Tekis joylarda trassalash. Tekis joylarda trassaning holati konturli toʻsiqlar,
ya’ni tafsilotlar orqali aniqlanadi. Bu yerda oʻrtacha nishablik talab qilingan qiymatdan
kichik boʻlganligi uchun trassalashni berilgan yoʻnalishda oʻtkazgan holda, toʻgʻri trassa
hosil qilishga harakat qilinadi.
Avtomobil yo‘llari trassasi bo‘ylab teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar.
Avtomobil yoʻli piket nuqtalarini nivelirlash
Piket nuqtalari va koʻndalang profillar, hamda trassa boʻylab oʻrnatilgan doimiy
va vaqtincha reperlar boʻyicha nivelirlash amalga oshiriladi.
Trassani mahkamlashda har 20-30km oraliqda doimiy temir beton reperlar
oʻrnatiladi. Bundan tashqari bunday reperlar yirik daryolarni kesib oʻtish joylarida, aholi
yashash punktlarida va stansiyalar maydonchalarida oʻrnatiladi. Qoʻshimcha har 2-3 km
oralikda yogʻoch ustunlar va joydagi mustahkam predmetlar (bino sokoli, elektr
uzatgich liniyalari va boshqa)dan foydalanib vaqtincha reperlar oʻrnatiladi. Reperlar
qurilish maydonidan tashqariga joylashgan boʻlishi kerak.
Trassa boʻylab nivelirlash, qoidaga binoan, ikkita nivelir yordamida amalga
oshiriladi. Birinchi nivelir bilan barcha piket nuqtalar va plyus nuqtalar, doimiy va
vaaqtincha reperlar nivelirlanadi. Ikkinchi nivelir bilan faqat reperlar, bogʻlovchi
nuqtalar, xamda koʻndalang profillar nivelirlanadi. Kilometrli piketlar va reperlar
bogʻlovchi nuqtalar sifatida albatta ikkala nivelir yordamida nivelirlanadi. Katta
boʻlmagan trassalarda yoki 50kmdan qisqa boʻlgan trassalarda bir tomonlama
nivelirlashga ruxsat etiladi. Bunda nivelirlash yoʻli reperlarga tayangan boʻlishi kerak.
Bunday
nivelirlash
ikki
tomonlama
reykalar
yordamida
bajariladi. Trassani
nivelirlashda texnik nivelirlarning har xil turlari qoʻllanilishi mumkin. Aniqligi va
samaradorligi boʻyicha kompensatorli nivelirlar yaxshi natijalar bermoqda. Keskin
koʻtarilgan joylarda trigonometrik nivelirlashni qoʻllagan afzal.
Do'stlaringiz bilan baham: |