashkil qilishni, qurilishda mehnat unumdorligini va qurilish mahsuloti sifatini oshirish yo‘llarini, qurilishdagi ishchi-xizmatchilar mehnatini muhofaza qilish talablarini chuqur va atroficha o‘rgatish vazifalari kiradi. Ushbu fan bo‘yicha talabalarning olgan bilimlari ularni qurilish ishlab chiqarishining faol ishtirokchilari qatoridan o‘rin olishlariga yordam beradi. Faqat chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassislargina kapital qurish sohasida ishlab chiqarishni too‘ri tashkil etish bilan birga ishlab chiqarishni rivojlantirish, kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan umumli foydalana oladilar.

1.3. Qurilish tashkilotlari tizimi tushunchasi. Qurilish ishtirokchilari.


Qurilish - xalq xo‘jaligini eng yirik va eng taraqqiy etgan tarmog‘i hisoblanib, unda ko‘plab yuridik shaxslar, tashkilot, korxona va muassasalar buyurtmachi, pudratchi, loyihachi, ta’minotchi yoki tadqiqotchi sifatida ishtiroq etadilar.



Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling