1. Trassa nima? Trassa


Download 16.21 Kb.
Sana20.09.2023
Hajmi16.21 Kb.
#1682651



1. Trassa nima? Trassa deb, loyihasi tuzilayotgan chiziqli inshootlarni karta yoki joyda belgilangan o‘qiga aytiladi. Ma’lum iqtisodiy va texnikaviy talablarga javob beradigan trassa yo‘nalishini karta va joyda aniqlash uchun bajariladigan kompleks ishlarga yo‘llarni trasalash (loyihalash) deyiladi.
mk
2. Trassalash deb nima aytiladi? Trassani loyihalash — trassalash deb ataladi. Trassalashda yoʻldagi toʻsiqlar, joyning oʻziga xos geologik va gidrologik xususiyatlari va boshqa omillar hisobga olinadi. Trassani iloji boricha toʻgʻri oʻtkazishga harakat qilinadi. Avtotransport vositalarining muayyan punktlar orasida muntazam harakatlanishi uchun moʻljallab tasdiqlangan marshrut.


3. Kameral trassalash deb nimaga aytiladi? Kameral trassalash - odatda injener-qidiruv ishlari ikki stadiyada bajariladi. Biroq yo‘l qurilishini bajarishda bu stadiyalarga kirmagan, ya’ni texnik-ekonomik asoslash (TEO) ishidan boshlanadi.
Bu bosqichning asosiy maqsadi relyef, gidrografiya, geologiya, gidrogeologiya, fizikaviy geologiya voqiyliklar kabilarni nazarda tutgan holda trassa yo‘nalish variantlarini shlab chiqishdan iboratdir. Bu ish odatda eng qiyin sharoitdagi yirik qurilishlarda olib boriladi. Shuning uchun ham u kameral usulda bajariladi. Materiallar arxivdan olinadi.
Trassani belgilashda avvalo masshtabi 1:1.000.000 obzor topografik kartadan foydalaniladi.
Bundan boshlang‘ich va oxirgi punktlar belgilanadi. Trassa yo‘lini aniqlash, relyefni o‘rganish va boshqa ishlar kameral usulda masshtabi 1:2500 yoki 1:50.000 masshtabli kartada, agar bular yo‘q bo‘lgan holda 1:100.000 masshtabli kartada bajariladi.
Kameral  trassalash natijalaridan foyalangan holda talabga javob beradigan va tejamkor hisoblangan trassa yo‘nalishi (qator variantlardan) tanlab olinadi. Trassa bo‘ylab dalada ish bajarish – texnikkaviy loyihalash tejamkorlikka asoslangan holda yer yuzida va aerosyomka ishida bajarilishi mumkin. Agar joyning plani yirik masshtabli bo‘lsa, izlanayotgan trassa qisqa masofali bo‘lsa bu ish yer yuzida olib boriladigan usul bilan bajarilishi mumkin.
Agar izlanish ishi katta uzunlikdagi trassada bajarilsa, hamda kerakli masshtabdagi karta va planlar bo‘lmasa, u holda trassa bo‘ylab aerovizual kuzatish va marshrut bo‘ylab aerofotos’yomka ishi bajariladi.
Trassa tayanch nuqtalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Qurilish ishi boshlanish oldidan uni osongina topa olinishi kerak.
Barcha tayanch punktlar, burchak uchlari, belgilangan nuqtalar, stvor nuqtalari tabiiy to‘siqlardan cheklanib o‘tish va tutashuvchi nuqtalar, yog‘och yoki temir-beton ustunlar bilan mustahkamlanib, ularni joydagi narsalar bilan qanday holatda turishini ko’rsatuvchi jurnallari tuzizilishi kerak.
Piketlar, plyusli nuqtalar, qoziqlar bilan mustahkamlanib, atrofidan kanava o‘tkazilishi kerak, znaklar yozuvi, moyli bo‘yoq bilan yozilishi kerak, trassa qayrilish burchagi uchlaridagi ustunlardagi yozuvlar burchak uchi tomonida turishi, stvor nuqtalarida esa – sanog‘i kam piketga qaragan tomonda yozilishi shart.
Download 16.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling