2. Adeninning molyar kontsentratsiyasi timinnikiga, guaninniki esa tsitozinga teng: A=T, G=TS yoki ;
3. DNK zanjiridagi 6-aminoguruhli asoslar miqdori 6-ketoguruhli asoslar miqdoriga teng, ya’ni adenin va tsitozin molyar kontsentratsiyalarining yig’indisi guanin va timin molyar kontsentratsiyalari yig’indisiga teng:
A+TS=G+T yoki
4. Guanin bilan tsitozin molyar kontsentratsiyalari yig’indisining adenin bilan timinning (DNK molekulasida yoki uratsil RNK da) molyar kontsentratsiyalari yig’indisining nisbati turli manbalardagi nuklein kislotalarda turlicha bo’ladi. Bu spetsifiklik koeffitsienti deb ataladi va
shaklida ifodalanadi.
Agar, ning qiymati birdan kam bo’lsa, bunday DNK AT tipga, agar uning qiymati birdan katta bo’lsa, GTS tipga kiritiladi.
Yuksak o’simliklar va hayvonlar DNKsi AT tipga mansub, zamburug’lar, suvo’tlar va bakteriyalarning DNKsi ko’pincha GTS tipga mansub. Bu ko’rsatkichlarni o’simlik, hayvon va mikroorganizmlarni taksonomik qatorini aniqlashda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |