1. ma’ruza arab ommaviy axborot vositalari tili faniga kirish. Arab ommaviy axborot vositalarinin(oav) shakillanishi tarixi. (oav)ning xususiyatlari va uslublari


Download 35.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi35.07 Kb.
#1790411
  1   2
Bog'liq
1 МАВЗУ



1. MA’RUZA 
Arab ommaviy axborot vositalari tili faniga kirish.
Arab ommaviy axborot vositalarinin(OAV) shakillanishi 
tarixi. (OAV)ning xususiyatlari va uslublari. 
Adabiy faoliyatning alohida turlaridan biri bo’lgan matbuot hayotimizning 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa jabhalarini aks ettiradi. Tarixiy,ijtimoiy va 
madaniy o’zgarishlar natijasida arab adabiyoti ham rivojlandi. U hayotning nafaqat 
ijtimoiy, balki siyosiy tomonlarini ham aks ettira boshladi. Adabiyot bilan 
bog’langan va uning uzviy qismi bo’lgan arab matbuoti o’rta asr 
adabiyoti(she’riyati) va olimlar qarashlaridan tortib, zamonaviy matbuotda bo’lishi 
mumkin bo’lgan yangi narsalarni ham o’ziga singdirdi. 
Arab ommaviy axborot 
vositalari o'z rivojlanishida uzoq va samarali yo'lni bosib o'tdi. Oddiy gazeta 
ma’lumotlaridan yuqori texnologiyali sun'iy yo'ldosh kanallarigacha, kichik 
shaharcha 
nashrlaridan 
millionlab 
auditoriyaga 
ega 
ommaviy 
axborot 
vositalarigacha, davlat tadbirlarini namoyish qilishdan voqealarni mustaqil 
yoritishgacha rivojlandi. 
Arab ommaviy axborot vositalari Yaqin Sharqda, nafaqat texnologiya 
sohasida, balki mafkura sohasida ham yutuqqa erishib, jahon siyosiy jarayonlariga 
qo‘shildi va mintaqani demokratlashtirish omiliga aylandi.Shu sababli ommaviy 
axborot vositalarining o'zgarishi bilan birga ularning auditoriyasida ham 
o'zgarishlar yuz berdi. 
Mazkur omillar tufayli arab ommaviy axborot vositalari, ularning 
rivojlanish tarixi va bugungi holatini izchil va chuqur o‘rganish zarurati paydo 
bo‘ldi
1

“Courier de l'Egypte, Hawadith al-Yaumiya, Al-Zaoura” kabi birinchi 
gazetelar 18-asr oxirida Usmonlilar imperiyasi hukmronligi ostidagi arab 
mamlakatlarida paydo bo'lib, darhol "turk hukumati yoki xorijiy davlat 
elchixonalari”ning quroliga aylandi.
2
Mustaqil jurnalistika 19-asrning 60-70-
1
http://www.idmedina.ru/books/materials/turkology/1/vostok-anderson.htm 
2
http://www.idmedina.ru/books/materials/turkology/1/vostok-anderson.htm 


yillarida Misrda vujudga kelgan. Xususan, hozirgi kungacha mashhur bo’lgan “Al-
Ahram” gazetasi 1867- yilda chiqa boshladi. Misr boshqa arab mamlakatlari
avvalambor, Suriya va Livandan kelgan senzura(ta’qiq)dan norozi jurnalistlar 
uchun boshpanaga aylandi. Bu davrda matbuot voqea-hodisalarni an’anaviy nuqtai 
nazardan, ya’ni oddiy yoritishdan jiddiy ijtimoiy muammolarni chuqurroq tahlil 
qilish va aniqlash darajasiga ko‘tarildi. 
1908-yilgacha yosh turklar bosimi ostida huquqiy cheklovlar bekor 
qilinishi natijasida, mustaqil jurnalistika noqonuniy ravishda rivojlanib, Usmonli 
imperiyasi hukumati tomonidan qatag’onga uchragan. Arab mamlakatlarida 
(ayniqsa, Suriya, Misr va Iroqda) bu cheklovlarning olib tashlanishi bilan “turk 
hukmronligi ostida milliy arab oʻzligiga daʼvat qiluvchi” millatchi matbuotning 
tezlik bilan oʻsishi boshlandi.
3
Usmonli imperiyasining qulashi va arab davlatlarining mandat tizimiga 
qo'shilishi, arab matbuotiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Buning natijasida siyosiy 

Download 35.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling