Toshkent davlat transport universiteti “avtomobil yo’llari muhandisligi” FAKULTETI avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash


Download 0.81 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1315486
Bog'liq
1 yo‘llarini loyiha-qurilish ishlarini geodezik ta’minlash


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“AVTOMOBIL YO’LLARI MUHANDISLIGI”
FAKULTETI
AVTOMOBIL YO’LLARINI QIDIRUV VA LOYIHALASH
KAFEDRASI
TOSHKENT 2022
Katta o’qituvchi: Qarshiboyev A.I.

Ma’ruza mavzusi: Avtomobil yo‘llarini loyiha-qurilish ishlarini geodezik ta’minlash

Ma’ruza mavzusi: Avtomobil yo‘llarini loyiha-qurilish ishlarini geodezik ta’minlash


REJA:
1. Qurilish uchun muxandislik qidiruv, muxandis-geoodezik qidiruv, muxandis-geologik qidiruv, muxandis-geodrometrologik qidiruv, muhandis qidiruv bo‘yicha normativ hujjatlar.
2. Geodezik rejalash ishlari.
3. Tashqi va ichki geodezik asos. Planli va balandlik geodezik asos.
4. Qurilish me’yorlari.
5. Geodezik rejalash ishlari aniqligi.
ShNQ 1.03.01-03 Korxona, bino va inshootlarni kapital qurilishi loyiha xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish tartibi, kelishilishi va tasiqlanishi
ShNQ 3.01.04-04 Qurilishi tugallangan obektlarni foydalanishga qabul qilish
GOST 21778-81 Qurilishda geometrik parametrlar aniqligini ta’minlash sistemasi. Umumiy qoidalar.
GOST 23615-79 Qurilishda geometrik parametrlar aniqligini ta’minlash sistemasi. Aniqlikni sistematik taxlil qilish
Geodezik rejalash ishlari qurilish maydonining umumiy grafigi asosida bajariladi.
Geodezik rejalash ishlari bino va inshootlarni loyihada koʼrsatilgan shakl va oʼlchamlari asosida qurish,geometriyasini toʼliq taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Ular asosiy va mukammal rejalash ishlariga ajratiladi va planli hamda balandlik rejalash ishlariga boʼlinadi.
Аsosiy planli rejalash ishlarining mohiyati, injenerlik inshootlari bosh oʼqlarining joydagi holatini aniqlashdan iborat. Ular qurilish maydonida barpo etilgan planli geodezik asosning punktlaridan foydalanilgan holda bajariladi.
Mukammal planli geodezik rejalash ishlari, inshootlar konstruktsiyalari qismlari va elementlarining planli holatini aniqlashdan iborat.
Qurilish maydonidagi geodezik ishlar geodezik asos barpo etish, qurilish maydonida geodezik punktlar oʼrnatish, geodezik oʼlchash ishlarini bajarish va ularni matematik qayta ishlashdan iborat. Geodezik punktlar oʼrnini tanlashda, ularni qurilish jarayonida saqlanib qolinishi va mustahkamligiga hamda geodezik oʼlchash ishlarini bajarishda qulayligiga eʼtibor qaratiladi.
Tashqi va ichki geodezik asos turlari mavjud. Аvval tashqi, keyin esa ichki geodezik asos barpo etiladi.
Tashqi geodezik asos qurilish ishlarining noʼlinchi bosqichi, yaʼni kotlovanlar va poydevorlar qurishni bajarish uchun hizmat qiladi. Bu bosqich gorizontal yuzagacha koʼtariladi. Qurilish montaj ishlarining asosiy bosqichini bajarishdagi balandlik boʼyicha rejalash ishlari olib boriladi.
Ichki geodezik asos tashqi asosni zichlashtirish yoʼli bilan barpo etiladi. Ichki geodezik asoslar oʼzaro holatining aniqligi, tashqi asos punktlari aniqligidan yuqoriroq boʼlishi kerak. Shu asosdan foydalanib yuqori aniqlikdagi geodezik oʼlchashlar bajariladi.
Geodezik ishlarni yuritishdagi texnik xujjatlar. Qurilish maydonidagi geodezik rejalash ishlari geodezik hisoblar va qurilish chizmalari asosida bajariladi. Yer osti va yer ustki qismidagi bino va inshootlarning oʼzaro joylashish holatini koʼrsatadigan bosh plan, asosiy texnik hujjat hisoblanadi.
Qurilish – montaj ishlariga boʼlgan talabga bogʼliq ravishda doimiy bino va inshootlarning bosh planlari qurilish bosh planlari va ijroiy bosh planlarga boʼlinadi.
Doimiy bosh plani qurilish maydonidagi barcha majmuasini oʼz ichiga oladi. Bosh plan 1:500, 1:1000, 1:2000 masshtablarda tuziladi.
Qurilish bosh plani loyihalanadigan barcha asosiy va vaqtinchalik va yordamchi (beton, shlakoblok zavodlari, ustaxonalar), avtomobil va temir yoʼllar, vaqtinchalik injenerlik tarmoqlari (aloqa va elektr uzatish tarmoqlari, suv va issiqlik uzatish tarmoqlari va h.k.) hamda vaqtinchalik ombor va xizmatchi xonalarning joylashish loyihasi hisoblanadi.
Ijroiy bosh plan barpo etilgan bino va inshootlarning amaldagi holatini belgilaydi va u qurilish montaj ishlari tugagandan keyin tuziladi.
Geodezik ishlarda bosh plandan tashqari bino va inshootlarning ishchi chizmalari keng qoʼllaniladi. Ishchi chizmalar tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- yo’lning boʼylama va koʼndalang asosiy oʼqlarini belgilaydigan inshootlar asosiy oʼqlarini rejalash plani. (Bunday planlarda asosiy oʼqlarning kesishish joylari, binolar xarakterli qismlari koordinatalari, yoʼllar burilish burchaklari va yer osti injenerlik kommunikatsiyalar quduqlarining koordinatalari keltiriladi);
- barcha rejalash oʼqlari koʼrsatilgan poydevor plani;
- binoning arxitekturasini ifodalovchi vertikal (tik) qirqimlar;
- asosiy va yordamchi oʼqlarni hamda loyihaviy otmetkalarni aniq geodezik rejalashda foydalanadigan sanoat va texnologik qurilmalarning montaj chizmalari.
Qurilish chizmalari tarkibiga shuningdek tik tekislash (vertikal planirovka) loyihasini joyga koʼchirish chizmasi ham kiradi.
Sanoat va turar joy binolari oldindan ishlab chiqilgan loyiha asosida quriladi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling