Geodezik tayanch to'rlari reja: Geodezik tayanch tо‘rlar
Download 1.22 Mb.
|
GEODEZIK TAYANCH TO\'RLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geodezik belgilar
Trilateratsiya usuli. Ushbu usul, triangulyatsiya usulidek, joylarda geodezik tarmoqlar uchburchaklar zanjiri, geodezik to‘rtburchak va markaziy sistema ko‘rinishida yoki uchburchaklarning yaxlit to‘ri ko‘rinishida barpo etish ko‘zda tutiladi, unda barcha tomonlar uzunligi o‘lchanadi (burchaklar o‘lchanmaydi).Trilateratsiyada triangulyatsiya kabi, joyda tarmoqni oriyentirlash uchun qator tomonlarini ayrimlarini azimuti aniqlangan bo‘lishi lozim.
Masofa o‘lchash sveto va radiodalnomer texnikasini takomillashishi va aniqligini oshishi sababli trilateratsiya usuli katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda, ayniqsa injenerlik-geodezik ishlar amaliyotida. Quyidagi sabablarga ko‘ra 1-2 klass davlat geodezik to‘rlarini barpo etishda trilateratsiya usuli qo‘llanilmaydi: 1. Masofalarni o‘lchash nazorati yo‘q bu esa yuqori aniqlikdagi geodezik tarmoqlarni barpo etishda to‘g‘ri kelmaydi.Tomonlari o‘lchangan uchburchaklarda masofa o‘lchash nazorati umuman yo‘qligi sababli uchburchaklarda bitta ham shartli tenglama kelib chiqmaydi; tomonlari o‘lchangan geodezik to‘rtburchaklarda va markaziy sistemalarda esa atiga bittadan shartli tenglama hosil bo‘ladi, huddi shunday shaklli triangulyatsiyada o‘lchangan burchaklari bilan unda ancha ko‘p mustaqil shartli tenglamalar paydo bo‘ladi: geodezik to‘rtburchakda to‘rtta, markaziy sistemada esa undan ham ko‘p. 2. Texnik-iqtisodiy tomondan trilateratsiya usuli triangulyatsiya usuliga yon beradi. Teng sharoitlarda chiziqli o‘lchashda brigadalar shtati va transport harajatlari, burchak o‘lchashga qaraganda bir necha marta ko‘p, chunki punktdan har bir o‘lchanuvchichiziq ohiriga qaytargich o‘rnatiladi, so‘ngra sveto-dalnomerni boshqa punktlarga ko‘chirganda barcha ishchilarni qaytargichlar bilan boshqa punktga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi, burchak o‘lchashlarda bunday ishlar talab etilmaydi. 3. Mos aniqlikda burchak va chiziq o‘lchashda trilateratsiya qatori tarmoqlarida azimut uzatish aniqligi triangulyatsiyaga qaraganda ancha past bo‘ladi. Geodezik belgilar Geodezik tarmoqlarni har bir punkti joyda gruntga о‘rnatilgan markaz bilan mahkamlanadi, bunda metalga markaga nuqtaning nomeri yoziladi, ular punktning koordinatasiga tegishli bо‘ladi. Punkt markazi ustiga talab eitilgan balandlikda vizirlash silindri va о‘lchash asbobini о‘rnatish uchun mahsus stol о‘rnatiladi, unda kuzatuvchi uchun ham turish joyi qurilgan bо‘ladi Geodezik tarmoqlarda quyidagi turdagi belgilar qо‘lllaniladi: tur, piramida (oddiy va shtativli), oddiy signal va murakkab signal. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling