7-ma’ruza trassalash. Erkin va jiddiy yurishdagi trassalashning asosiy qonun-qoidalar. Reja


Download 189.02 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi189.02 Kb.
#242634
  1   2   3
Bog'liq
7 MA’RUZA Trassalash Erkin va jiddiy yurishdagi trassalashning asosiy


7-MA’RUZA Trassalash. Erkin va jiddiy yurishdagi trassalashning asosiy qonun-qoidalar.

Reja:

  1. Erkin yurishni trassalashning asosiy tamoyillari.

  2. Zo`riqib yurishni trassalash tamoyillari

  3. Trassani rivojlantirish usullari


Erkin va zo`riqib yurishlarni trassalash
Erkin yurishni trassalashning asosiy tamoyillari. Erkin yurishda baland to`siqlar bo`lmaydi, shuning uchun trassalashning asosiy tamoyili – trassani belgilangan va tayanch nuqtalar orasida eng qisqa yo`nalishdan o`tkazishdan iborat. Temir yo`lni erkin yurish bo`yicha trassalash amaliyotida trassa to`ppa-to`g`ri chiziq bo`ylab yotqizilgan hollari ma`lum: Omsk-Irtish yo`li, taxminan 100 km, Argentina temir yo`llaridan birida - 300 km dan uzun, Avstraliya temir yo`llarida – taxminan 530 km va sh. k. 1.2.

Erkin yurishda burilishning har bir burchagi asoslanishi kerak. Odatda bu ularni aylanib o`tish tuproq ishlari hajmini kamaytiradigan turli konturli to`siqlar (daryoning burilgan joyi, botqoqlangan uchastkalar va sh. k.) yoki u qadar baland bo`lmagan to`siqlarni aylanib o`tish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shunday qilib, duch keladigan to`siqlarni aylanib o`tish yo`lni uzaytirib yubormasligi uchun, erkin yurishda burilish burchaklari, qoida bo`yicha 15-20° dan katta bo`lmasligi shart. Aylanib o`tishni iloji boricha to`siqdan uzoqroqda boshlab, bunga erishish mumkin.


4.2-rasm. Erkin yurish uchastkasida to`siqni aylanib o`tish:



1 - geodeziya chizig`i; 2,3 – trassa variantlari
4.2-rasmda trassaning botqoqni aylanib o`tish uchun 1-geodeziya chizig`idan chetlashishining ehtimoliy variantlari ko`rsatilgan. Bu holda 2 - variant to`g`ri, ya`ni u to`siqni kichikroq burilish burchagi ostida aylanib o`tishni ta`minlaydi va trassaning 3 variantga nisbatan kamroq uzayishiga olib keladi. 3-variant geodeziya chizig`i bo`yicha, uzunroq masofa davomida to`g`ri yo`nalishdan boradi, biroq kattaroq burilish burchaklarini talab qiladi va nisbatan uzunroq bo`lib chiqadi.


Download 189.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling