Tushunchalar
Download 497,34 Kb.
|
Etalon
ETALONLAR. ETALONLAR TO‘G‘RISIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR REJA:
Davlat metrologiya xizmati. O‘lchashlar birliligi va aniqligini ta’minlash masalalari. O‘V tekshiruvlari. Etalonlarning klassifikatsiyasi. Foydalanilagan adabiyotlar Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi E.ga solishtiriladi. E. birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat E.lari, E. guvoh, solishtirma E., ishchi E., E.nusxalarga boʻlinadi. Birlamchi E. mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa E.ga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi E. qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus E. alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini oʻtaydi. Davlat E.lari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus E.dan iborat. E.guvoh davlat E.ining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E.dan iborat. Solishtirma E. biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan E.ni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E. Ishchi E. birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. E.nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi E.ga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiE.dan iborat. Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda E. larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi. Hozirgi davrda fan va texnika, xalq xo‘jaligining rivojlanishida aniq va ishonchli o‘lchash ma’lumotlari katta ahamiyat kasb etmoqda. Ishlab chiqarishda esa metrologik ta’minot muhim o‘rinni egallab turibdi. Ma’lumki, sifatni boshqarish tizimida o‘lchashlar hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. O‘lchashlar birligi esa Davlat metrologiya xizmati orqali amalga oshiriladi. Davlat metrologiya xizmati tarkibiga ilmiy tadqiqot institutlari, Davlat andozalarining respublika boshqarmasi, andozalash va o‘lchash texnikasining Davlat nazorati laboratoriyasi kiradi. Davlat standartining metrologiya sohasidagi asosiy vazifasi mamlakatda o‘lchashlar birligi va aniqlikni ta’minlashdan iboratdir. Bu umumiy masala o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni oladi:
Metrologiya xizmati Davlat standarti va texnik talablarga javob bermaydigan o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni taqiqlash huquqiga ega. Mamlakatda o‘lchashlar birligini ta’minlashda Davlat metrologiya nazoratining asosiy shakli o‘lchash vositalarini (UV) tekshirishdir. Ishlab chiqarilgan, ta’mirlangan, xorijdan keltirilgan, foydalanish va saqlashda bo‘lgan IV tekshiruvdan o‘tkaziladi. O‘V tekshirish bo‘yicha asosiy talab va o‘tkazish tartiblari DAVAN 8.513-84 GSI(DST) – “O‘lchash vositalarini tekshirish. Tashkilotcilik va o‘tkazish tartibi”da keltirilgan. Tekshiruv o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksiya va ekspert tekshiruvlariga tortiladi.
Tekshiruvlar Davlat metrologiya xizmati organi tomonidan Davlat tekshiruvini o‘tkazishga huquqi bor va shahodatlangan holatlarda o‘tkaziladi. O‘V tekshiruvi xo‘jalik hisobi asosida ham amalga oshiriladi. Davlat tekshiruvlarini chaqirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar standartlar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi belgilagan baholar va tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. “Indikator” tabaqasiga mansub qator O‘V tekshiruvdan o‘tkazilmaydi. Indikatorlar ham O‘V hisoblanadi, lekin kattaliklarning o‘zgarishi ularning qiymatini baholamasdan kuzatiladi. Aloqa korxonalarida indikatorlar tabaqasiga aloqa qurilmalariga qo‘shimcha o‘rnatilgan O‘V kiritiladi. Indikatorlar Metrologiya xizmati tomonidan uch yilda bir marta tekshiruvdan o‘tkaziladi. O‘quv maqsadlarida qo‘llaniladigan O‘V “O‘quv vositalari” deyiladi va ularning tekshiruvi belgilangan foydalanish talablari bo‘yicha ko‘rsatma asosida amalga oshiriladi. Indikator va o‘quv o‘lchash vositalari yordamida me’yorlangan birorta ham parametrni ham o‘lchash ta’qiqlanadi. Fuqarolarning shaxsiy mulki bo‘lgan O‘V tekshiruvi buyurtma bilan xo‘jalik shartnomasi asosida o‘tkaziladi. Tekshiruv o‘lchashlarning birligi va ishonchliligini ta’minlash mamlakatning barcha jabhalarida zaruriy shart bo‘lib hisoblanadi. O‘lchashlar birligiga fizikaviy kattaliklarning qabul qilingan birliklarining aniq qayta takrorlanishi, saqlanishi va ularning o‘lchamlarini ishchi o‘lchash vositalariga etalonlar va namuna o‘lchash vositalari yordamida uzatish orqali erishiladi. Etalon deb, qonunlashtirilgan fizikaviy kattalik birligini qayta takrorlash va saqlash uchun ishlatiladigan o‘lchash vositasi yoki o‘lchash vositalari majmuiga aytiladi (GOST 8.057–80; GOST 8.372-80). Etalonlar o‘lchov birliklari o‘lchamliligini uzatishda metrologiya zanjirining oliy bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. Fizikaviy kattaliklarning etalonlari - O‘V yoki O‘V majmui bo‘lib, birliklarni qayta takrorlash va saqlash, ya’ni tiklash ularning o‘lchamlarini ishchi UV uzatishni ta’minlaydi. Birliklarning o‘lchamlarini uzatish tekshiruv chizmalari orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda mamlakatda jami 150 dan ortiq, aloqa sohasida esa 50 dan ko‘p fizikaviy kattaliklarning etalonlari ishlatilmoqda. Birliklarning etalonlari qator belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Fizikaviy kattaliklarning bo‘linishiga ko‘ra, asosiy va hosilaviy kattaliklarning etalonlari, birliklarni qayta takrorlash aniqligiga va bo‘ysunishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi etalonlarga ajratiladi. Download 497,34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling