2-Ma’ruza Avtomobil yo’llarini topografik xaritada trassalash. Avtomobil trassasi bo’ylab teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar. Avtomobil trassasi bo’ylab geometric niverlirlash ishlari mohiyati


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1573029
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza




2-Ma’ruza 
Avtomobil yo’llarini topografik xaritada trassalash. Avtomobil trassasi bo’ylab 
teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar. Avtomobil trassasi bo’ylab geometric 
niverlirlash ishlari mohiyati. Avtomobil yo’llarini qurishda rejalash ishlari. 
Reja. 
1.Avtomobil yo‘llarini topografik xaritada trassalash. 
2.Trassalash ishlari.
3.Trassalashda dala topografo-geodezik ishlar. 
4. Dalada trassalash ishlarining bajarish ketma-ketligi. 
Avtomobil yoʻllarini topografik xaritada trassalash usullari 
Trassa elementlari. Loyihalanayotgan chiziqli inshootning topografik kartaga
tushirilgan yoki joyda belgilangan oʻqiga trassa deyiladi. 
Trassaninig asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: plan - uning gorizontal
tekislikka proeksiyasi; boʻylama profil- loyihalanayotgan chiziqning vertikal
qirqimi. Trassa planda turli xil yoʻnalishdagi chiziqlardan iborat boʻlib, bu
chiziqlar oʻzaro turli radiusdagi aylanmalar orqali tutashgan boʻladi. Boʻylama
profilda esa trassa turli nishablikdagi chiziqlardan tashkil topgan boʻlib, bu
chiziqlar vertikal qayrilmalar bilan tutashgan boʻladi. 
Odatda, trassa nishabligi katta boʻlmaganligi uchun uning tasvirini yaqqolroq 
koʻrsatish maqsadida boʻylama profil vertikal masshtabi gorizontal masshtabga nisbatan 
10 baravar yirik qilib olinadi (masalan, gorizontal masshtab 1:10000, vertikal
masshtab 1:1000 ). 
Joyni va loyihalanayotgan chiziqli inshootni aniqroq tasvirlash uchun trassa
yoʻnalishiga perpendikulyar holda vertikal va gorizontal masshtablari bir xil
boʻlgan koʻndalang profil tuziladi. 
Oʻtkazilayotgan joyning topografik sharoitiga qarab trassalar: vodiy, 
suvayirgʻich, togʻyonbagʻri va koʻndalang suv ayirgʻich trassalariga boʻlinadi. 
Vodiy trassasi - vodiy hududidan oʻtgan boʻlib, tekis plan va profilga ega
boʻladi. Lekin u katta sondagi suv havzalarini kesib oʻtadi, shuning uchun u
qimmatbaho oʻtish inshootlarini barpo etishni talab qiladi, bu esa trassa narxini



oshirib yuboradi. Ba’zi hollarda noqulay geologik sharoiti tufayli vodiy trassasini
rad qilishga ham toʻgʻri keladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling