1-Maruza. Avtomobil yo‘llari arxitekturasi Reja


Download 1.76 Mb.
bet5/6
Sana06.10.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1693586
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Maruza1

Yo‘l toifasi

I

II va III

IV va V

Me’moriy havzaning uzunligi, km

10 – 16

8 – 10

6 – 8

4. Avtomobil yo‘llarining me’moriy kompozitsiyasini loyihalash
Yo‘l poyi bilan yo‘l qatnov qismidan tashqari uning atrofidagi manzara, yo‘l belgilari, ko‘kalamzorlar ham avtomobil yo‘li ko‘rinishining me’moriy qismlarini tashkil etadi. Biroq haydovchilarning ruhiy va jismoniy xususiyatlariga qarab har bitta element ma’lum vazifani bajaradi, harakatga xizmat qiladigan, harakat bilan bog‘liq har bitta inshoot esa mo‘ljallangan maqsadidagi vazifadan tashqari yo‘ldagi umumiy me’moriy ansambldagi aksent vazifasini ham bajaradi.
Haydovchi nazariga ko‘proq tushadigan yo‘l bilan manzaradagi hamma asosiy elementlarni aniq tasavvur qilish uchun loyihasi tuzilayotgan yoki qayta qurilayotgan yo‘lning chiziqli me’moriy chizmasi tuziladi. Uning ko‘rinishi har xil bo‘lishi mumkin. Ahamiyatli tomoni, yo‘l bilan manzaradagi asosiy elementlarni ko‘rsatish, ahamiyatsiz tafsilotlarni tushirib qoldirish uchun chizmaning miqyosi kichik bo‘lishi kerak. Miqyos 1:100000 nisbatda olinsa qulayroq bo‘ladi (1.1-rasm); murakkabroq holatlarda, misol uchun, tog‘li joylarda 1:50000 miqyosni ishlatish mumkin.
1.1-rasm. Yo‘lning chiziqli me’moriy chizmasiga misol
1.2-rasm. Yo‘lni me’moriy manzaraviy obodonlashtirish chiziqli chizmasiga misol. Rim raqamlari – andoza chizmaning raqami
Avtomobil yo‘llari me’moriy kompozitsiyasi loyihasini tuzish quyidagi ketma-ketlik bilan bajariladi:
- rayonning ahamiyati va ko‘rinishiga qarab, manzara tasnifi ishlatilib texnik o‘rganish bosqichida yo‘lning asosiy ko‘rinishi ishlab chiqiladi;
- yo‘lning oxirigacha bo‘ladigan me’moriy havzalar va ular har biri kompozitsiya yechimi ko‘rsatiladi;
- yo‘l chizmasi chizilganda havzalarni chegaralaydigan dominantlar belgilanadi, ular trassa elementlari bilan bog‘lanadi, yetishmayotan dominantlar va chegaralashlar aniqlanadi;
- makondagi elementlarini bir-biri bilan uyg‘un qilish uchun yo‘l trassasi bo‘ylama profilda tahlil qilinadi, yo‘lning chiziqli me’morchilik tuzilishi ishlab chiqiladi;
- dominant, manzara tomosha qilinadigan maydonchalar, dam olish maydonchalari, ko‘kalamlashtirish, harakatga xizmat qiluvchi inshootlarini joylashtirish mumkin bo‘lgan joylar aniqlanadi;
- yo‘lni obodonlashtirish tadbirlari chiziqli jadvali tuziladi;
- trassa elementlari loyiha yechimi, obodonlashtirish tizimi to‘g‘riligi tekshiriladi va ularning variantlari solishtiriladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling