2-Ma’ruza Avtomobil yo’llarini topografik xaritada trassalash. Avtomobil trassasi bo’ylab teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar. Avtomobil trassasi bo’ylab geometric niverlirlash ishlari mohiyati
Nivelirlash natijalariga qayta ishlov berish
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trassaning boʻylama va koʻndalang profilini tuzish
Nivelirlash natijalariga qayta ishlov berish. Bu jarayon dala jurnalini
tekshirishdan boshlanadi. Burchak va tomonlar oʻlchash natijalariga asoslanib trassaning burilish uchlari koordinatalari hisoblanadi. Keyin trassaning barcha nuqtalarining koordinatalari aniqlanadi. Buning uchun nivelirlash yoʻli boʻyicha nisbiy balandliklar yigʻindisi hisoblanadi va ohirgi reperlar (markalar) otmetkalaridan foydalanib nivelir yoʻlining 𝑓 ℎ balandlik bogʻlanmasligi hisoblanadi. 𝑓 ℎ = ∑ ℎ − (𝐻 0 − 𝐻 𝑏 ) bunda: 𝐻 0 ,𝐻 𝑏 - boshlangʻich va oxirgi reperlarning otmetkalari. Keyin ushbu bogʻlanmaslikning yoʻl qoʻyarli qiymati hisoblanadi, agarda hisoblangan bogʻlanmaslik qiymati yoʻl qoʻyarli qiymatdan oshib ketmasa, 𝑓 ℎ bogʻlanmaslik qiymati teskari ishora bilan barcha nisbiy balandliklarga teng ravishda taqsimlanadi. Bogʻlovchi nuqtalar otmetkalari boshlangʻich nuqtaning berilgan N b otmetkasidan foydalanib hisoblanadi. Hisoblash natijasida ohirgi nuqtaning berilgan N 0 otmetkasi kelib chiqishi kerak. Oraliq nuqtalar otmetkalari asbob gorizonti orqali hisoblanadi. Trassaning boʻylama va koʻndalang profilini tuzish. Trassaning boʻylama profili inshootni loyihalash va qurish uchun zarur boʻladi. U millimetrli qogʻozga piketlash va nivelirlash jurnali ma’lumotlari asosida tuziladi. Trassa profili ifodali (tushunarli) koʻrinishi uchun vertikal masofa masshtabi gorizontal masofa masshtabidan 10 baravar yirik qilib tanlanadi. Turli inshootlar uchun boʻylama masshtab turlicha qabul qilinadi 7-boʻlimga barcha piket va plyusli nuqtalar tanlangan gorizontal masshtabda belgilanadi. 6-boʻlimga nivelirlash jurnalidan nuqtalar otmetkasi koʻchirib yoziladi, 2 boʻlimda trassa plani joylashtiriladi. 6 Boʻlim oʻrtasidan yoʻl oʻqi oʻtkaziladi. Trassadagi tuproqlarni geologik tadqiq qilish natijalari birinchi boʻlimda joylashtiriladi. Bu boʻlimning yuqorgi chegarasi shartli gorizont chizigʻi deyiladi. Shartli gorizont chizigʻining yuqorisida PK 0 nuqtasidan vertikal chiziq (shartli gorizont chizigʻiga perpendikulyar) chiqariladi. Bu vertikal chiziqqa qabul qilingan vertikal masshtab asosida otmetkalar shkalasi chiziladi. Shartli gorizont chizigʻining otmetkasi qilib piket va oraliq nuqtalarining eng kichik otmetkasidan 10-20 m ga kichik boʻlgan butun son olinadi (odatda juft son). Soʻngra har bir piket va oraliq nuqtadan chiqarilgan vertikal chiziqlarda shkala yordamida piket va oraliq nuqtalarning otmetkalari boʻyicha nuqtalar belgilanadi. Bu nuqtalar birin-ketin toʻgʻri chiziq bilan birlashtirilib, trassaning boʻylama profili hosil qilinadi. 8-boʻlimda trassaning toʻgʻri va egri qismlari koʻrsatiladi. Qayrilish joylari shartli ravishda yoylar bilan ifodalanadi va qayrilish oʻngga boʻlsa qavariq yuqoriga, chapga qayrilish boʻlsa qavariq pastga qaratiladi. Yoylarning chekka nuqtalaridan perpendikulyar tushiriladi, ular qayrilma boshi va qayrilma oxiriga mos boʻlishi kerak.Har bir qayrilma ichiga aylanma qayrilmaning asosiy elementlari yoziladi. 4 va 5 boʻlimlarda loyihaviy nishablik va otmetkalar joylashtiriladi. Profil tush bilan rasmiylashtiriladi: 2 boʻlimdagi yoʻl oʻqi, 4, 5, 8 va 9 boʻlimlar va undagi barcha yozuvlar qizil rangda, qolgan boʻlimlar va yozuvlar qora rang bilan chiziladi. Koʻndalang profil (11.1-rasm) boʻylama profilning vertikal masofasi masshtabiga tegishli ravishda bitta masshtabda chiziladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling