2-Ma’ruza Avtomobil yo’llarini topografik xaritada trassalash. Avtomobil trassasi bo’ylab teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar. Avtomobil trassasi bo’ylab geometric niverlirlash ishlari mohiyati
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gorizontal 1:5000 Vertikal 1:5000
- 2-rasm. Trassaning boʻylama profili. 9 Yuzalarni geometrik nivelirlash mazmuni va turlari
7 1-rasm. Koʻndalang profil. 8 Masshtablar Gorizontal 1:5000 Vertikal 1:5000 B oʻ lim t /r B oʻ lim oʻ lc ha m i, mm Profil katagi Shartli gorizont 170 m 1 5 Tuproq 2 20 Trassa plani 3 5 Masofalar 4 15 Loyihaviy otmetkalar (qizil otm.) 5 10 Loyihaviy chiziqlar nishabliklari 6 15 Yer otmetkasi (qora otmetka) 7 10 Masofalar 8 30 Piketlar, toʻgʻri va egrilar 9 10 Kilometrlar 2-rasm. Trassaning boʻylama profili. 9 Yuzalarni geometrik nivelirlash mazmuni va turlari Qurilish ishlarini boshlashdan oldin trassalash tiklash amalga oshiriladi. Trassani tiklash ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) piketlash ishlari va qayrilmalarni batafsil rejalash; 2) piketlar boʻylab nivelirlash; 3) trassani joyda mahkamlash. Yoʻl trassasini tiklashda uning asosi sifatida oxirgi varianti deb plani va profillari, toʻgʻri va qayrilmalar vedomostlari, trassani mahkamlash sxemalari kabi xujjatlarga amal qilinadi. Trassani tiklash joyda uning burilish burchagi uchlarini qidirishdan boshlanadi. Bir vaqtning oʻzida trassani tiklash bilan birga burilish burchaklari oʻlchanadi va oʻlchash natijalari loyiha bilan taqqoslanadi. Keyin tomonlarni oʻlchash va piketlarni rejalash ishlari amalga oshiriladi. Trassaning burilish joylarida oʻtish va aylanma qayrilmalar batafsil rejalanadi, shu bilan birga qayrilma radiusi 500 m va undan katta boʻlganda rejalash 20 m oraliqda, radius 500 m dan kichik boʻlganda esa 10 m ishlari bajariladi. Piketlarni tiklash va qayrilmalarni rejalangandan keyin trassa joyda mahkamlanadi. Mahkamlash belgilari yer ishari zonasidan tashqarida oʻrnatiladi. Burilish burchaklari odatda trassalash vaqtida mustahkam mahkamlanadi. Agarda burilish burchagi uchi yer ishlari zonasiga toʻgʻri kelib qolsa, tomon davomi boʻylab ikkita belgi bilan mahkamlanadi. Trassani tiklash vaqtida yer ishlari hajmini kamaytirish va alohida inshootlarning mustahkamligini oshirish uchun uni qisman oʻzgartirish mumkin. Trassani tiklashdagi kiritilgan barcha tuzatishlar tasdiqlash uchun loyihaviy tashkilotga uzatiladi. Yoʻlning koʻndalang profili Avtomobil yoʻllari koʻtarmasi yurish qismi, yoʻl chekkasi, yonbagʻir va kyuvet qismlaridan iborat boʻladi (12.1-rasm). Yurish qismining eni uning darajasiga bogʻliq boʻlgan holda 6-15 m boʻlishi mumkin. Yurish qismi mustahkam boʻlishi uchun uning tomonidan 2-3,75 m enlikda chekka 10 qismi quriladi. Chekka qismiga yonbagʻir tutashtiriladi. Chekka qismini yonbagʻirdan ajratuvchi chiziq yoʻl koʻtarmasining qoshi deb nomlanadi. Boʻylama profilda loyihaviy balandliklar qoshlar boʻyicha beriladi. Odatda, yurish qismiga suniy qoplamalar – beton, tosh va boshqa materiallar yotqiziladi. Qor va yomgʻir suvlarining tez oqib ketishi uchun yoʻl koʻtarmasining yuzasi uning qosh qismidan oʻrtasiga qarab koʻndalang nishablikka ega. Bu nishablikning qiymati yoʻl qoplamasiga bogʻliq ravishda tanlanadi. sement va asfalt beton qoplamali yoʻllarning yurish qismi nishabligi 15-200/00, shagʻalli yoʻllar uchun 20-300/00 koʻpriklarda esa 30-400/00 ni tashkil etadi. Chekka qismining koʻndalang nishabligi yurish qismi nishabligidan 200/00 katta boʻladi. Temir yoʻllarning toʻshalma qatlami ustiga yotqizilgan shpal va relslar yoʻlning asosiy qismi hisoblanadi (12.1 b – rasm). Bir tomonlama yoʻllarda toʻshalma eni 5,8 – ,5 m, ikki tomonlama yoʻllarda esa 10 m ga teng. Yoʻl boʻylab yonlama suv oquvchi kanal-kyuvetlar loyihalanadi. Kyuvetlar boʻylama nishabligi 20/00 dan kichik boʻlmagan holda belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling