Geodezik tayanch to'rlari reja: Geodezik tayanch tо‘rlar


-rasm. Triangulyatsiya tarmog‘i


Download 1.22 Mb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1374746
1   2   3   4   5
Bog'liq
GEODEZIK TAYANCH TO\'RLARI

1-rasm. Triangulyatsiya tarmog‘i.
Triagulyatsiya usulining asosiy afzalligi uning operativligi va turli fizik-geografik sharoitlarda qo‘llash imkoniyati borligidadir; tarmoqdagi ko‘p sonli ortiq o‘lchashlar, barcha o‘lchangan miqdorlarni bevosita dalada nazorat qilish imkonini beradi; tarmoqda qo‘shni joylashgan, ayniqsa uzluksiz punktlarni o‘zaro holatini yuqori aniqlikda aniqlanadi.
Davlat geodezik tarmoqlarini barpo etishda triangulyatsiya usuli eng ko‘p qo‘llaniladi.
Poligonometriya usuli. Bu usul anchadan buyon ma’lum, ammo uni davlat goedezik tarmoqlarini barpo etishda qo‘llash invar simlar yordamida chiziqli o‘lchashlarni bajarilishi murakkabligi tufayli yaqingacha foydalanmay kelindi. Taxminan 20 asrning 60 chi yillaridan boshlab, geodezik ishlab chiqarishga aniq sveto-radiodalnomerlarning joriy qilinishi poligonometriya usulini rivojlantirdi va geodezik tarmoqlarni barpo etishda keng qo‘llanila boshlandi. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat. Joyda cho‘zilgan yakka yo‘l (2- rasm) yoki kesishuvchi yo‘llar sistemasi shaklidagi yaxlit tarmoqni tashkil etuvchi geodezik punktlar mahkamlanadi. Yo‘lning qo‘shni punktlari orasida tomonlar uzunligi, punktlarda esa burilish burchaklari o‘lchanadi. Poligonometriya yo‘llarni azimutal oriyentirlash birlashuvchi γ burchaklar o‘lchangan holda uning oxirgi punktlarida aniqlanuvchiyoki beriluvchi azimutlar yordamida amalga oshiriladi. Ba’zan yuqori klass aniqlikdagi geodezik tarmoqlarning koordinatalari ma’lum punktlari orasida poligonometrik yo‘llar o‘tkaziladi.

2-rasm. Poligonometriya yo‘li.
Qator hollarda poligonometriya usuli, masalan, aholi yashaydigan joylarda, yirik shaharlar hududida va o‘rmonzorlarda triangulyatsiya usuliga qaraganda qulay va iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi, sababi triangulyatsiya punktlarida poligonometriya punktlariga qaraganda baland geodezik belgilar o‘rnatib, ko‘p sonli punktlar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishni ta’minlash lozim bo‘ladi. Geodezik belgilarni qurish geodezik tarmoqlarni barpo etishda eng qimmat turuvchi ish turi hisoblanadi va u barcha harajatlarni o‘rtacha 50-60% ni tashkil qiladi.
Poligonometriya usulida ham o‘ziga yarasha kamchiliklar mavjud, ular quyidagilardan iborat:

  • poligonometriya tarmog‘i, ayniqsa yakka yo‘llari, triangulyatsiya qatori yoki tarmog‘iga qaraganda geometrik jihatdan ancha past hisoblanadi, poligonometriyada punktlar orasida geometrik bog‘liqliklar soni triagulyatsiyaga qaraganda ancha kam (ikkala holatda ham punktlar soni bir xil bo‘lishiga qaramasdan);

  • ortiqcha o‘lchashlar soni (shartli tenglamalar soni) triangulyatsiyaga qaraganda poligonometriyada ancha kam, shu sababli teng sharoitlarda poligonometriya tarmog‘i triangulyatsiyaga qaraganda aniqligi ancha kichik bo‘lishiga olib keladi;

  • poligonometriyada daladagi o‘lchashlarni nazorati triangulyatsiyaga qaraganda ancha kam, chunki poligonometriyada shartli tenglamalar soni kam, punktlar soni triangulyatsiya teng bo‘lishiga qaramasdan.

Yuqoridagi kamchiliklardan aytishimiz mumkinki, yuqori klass aniqlikda geodezik tarmoqlarni barpo etishda poligonometriya usulining imkoniyati trianguyatsiyaga qaraganda chegaralangan.
Tayanayotgan punktlariga nisbatan past bo‘lgan klassdagi geodezik tarmoqlarni barpo etishda ayniqsa sveto va radiodalnomerlardan foydalanilganda poligonometriya usulining operativligi kuchlidir, o‘lchash ishlarida raqamni indikatsiyalashli.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling