4-ma’vzu. Trass va trassalash haqida umumiy tushunchalar Reja


Download 18.77 Kb.
Sana15.08.2023
Hajmi18.77 Kb.
#1667394
Bog'liq
4-mavzu


4-ma’vzu. Trass va trassalash haqida umumiy tushunchalar
Reja:
1. Trassalashda dala topografik-geodezik ishlar.
2. Trassa va trassalash.
3.Trassa elementlari. Trassa plani.
4.Trassaning bo‘ylama va ko‘ndalang kesimi.

Bugungi kunda avtomobil yo’llarini qidiruv-loyihalashda geodezik ishlarining bajarilishi an’anaviy va tizimli avtomatlashtirilgan usillarda olib boriladi.


An’anaviy texnologik loyihalash-qidiruv ishlariga mos ravishda avtomobil yo’llarini loyihalashda dastlabki loyiha ma’lumotlarini to’plash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • dala ishlariga tayyorgarlik avval 1:25000-1:10000 masshtabli topografik

xaritada avtomobil yo’lining trassa variantlari o’tkaziladi.Ayrim hollarda aero-tasvirlov materiallaridan ham foydalaniladi;

ko’rsatkichlari( trassaning uzunligi, tuproq ishlari hajmi, gorizantal va vertical egrilarning minimal radiuslari va h.k.) bo’yicha solishtiriladi;

  • yer usti dala geodezik qidiruv ishlarida tanlangantrassa variant bo’yicha

geodezik uskunalar yordamida materiallar to’planadi. Bunda piketlar rejalanib, trassa joyida belgilanadi va mustahkamlanadi, ya’ni trassalash ishlari bajariladi;

  • nivelirlash ishlari amalga oshiriladi;

  • trassaning ko’ndalang kesimi tasvirlanadi;

  • murakkab (ko’prik o’tish, transport tugunlari, murakkab suv chetlatish

hududlari) joylarning topografik tasviri tushiriladi;

  • gidrometeorologik ishlar bajariladi;

  • trassa o’qi bo’yicha muhandislik-geologik tekshiruvlar;

  • mahallliy yo’l qurilish materiallarining joylari o’rganiladi;

  • yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuvlar olib boriladi;

  • tanlangan trassaning polosasi (50-200m) bo’yicha ma’lumotlar to’planadi;

  • dalada to’plangan materiallar asosida an’anaviy texnologik jarayonidagi

loyihalash usullari bo’yicha va avtomatlashtirilgan usullardan ta’minotli dasturlardan faqat ayrim loyiha masalalarni yechishda foydalaniladi.
Trassa (yunoncha trasse — liniya, yoʻl yoʻnalishi) — uzok, masofaga choʻzilgan qatnov yoʻli yoki yoʻl, kanal, elektr uzatish yoki aloka liniyasi, quvur va boshqa juda uzun inshootning boʻylama oʻqini bildiruvchi chiziq. Trassani loyihalash — trassalash deb ataladi. Trassalashda yoʻldagi toʻsiqlar, joyning oʻziga xos geologik va gidrologik xususiyatlari va boshqa omillar hisobga olinadi. Trassani iloji boricha toʻgʻri oʻtkazishga harakat qilinadi. Avtotransport vositalarining muayyan punktlar orasida muntazam harakatlanishi uchun moʻljallab tasdiqlangan marshrut.
Trassalash deb, chiziqli inshootlarning o’q chizig’ini joyda belgilash va uni nivelirlashga aytiladi.
Trassalashda qidiruv-geodezik ishlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. o’q chiziq yo’nalishini va burilishdagi burchak uchlari o’rni aniqlanib

mahkamlanadi:

  1. trassa ichki burchaklari o’lchanadi va burilish burchaklari aniqlanadi;

  2. o’q chiziq piketlanadi;

  3. o’q chiziq nuqtalardagi piketlar ikki marta, plyusovkalar esa bir marta

nivelirlanadi;

  1. ko’ndalang kesim nivelirlanadi;

  2. trassa atirofidagi joylar tasvirlov (syomka) qilinadi;

  3. muhandislik-gidrometrik va muhandislik-geologik qidiruv materiallari

yig’iladi;

  1. trassa tarhi, bo’ylama va ko’ndalang kesimlar tuziladi.

Download 18.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling