1-ma’ruza antennalar va fiderlarning ishlatilish maqsadlari va parametrlari. Reja


Download 32.65 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi32.65 Kb.
#1380478
  1   2
Bog'liq
1-Mavzu (1)


1-MA’RUZA
ANTENNALAR VA FIDERLARNING ISHLATILISH MAQSADLARI VA PARAMETRLARI.
REJA
1.1. Radioaloqa liniyasining umumiy sxemasi.
1.2. Antennalar va fiderlarga bo‘lgan umumiy talablar.
1.3. Antennalarning ishlatilish maqsadi va tasnifi.


Tayanch so‘z va iboralar
Radioaloqa liniyasining umumiy sxemasi. Antennalar va fiderlarga bo‘lgan umumiy talablar.
1.1. Radioaloqa liniyasining umumiy sxemasi.
Aloqa, ovozli va televizion eshittirishlarni tashkil qilish jarayonida radio to‘lqinlarining tarqalishini va qabul qilinishini ta'minlaydigan radio vositalar keng qo‘llaniladi. Radioaloqa liniyasining eng oddiy tuzilish sxemasi 1.1 – rasmda keltirilgan. Sxemaning elementlari: radiouzatgich, uzatuvchi antennaning fider qurilmasi, uzatuvchi antenna, qabul qiluvchi antennaning fider qurilmasi va radio qabul qilgichdan iborat.



1.1 – rasm. Radioaloqa liniyasining tuzilish sxemasi.


Radioaloqa liniyasining ishlashini umumiy ma’noda ko‘rib chiqamiz. Dastlabki (birlamchi), uzatilayotgan xabarni aks ettiruvchi telekommunikatsiya signali radio uzatgichning kirishiga kelib tushadi. Radio uzatgichda u radiochastota signaliga S(t) aylanadi.Ushbu signal fider deb nomlanuvchi maxsus elektr zanjiri orqali uzatuvchi antennaga — radio to‘lqin tarqatish uchun mo'ljallangan qurilmaga uzatiladi.


Uzatuvchi antenna orqali tarqatilgan radio to‘lqin energiyasining juda oz qismi qabul qiluvchi antennaga etib boradi va undagi zaif radiochastota signalini qo‘zg‘atadi.
Ushbu signal qabul qiluvchi antennaning fider qurilmasi orqali radio qabul qilgichning kirishiga uzatiladi, u erda dastlabki elektraloqa signali C(t) ning asl nusxasi hosil bo‘lguncha qayta ishlanadi.
Radio qabul qilishning haqiqiy jarayoni ancha murakkab – bu radio qabul qilish qurilmasining tabiatdagi turli xil shovqin sharoitida foydali radio signalni ajratish muammosini hal qilishi bilan bog‘liq.
Radio to‘lqinlarisiz radioaloqani amalga oshirishning imkoni yo‘q va shuning uchun ularning tarqalishi va qabul qilinishini ta'minlaydigan bunday qurilmalardan foydalanmasdan radioaloqani amalga oshirish umuman mumkin emas.
Ushbu funktsiyalar antennalar tomonidan amalga oshiriladi. [1] ga ko‘ra uzatuvchi antenna — bu elektromagnit to‘lqinlarni tarqatish uchun, qabul qiluvchi antenna esa, elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilishga mo‘ljallangan qurilma hisoblanadi.
Fider elektr zanjiri va yordamchi qurilmalar sifatida qo‘llaniladi (ular 1.1 – rasmda keltirilmagan), uning yordamida radiochastota signalining energiyasi radio uzatgichdan antennaga yoki antennadan radio qabul qilgichga uzatiladi.
Shu bilan birga, [1] ga ko‘ra sertifikatlangan “Fider” atamasi o‘rniga “Fider liniyasi”, “uzatish liniyasi”, “to‘lqin o‘tkazish trakti” kabi sinonim atamalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi talab etiladi.
Fiderlarda radiochastotali signallar zaryadlar va tok bilan bog’liq bo‘lgan elektomagnit to‘lqin ko‘rinishida tarqaladi. Ochiq maydonda tarqatilgan elektromagnit to‘lqinlar erkin-radio to‘lqinlarga aylanadi. Shunday qilib, radio liniyasining uzatuvchi tomonidagi uzatuvchi antenna elektromagnit to‘lqinlarni erkin elektromagnit to‘lqinlarga — radio to‘lqinlarga aylantiradi. Radioaloqa liniyasining qabul qiluvchi tomonida teskari jarayon sodir bo‘ladi. Qabul qiluvchi antenna radio to‘lqinlarini elektromagnit to‘lqinlarga aylantiradi va fider orqali radio qabul qilgich kirishiga uzatadi.
Uzatuvchi antenna tarqatgan radio to‘lqin energiyasining deyarli barchasi u tarqaladigan muhit va turli xil to‘siqlar ta’sirida so‘nadi. Qabul qiluvchi antenna uzatuvchi antenna tarqatgan bu energiyaning ahamiyatsiz qismini atrof-muhitdan olishga muvaffaq bo‘ladi. Shunga qaramay, to‘g‘ri ishlab chiqilgan radioaloqa liniyasida antenna tomonidan qabul qilingan energiya radio qabul qilgichning sifatli ishlashi uchun etarli bo‘ladi.



Download 32.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling