2-Ma’ruza Avtomobil yo’llarini topografik xaritada trassalash. Avtomobil trassasi bo’ylab teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar. Avtomobil trassasi bo’ylab geometric niverlirlash ishlari mohiyati
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geometrik nivelirlash usuli bilan tasvir olishning dala va kameral ishlari
2-a va b rasmlar.
Koʻndalang profillarni rejalash. Yer ishlarini bajarish uchun yer qavatini ( oʻqi, qoshi, kyuvet va boshqa xarakterli nuqtalar) batafsil amalga oshiriladi. Trassaning toʻgʻri chiziqli qismlarida koʻndalang profil har 20 – 40 m oraliqda rejalanadi. Planli rejalash bilan bir vaqtda yoʻlning qosh qismi loyihaviy balandligi joyga rejalanadi. Ishchi otmetkalar, ya’ni koʻmma balandligi yoki qazilma chuqurligi loyihaviy balandlik va oʻq boʻylab joy balandligi farqiga teng. Ќar bir piketa rejalangan yoʻl šatlami 30 – 50 m masofalarda maxsus belgilar mahkamlab boriladi. Koʻmma joylarda koʻndalang profilni rejalash. Koʻmma joylarda koʻndalang profilni rejalashda (12.2 – rasm ) quyidagi nuqtalar joyda belgilanadi: oʻqiy nuqta 0 holati, A,A1 qoshlar proeksiyalari va S, S1 nuqtalar. 12 3-rasm. Agarda koʻndalang profil joyda 3 – 40 dan kattta boʻlmasa, u holda quyidagini qabul qilish mumkin OʻA1' = OʻA' = V/2 va A' S= A1'= S1=mh, bu yerda V – yoʻlning loyihaviy eni; h – koʻmma balandligi; 1: m – yonbagʻir nishabligi. OʻS gorizontal masofa l=(B:2')+ mh. Shunday qilib, tekis joylarda koʻndalang profilni rejalashda yoʻl oʻqidan ikkila tomonga qosh oʻrnini belgilash uchun (V:2) masofa va yonbagʻir oʻrnini belgilash uchun l=(B:2')+ mh masofalar oʻlchab qoʻyiladi. Qazilma joylarda koʻndalang profillarni rejalash. Bunday hollarda yer yuzasida tarssaning oʻqiy nuqtasi Oʻ,S, S1, A', A1' nuqtalar (12.2– rasm) belgilanadi. Geometrik nivelirlash usuli bilan tasvir olishning dala va kameral ishlari Geometrik nivelirlashning oʻrtadan va oldinga nivelirlash usullari mavjud. Geometrik nivelirlash usullari: a —oʻrtadan, b —oldinga nivelir oʻrnatiladi va bu nuqtalarda tik qoʻyilgan reykalardan tegishlicha orqadan a va oldindan b sanoqlar olinadi. koʻra nisbiy balandlik: h = a - b Agar a > b boʻlsa, nisbiy balandlik musbat va aksincha, teskari yoʻnalishda nivelirlansa, sanoqlar nomi oʻrni almashib a < b va nisbiy balandlik manfiy 13 boʻladi. A nuqtaning balandligi H A ma’lum boʻlganda B nuqtaning balandligi H B quyidagi ikki formula yordamida hisoblanadi: Nisbiy balandlik orqali: H = H + h , ya’ni keyingi nuqtaning balandligi oldingi nuqtaning balandligiga nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik qoʻshilganiga teng. Asbob gorizonti orqali: H = H + a – b ni hosil qilamiz. Tenglikning oʻng qismidagi A nuqta balandligi H A va shu nuqtadan olingan a sanoq yigʻindisi H = H + a , ya’ni asbob koʻrish oʻqining balandligi asbob gorizonti deyiladi. H = H - a = A G - b , bundan nuqtaning balandligi asbob gorizontidan shu nuqtada olin- gan b sanoq ayrilganiga teng. Oldinga nivelirlash usulida A nuqtada koʻrish tru- basi okulari shu nuqta ustida turadigan nivelir, B nuqtada esa reyka oʻrnatiladi. Ruletka yoki reyka yordamida asbob balandligi i oʻlchanadi. B nuqtadagi reykadan oldingi b sanoq olinadi. koʻra: h = i - b. A va B nuqtalar orasidagi masofa katta boʻlganda nivelirni bir oʻrnatish orqali ularning nisbiy balandliklarini aniqlash imkoni boʻlmaydi. Shu sababli va joyning boʻylama profilini tuzish uchun ketma-ket nivelirlash bajariladi. h = S h = S a - S b ga teng boʻladi, ya’ni u oldingi va keyingi sanoqlar yigʻindilari (ayirmasi)ga teng. Asbob oʻrnatilgan J 1 , J 2 , ... nuqtalar bekatlar deyiladi. Oldingi bekatga keyingi va keyingi bekatga oldingi boʻlgan hamma balandlik uzatish uchun nivelirlangan 1, 2, ... nuqtalar bogʻlovchi nuqtalar deyiladi. Bogʻlovchi nuqtalar balandliklari tegishlicha quyidagi formulalarda hisoblanadi: 14 H = H + h ; H = H + h ; yoki H = H + h H = H + S h . Ketma-ket nivelirlash usullari. Tik yonbagʻirlarni bir bekatdan nivelirlashda koʻrish oʻqi reyka ustidan oʻtishi yoki yerga tegib qolishi mumkin. U holda orqadagi bogʻlovchi nuqtadan oldingi bogʻlovchi nuqtaga balandlik uzatish uchun qoʻshimcha X li nuqtalar deb ataluvchi nuqtalar nivelirla- nadi. Bu nuqtalargacha masofa oʻlchanmaydi va ular profilda koʻrsatilmaydi. Nivelirlashda bogʻlovchi nuqtalar koʻpincha 100 metrdan belgilanadi. Profil tuzishda esa joy relyefi oʻzgarish nuqtalari balandliklari ham aniqlanishi kerak. Bunda nuqtalar oraliq yoki plusli nuqtalar deyilib, keyingi bogʻlovchi nuqtagacha boʻlgan masofa metrlar soni bilan belgilanadi. Masalan, 48- a rasmda 2- bekatdagi 2 + 60 nuqta. Ularga orqa- dagi reyka oʻrnatilib, c sanoq olinadi. Oraliq nuqtalar balandliklari ushbu formula asosida hisoblanadi: H = AG - c. Oldinga nivelirlash usulida katta masofalarga balandlik uza- tish tavsiya etilmaydi, chunki bu holda hisobga olish qiyin boʻlgan asbob xatoliklari ta’siridan tashqari nivelirlash natijasida yer egriligi va refraksiya uchun tuzatma kiritish talab qilinadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling