4
bogʻlovchi nuqtalar 2-3 piket oraligʻida belgilanadi, qolgan nuqtalar oraliq sifatida
foydalaniladi.
Asosiy magistral boʻyicha nivelirlash aniqligi quyidagi
chekli xatolar bilan
xarakterlanadi:
1) Boshlangʻich punktlar orasidagi yoki yopiq poligondagi yoʻl bogʻlanmasligi
quyidagi kattalikdan oshmasligi kerak:
𝑓
ℎ
𝑐ℎ𝑒𝑘
= 50√𝐿 𝑚𝑚,
Bu yerda
L –yoʻl yoki poligon uzunligi, km birlikda;
1.
Birinchi va ikkinchi nivelirlashdan olingan nisbiy balandliklar yigʻindisi
farqi:
∆ℎ
𝑐ℎ𝑒𝑘
= 50√2√𝐿 = 70√𝐿 𝑚𝑚,
Planga olish ishlari. Dalada trassalash jarayonida alohida uchastkalar va
maydonlar yirik (1:500-1:2000) masshtabda topografik s’emka qilinadi.
Tekis joylarda
hamda oʻrmon hududlarida poperechniklar boʻylab s’emka qilinadi. Nisbatan ochiq
joylarda taxeometrik yoki menzulaviy plan olish usullari qoʻllaniladi.
Yirik koʻprikli oʻtish joylarida va togʻli hududlarda yerdan stereofotogrammetrik
s’emka qilish afzal hisoblanadi.
Trassa boʻylab s’emka qilishda (oʻq boʻyicha ikkala tomondan 150-200m) planli-
balandlik asos sifatida trassa nuqtalari xizmat qiladi.
Trassani geodezik asos punktlariga bogʻlash. Birlamchi burchaklari uchi
koordinatalari va absolyut otmetkalarini hisoblash uchun hamda ishni nazorat qilish va
aniqligini oshirish maqsadida trassa boshida, oxirida va ma’lum
oraliqlarda
triangulyatsiya yoki poligonometriya punktlariga va nivelir tarmogʻi reperlariga
bogʻlanadi. Bogʻlash boʻyicha geodezik ishlar aniqligi trassani oʻtkazishdagi geodezik
ishlar aniqligidan kam boʻlmasligi kerak. Geodezik punktlar trassadan 3
km gacha
uzoqlashgan holatlarda, har 25 km oralqda trassani bogʻlash talab etiladi, punktlar 3dan
10 km gacha uzoqlashganda har 50 km da bogʻlanadi. Ma’lumki,
plan olish asos
nuqtalarining geodezik asos punktlariga nisbatan holatining oʻrtacha kvadratik xatoligi
qurilgan hududlarda 0.2 mm dan plan masshtabida va yopiq va oʻrmonli joylarda 0.3
5
mm dan oshmasligi kerak. Trassa boʻylab yotqizilgan nivelir yoʻllari davlat nivelirlash
tarmoqlari reperlariga bogʻlanadi. Trassa boʻylab oʻtkazilgan nivelir yoʻllarining yoʻl
qoʻyarli bogʻlanmasligi 20 sm dan oshmasligi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: