1-ma’ruza. Apk-dk mikroprotsesorli dispetcherlik nazorat tizimi reja


Download 162.08 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi162.08 Kb.
#1130490
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-MA’RUZA. APK-DK MIKROPROTSESORLI DISPETCHERLIK NAZORAT TIZIMI


Reja:
1.1. Umumiy ma’lumotlar;
1.2. APK-DK kompleksining uch darajali tuzilmasi.


1.1. UMUMIY MA’LUMOTLAR

Temir yo‘l stansiyalarda poezd joylashuvi holati to‘g‘risidagi tezkor axborotni uzatish zaruriyati bo‘yicha hamma manfaatdor foydalanuvchilarning joylashuv joyi holati bo‘lishidan qat’iy nazar dispetcher nazoratini avtomatlashtirilgan tizimi APK-DK mikroprotsessor texnikasi asosida ishlab chiqilib tatbiq etib kelinmoqda. APK-DK tizimi temir yo‘l transportining stansiyalari, region (signallashtirish, temir yo‘llar, elektr ta’minot distansiyasi) va Markaziy direksiya bo‘yicha zarur axborotni ta’minlaydi. APK-DK tizimning afzalliklariga SMB qurilmalari texnik holatini diagnostika qilish, ushbular bo‘yicha real vaqtda olingan axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va akslantirish (masalan monitorda ko‘rsatilishi) tegishlidir. Diagnostika vositalari temir yo‘l stansiyalari va peregonlaridagi SMB qurilmalarini texnik holatini nazoratlaydi va diagnostikalaydi, shuningdek ularning ishdan chiqishni avvalgi holatini aniqlaydi, sifatsiz ish sabablari tahlil etadi hamda ular bo‘yicha statistika ma’lumotlarini to‘playdi.


APK-DK kompleksini yo‘l darajasida ikki turdagi axborot uzatiladi: SMB qurilmalari ish faoliyati va ularda rad etish holati hamda poezdlar to‘g‘risidagi axborotlar. Ulardan birinchi axborot Markaziy direksiya infratuzilmaning dispetcher va administrator apparati uchun mo‘ljallangan axborot turlari, ikkinchisi poezdlar to‘g‘risidagi, harakat grafigini ijrosi to‘g‘risidagi axborot turlarini ta’minlaydi axborotlar bo‘lib, ular harakatni boshqarish Markaziy direksiya dispetcherlari va apparati uchun zarur hisoblanadi.
Shunday qilib APK-DK quyidagilarni ta’minlaydi:
- rels zanjirlarini blok-uchastkasi, svetofor va boshqa texnik vositalar holati bo‘yicha peregon signal jihozlaridan axborotni tezkor yechib oladi va ushbu axborotlarni poezd holati va peregon qurilmalarni texnik diagnostikalab nazoratlash uchun kelgusida qo‘llanilishi bo‘yicha axborotni uzatadi;
- stansiyadagi yo‘l ob’ektlari va texnik vositalari holati to‘g‘risidagi axborotlani tezkor yechib olish va ularni poezd dispetcheri va signallashtirish distansiyasi dispetcheri uzatish imkonini yaratadi;
- poezdlar harakatini ijro etuvchi grafigi bo‘yicha foydalanuvchilar axborotini qayta ishlash va akslantirish; odatdagi poezd holati bo‘yicha prognozlanuvchi grafikni hisoblash; uchastka ishlari ko‘rsatkichlarini hisoblash va ma’lumotnoma berish; uchastkani yolg‘on bo‘shligi va poezdlarni xavfli yaqinlashishini mantiqiy aniqlash; SMB qurilmalari ishini tahlil qilish; qurilmalarni rad etishdan avvalgi holatida aniqlash; rad etishlarni aniqlash; buzilishlarni izlash va bartaraf etishni optimallash; hodisa holatlarini arxivlash va uni tiklash; asbob resurslarini statistikasi va ularni hisobga olish.
1.2. APK-DK KOMPLEKSINING
UCh DARAJALI TUZILMASI

APK-DK komspleksi uch darajali tuzilmadan tashkil topgan (1.1-rasm). Quyi (pastki) darajada SMB qurilmalari holati va xizmat ko‘rsatish zonasida poezd holati bo‘yicha axborotni olish va kodlash uchun mo‘ljallangan. Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimining peregondagi qurilmalari holatini signal nuqtalari avtomatlari (AKST) yoki sinal nuqtalarini diagnostikalovchi zamonaviy avtomatlar (ADST) nazoratlaydi.





1.1-rasm. APK-DK tizimning struktura sxemasi


Stansiya qurilmalaridan axborotni olish uchun dasturlanadigan sanoat kontrollerlari maxsus PIK-10 va PIK-120 asboblari qo‘llaniladi. ADAM moduli yordamida strelka o‘tishidagi toklarni kuzatiladi.
Temir yo‘l stansiyalarida peregon va stansiya qurilmalari to‘g‘risidagi axborotni to‘plash, aylantirish, konsentratsiyalash bajariladi. Keyin ushbu axborot o‘rta darajadagi avtomatik ish joylari AIJda (AIJ-DSP va AIJ-ShN) akslanadi va keyin esa boshqarishda yuqori darajaga (AIJ-ShChD va ARM-DNS) uzatiladi.
O‘rta daraja liniya punktlari (LP) va yuqori daraja qurilmalari hamda LPlar o‘rtasida axborotni qayta ishlash kanallarini shakllantirish uchun kanal tashkil etuvchi apparaturadagi birlamchi axborotni qayta ishlash konsentratorlariga ega.
Yuqori daraja markaziy punkt (MP) konsentratori, distansiya dispetcheri ARM-ShChDni, poezd dispetcheri ARM-DNS avtomatlashtirilgan ish joylari va Markaziy direksiyaning infratuzilma dispetcher tarmog‘ilarni o‘z ichiga oladi.

NAZORAT SAVOLLARI
Download 162.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling