Geodezik tayanch to'rlari reja: Geodezik tayanch tо‘rlar


Download 1.22 Mb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1374746
  1   2   3   4   5
Bog'liq
GEODEZIK TAYANCH TO\'RLARI


GEODEZIK TAYANCH TO'RLARI
Reja:

  1. Geodezik tayanch tо‘rlar.

  2. Geodezik to‘rlarni barpo qilishning ana’naviy usullari.

  3. Planli va balandlik geodezik to‘rlar.

Geodezik tayanch to‘rlarini (GTT) barpo etish “umumiylikdan xususiylikka” qarab barpo etiladi. Siyrak joylashgan tayanch nuqtalar yuqori aniqlikda o‘lchanib, bazaviy to‘r hosil qilinib, so‘ngra shu to‘r asosida aniqlik jihatidan bazaviy to‘rdan kichik bo‘lgan to‘rlar hosil qilinadi. Shuni takidlash joizki aniqligi teng yoki undan past bo‘lgan tayanch punktlariga tayanib unga teng yoki undan yuqori aniqlikdagi to‘r hosil qilinmaydi. Tayanch punktlarining zichligi talab etilayotgan geodezik ishlarga bog‘liq. Davlat geodezik to‘ri (DGT) X, Y, N koordinatalari ma’lum bo‘lgan punktlar majmuasidan iborat bo‘lib, punktlar mamlakat hududida bir tekislikda joylashgan bo‘lishi zarur. DGT topografik geodezik ishlarni bajarishda bazaviy to‘r hisoblanadi.


Planli davlat geodezik to‘ri astronomik yoki geodezik o‘lchash yordamida barpo etilishi mumkin. Astronomik usulda har bir punkt koordinatasi astronomik kuzatishlardan foydalanib, bir-biri bilan bog‘lanmagan holda alohida-alohida aniqlanadi. Geodezik usulda bir nechta boshlang‘ich tayanch punktlarning koordinatalari astronomik kuzatishlar orqali aniqlanadi, qolgan punktlarning koordinatalari joyda bajarilgan geodezik o‘lchashlar asosida hisoblab chiqariladi. Balandlik geodezik to‘r geometrik nivelirlash usulida barpo etiladi.
Planli va balandlik to‘rlarni barpo qilishning an’anaviy usullari.
Davlat geodezik tarmoqlarini barpo etishning asosiy usullari triangulyatsiya, poligonometriya va trilateratsiya hisoblanadi. Har bir konkret holatda u yoki bu usulni tanlash to‘rni barpo etish talab etilgan aniqlik va iqtisodiy samaradorligi bilan aniqlanadi.
Triangulyatsiya usuli. Triangulyatsiya usuli birinchi marta Gollandiyalik olim Snellius tomonidan taklif etilgan deb hisoblanadi. Bu usul barcha mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Usulning mohiyati quyidagidan iborat. Joyning eng baland nuqtalarida uchburchaklar sistemasi tashkil etadigan geodezik punktlar mahkamlanadi (1- rasm). Bu tarmoqda A boshlang‘ich punktining koordinatalari aniqlanadi, har bir uchburchakda gorizontal burchaklar o‘lchanadi, hamda bazis tomon uzunligi “b” va bazis tomon azimuti “α” o‘lchanadi, bu o‘z navbatida tarmoqni masshtablaydi va azimut bo‘yicha oriyentirlaydi.
Triangulyatsiya tarmog‘i alohida uchburchaklar qatori, uchburchaklar qatori sistemasi hamda, yaxlit uchburchaklar to‘ri shaklida barpo etilishi mumkin. Triangulyatsiya tarmoqining elementlari sifatida nafaqat uchburchaklar, undan murakkabroq shakllar geodezik to‘rtburchaklar va markaziy sistemalar ham xizmat qilishi mumkin.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling