1-Maruza. Avtomobil yo‘llari arxitekturasi Reja


Avtomobil yo‘llarining arxitektura kompozitsiyasi


Download 1.76 Mb.
bet3/6
Sana06.10.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1693586
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Maruza1

2. Avtomobil yo‘llarining arxitektura kompozitsiyasi
Avtomobilning harakat qilish tartibi va xavfsizligi ko‘p jihatdan haydovchi yo‘lni qanday qabul qilishiga, ya’ni «ko‘rish muhiti» qandayligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shahar tashqarisidagi umumiy foydalanadigan yo‘l uzunligini eniga qaraganda cheksiz uzun desak bo‘ladi. Lekin yo‘lning hammasini bir vaqtning o‘zida ko‘z bilan to‘liq idrok qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun yo‘l haqidagi yaxlit tasavvur harakat vaqtidagi ta’surotlarning ketma-ketligidan hosil bo‘ladi. Shunday bo‘lgani uchun (avtomobil harakat qilgandagi) qarash nuqtasi o‘tishi omillari bilan uning harakat tezligini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Sababi aynan shu xususiyat yo‘lning me’morchilik loyiha ob’ekti sifatida yuqori malaka bilan qaralishini qiyinlashtirgan bo‘lishi mumkin.
Idrok qanday bo‘lishiga ko‘p jihatdan harakat tezligi ta’sir qiladi, sababi makondagi bo‘lingan manzara qismlari ular o‘rtasidagi yo‘lni bosib o‘tish uchun zarur bo‘ladigan vaqt bilan bo‘lingan deb qabul qilinadi. Ya’ni, idrok bir tomondan avtomobil harakati tezligiga, boshqa tomondan esa manzara elementlari kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Avtomobil yo‘llari arxitekturasi ikkita maqsadga xizmat qilishi kerak: butun yo‘l bo‘ylab yo‘l yoqasidagi manzara bilan uyg‘un bo‘ladigan yaxlit me’morchilik ansamblini yaratish; harakat xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash.
Yo‘l me’morlik loyihasini tuzish ikkita miqyosda boradi: birinchidan trassa belgilanganda uning atrof manzaradagi asosiy, yirik elementlar bilan uyg‘un bo‘lishi hisobga olinadi, ikkinchidan esa alohida yo‘l uchastkalarining batafsil loyihasi yo‘l o‘sha qismidagi muhit bilan bog‘lanib tuziladi. Ikkinchi vazifa birinchisidan oson emas, sababi uni hal qilish uchun bir-birini istisno qiladigan ikkita usul ishlatiladi – ya’ni yo‘l atrofdagi binolar, yashil muhitga mos qilinadi yoki mavjud yoki loyihasi tuzilayotgan avtomobil yo‘li qanday bo‘lishiga qarab binolar quriladi, yo‘l ko‘kalamzorlashtiriladi va bezatiladi.
Yo‘l arxitekturasidagi maqsad uning quyidagi asosiy qismlarini hosil qildi:
yo‘lning arxitektura kompozitsiyasini tuzish;
makonda yo‘l o‘tkazish;
yo‘lni manzaraga uyg‘un qilish qoida va usullarining bir qismi sifatida manzara loyihasini tuzish;
avtomobilni haydash xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun arxitektura ob’ekti kompleksining bir qismi sifatida nigoh qaratiladigan (ba’zan «optik trassalash» ham deyiladi) ob’ektlarni barpo qilish;
insonlar va avtomobillarga xizmat qilish tadbirlarining bir qismi sifatida yo‘lni obodonlashtirish va bezash.
Har qanday yo‘lning mohiyati – harakat hisoblanadi, lekin yo‘ldagi harakat (vaqt va makondagi) aniq mo‘ljal tomonga bo‘ladi
Vaqtda alohida bo‘ladigan yo‘l qismlari makonda bir butun idrok qilinishi uchun yo‘ldagi alohida shakllar, ularning yo‘l shu qismi (me’moriy havza) ansamblidagi o‘rni, makondagi birlik sifatida yo‘l shu qismi yo‘l yuradiganlarga uyg‘un, bir o‘lchamli, bir-biriga bog‘liq bo‘lib ko‘rinishi kerak.
Statiklik (harakatsizlik) fikri harakat, yo‘lning makon va vaqtda rivojlanishiga zid. Yo‘l insonni albatta qandaydir maqsadga «olib boradi», shuning uchun makondagi yo‘l inshootlarining dinamik ko‘rinishi yo‘ldagilar uchun tushunarli, shakllardagi marom dinamikasi esa yo‘lning asosiy nuqtalariga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Odatda harakat yo‘nalgan maqsad shaharlar, katta ko‘priklar bo‘ladi va yo‘ldagi insonlar ularga yaqinlashib qolishganini uzoqdan his qilishlari kerak. Bunga erishish uchun yo‘lda ko‘rinadigan shakllarning maromi aniq bo‘lishi, shahar oldidagi ikki-uch me’moriy havzalar dinamikasida bog‘liqlik bo‘lishi, har bittasining ichida, ayniqsa, shahar oldidagi oxirgi havzada dinamika bo‘lishi kerak. Shunga o‘xshab, katta ko‘priklar, tog‘ dovonlari, tabiiy to‘siqlar tomonga yo‘nalgan dinamika ham aniq bo‘lishi lozim.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling