6. amaliy mashg‘ulot kam uglerodli po’latni kesishni tatqiqoti. Ishdan ko’zlangan maqsad
Download 313.59 Kb. Pdf ko'rish
|
6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixozlar: Atsetilen generator, keskichlar, metall qirqimlari, maxsus kiyim, himoya ko`zoynagi. Umumiy ma’lumotlar.
6.AMALIY MASHG‘ULOT Kam uglerodli po’latni kesishni tatqiqoti. Ishdan ko’zlangan maqsad: - Po’latni kislorod bilan kesish temirning sof kislorod oqimida yonish xossasiga asoslangan tasirinini o’rganish. -Ishlatiladigan turiga qarab keskichlarni tanlashni o’rganish. Kerakli jixozlar: Atsetilen generator, keskichlar, metall qirqimlari, maxsus kiyim, himoya ko`zoynagi. Umumiy ma’lumotlar. Po’latni kislorod bilan kesish temirning sof kislorod oqimida yonish xossasiga asoslangan, bunda temir po’latning erish haroratiga yaqin, yahni 1200—1400°S haroratga qadar qizdiriladi (11.1 - rasm). Kesayotganda metall gaz-kislorod alangasida qizdiriladi. Yonilђi tariqasida atsetilen, propan-butan, piroliz, tabiiy, koks va shaxar gazlari hamda, kerosin buђlari ishlatiladi. Metallning ozgina joyi kesishdan oldin kizdiriladi.So’ngra ana shu joyiga kesuvchi kislorod oqimi yo’naltiriladi hamda kesgich rejalangan kesish chiziђi bo’yicha surib boriladi.Metall butun tunuka qalinligi baravari yonib, orada tor tirqish hosil qiladi.Temir kislorodda kislorodning kesuvchi oqimi yuzasiga chegaradosh bo’lgan qatlamlaridagina jadal yonadi.Kislorod oqimi metall orasiga juda kam chuqurlikda kiradi. 11.1 - rasm. Kislorod bilan kesish chizmasi: 1 – mundshtuk; 2 – kesuvchi kislorod; 3 – kesilayotgan metall; 4 – qizdiruvchi alanga; 5 – shlak. 1 kg temirni yonishi uchun yonganda qanday oksid (FeO yoki Fe 3 O 4 ) hosil bo’lishiga qarab nazariy jihatdan 0,29 m 3 dan 0,38 m 3 gacha kislorod talab qilinadi. Amalda kisloroddan ana shu nazariy hisobdagiga qaraganda ancha ko’p yoki oz sarf bo’lishi mumkin.CHunki shlaklarda ikkala oksid turli nisbatlarda bo’ladi, metallning bir qismi kesimdan erigan holatda chiqarib yuboriladi. Kislorodning bir qismi suyuq metall va shlakni puflab chiqarishga sarflanadi, shuningdek atrofdagi muhitda yo’qoladi. Kesish uchun tozaligi 98,5 — 99,5 % kislorod ishlatiladi. Kislorod tozaligi shundan kam bo’lsa, kesish tezligi kamayadi, va kislorod ancha ko’p sarflanadi. Masalan, kislorod tozaligi 99,5 dan 97,5 foizgacha bo’lganda tozaligining bir foiz kamayishi bilan 1 m ga sarflanadigan kislorod miqdori 25—35 %, kesish vaqti esa 10 — 15 % ortadi. Bu hol ayniqsa, qalin po’latni kesishda yaqqol seziladi. Tozaligi 98 % dan kam bo’lgan kislorod ishlatilmagani mahqul, chunki kesish yuzasi ko’ngildagidek toza chiqmaydi, unda chuqur o’yiklar va juda qiyin ajraladigan shlaklar hosil bo’ladi. Download 313.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling