1-Maruza. Avtomobil yo‘llari arxitekturasi Reja


Download 1.76 Mb.
bet1/6
Sana06.10.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1693586
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Maruza1

1-Maruza. Avtomobil yo‘llari arxitekturasi

1-Maruza. Avtomobil yo‘llari arxitekturasi

Reja:

1.Avtomobil yo‘llarini arxitektura manzarali obodonlashtirish haqidagi tushuncha

2.Avtomobil yo‘llarining arxitektura kompozitsiyasi

3.Mavjud avtomobil yo‘llarining arxitektura kompozitsiyasi

4.Avtomobil yo‘llarining me’moriy kompozitsiyasini loyihalash

5.Shovqindan himoyalovchi inshootlarning me’moriy-landshaft va estetik xususiyatlari.

Tayanch soz va iboralar: Manzaraviy loyiha, kompozitsiya, yo’l havzalari, ko’rish muhiti, yo’l ansambli, me’moriy havzalar, himoya ekranlari.

1.Avtomobil yo‘llarini arxitektura manzarali obodonlashtirish haqidagi tushuncha

1.Avtomobil yo‘llarini arxitektura manzarali obodonlashtirish haqidagi tushuncha

Avtomobil yo‘li avtomobillarning dinamik xususiyatlarini ishlatishga imkon berish, tejamli yuk tashish sharotini yaratishdan tashqari haydovchilar bilan yo‘lovchilarning ruhiy, jismoniy hamda estetik talablarini ham qondirishi kerak.

Ma’lumki, avtomobil yo‘li quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: yo‘lning asosiy inshootlari, shu jumladan, yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasi bilan qatnov qismi, sun’iy inshootlar, bevosita yo‘l xizmati binolari va qurilmalari; yo‘ldagi sharoit, shu jumladan, harakatni tashkil qilish vositalari, harakat xizmati tizimi va yo‘lni bezash vositalari.

Harakat xizmati tizimi bezash vositalari bilan birga yo‘lning obodonligini tashkil etadi, ya’ni yo‘ldan foydalanadigan insonlarning me’yordagi hayot faoliyatini, transport vositalari maromida ishlashini ta’minlash imkonini beradigan inshoot va qurilmalardan iborat bo‘ladi.

XX asrning birinchi yarmida avtomobil yo‘llari landshafti loyihasini tuzish fikri paydo bo‘lib muvaffaqiyat bilan rivojlandi va yo‘l loyihasini tuzish dunyo amaliyotida yetakchi o‘ringa chiqdi. O‘tgan asrning 70-yillarida esa yo‘lning landshaft bilan uyg‘unligi, yo‘l chetining manzarali bo‘lishi haydovchilar charchashini kamaytirishi, harakatning qulay va xavfsiz bo‘lishiga imkon berishi aniqlandi. Landshaft loyihasini tuzish qoidalari va usullari rivojlantirilib asosan yo‘lning ko‘rinishiga e’tibor qaratish an’anaga kirdi.


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling