6. amaliy mashg‘ulot kam uglerodli po’latni kesishni tatqiqoti. Ishdan ko’zlangan maqsad
Metallarni gaz-kislorodli kesishning asosiy shartlari
Download 313.59 Kb. Pdf ko'rish
|
6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yrim metallar va ularning oksidlarini erish xarorati
Metallarni gaz-kislorodli kesishning asosiy shartlari
Ќamma metallar va qotishmalarni oksidlab (kislorodli) kesib bo’lavermaydi. Oksidlab kesish quyidagi shartlarning bajarilishini talab qiladi. 1. Metall alangalanadigan harorat uning suyuqlanish haroratidan past bo’lishi kerak. Bunda metall qattik holatda yonadi; kesilgan yuza silliq bo’ladi, kesish qirralarining ustki chetlari suyuqlanmaydi, shlak ko’rinishidagi yonish mahsulotlari kesish bo’shlig'idan kislorod oqimi bilan osongina chiqarib yuboriladi va kesilish shakli o’zgarmasdan qoladi. Bu shartga temir va uglerodli po’latlar javob beradi. Texnik temir kislorodda uning holatiga qarab (prokat, kukun va boshqalar) 1050—1360°S haroratda yonadi, temirning suyuqlanish harorati esa 1539°S ni tashkil qiladi. Alyuminiy va uning qotishmalarini oksidlab kesib bo’lmaydi. Alyuminiyning alangalanish va suyuqlanish harorati tegishlicha 900 va 660 o S ga teng. Binobarin, alyuminiy faqat suyuq holatda yonishi mumkin, shuning uchun uzgarmaydigan kesish shakli hosil qilib bo’lmaydi. 2. Kesishda hosil bo’ladigan oksidlar va shlaklarning suyuqlanish harorati metallning suyuqlanish haroratidan past bo’lishi kerak. Bu holda ular suyuqlanib oquvchan bo’lib qoladi va kesish zonasidan kislorod oqimi vositasida bemalol chiqarib yuboriladi. Kesish jarayonida temir oksidlanganda hosil bo’ladigan FeO, Fe 3 O 4 ko’rinishidagi oksidlar 1350 va 1400°S suyuqlanish haroratiga ega, yahni temirning suyuqlanish haroratidan past bo’ladi (11.1-jadval). Yrim metallar va ularning oksidlarini erish xarorati Metall Erish xarorati, o S Oksidlar Erish xarorati, o S Alyuminiy 658 Al 2 O 3 2050 Vanadiy 1750 11V 2 O 3 V 2 O 4 V 2 O 5 1970 1637 658 Volfram 3370 WO 2 WO 3 1277 1473 Temir 1533 FeO Fe 2 O 3 Fe 3 O 4 1370 1527 1565 Kobalt 1490 CoO 1810 Marganets 1250 MnO Mn 3 O 4 1785 1560 Mis 1084 Cu 2 O CuO 1230 1336 Molibden 2622 MoO 3 795 Nikel 1452 NiO 1990 Titan 1727 TiO 2 1775 Xrom 1550 Cr 2 O 3 1990 SHuning uchun kam uglerodli po’latlarni oksidlab kesish mumkin. Tarkibidagi uglerod miqdori 0,65% dan ortiq bo’lgan po’latlarning suyuqlanish harorati temir oksidlarining suyuqlanish haroratidan past va odatdagi sharoitlarda ularni oksidlab kesish qiyin. Bazi metallar suyuqlanish harorati yuqori bo’lgan oksidlar hosil qiladi, masalan, alyuminiy, xrom, nikel va mis oksidlari. Xromli va xrom-nikelli po’latlarni, mis hamda uning qotishmalarini, cho’yan va boshqalarni kesishda hosil bo’ladigan bu oksidlar kesiladigan metallarga nisbatan qiyin suyuqlanadigan xisoblanadi. Odatdagi oksidlab kesishda ularni kesish zonasidan chiqarib yuborib bo’lmaydi, chunki alangalanish haroratigacha qizdirilgan metallning oksidlanadigan joyini kislorod oqimidan berkitib qo’yadi va kesishning iloji bo’lmaydi. 3. Kesish joyidan issiqlik olib ketilmasligi uchun metallning issiqlik o’tkazuvchanligi kichik bo’lishi kerak, aks holda kesish jarayoni to’xtab qoladi. Mis, alyuminiy va ular kotishmalarining issiqlik o’tkazuvchanligi temir hamda po’latga nisbatan yuqori bo’ladi; amalda bu metallarni qizdiruvchi alanga bilan tunukaning butun qalinligi bo’yicha alangalanish haroratigacha qizdirilishini to’plab bo’lmaydi. SHuning uchun ko’rsatilgan metallarni odatdagi kislorod alangasi yordamida kesib bo’lmaydi. 4. Metallning kislorodda yonishida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori kesish jarayonining davom etishini tahminlay oladigan darajada ko’p bo’lishi kerak. Po’latni kesishda kizdirish uchun ishlatiladigan issiqning qariyb 70 foizi metall kislorodda yonayotganida ajralib chiqadi va faqat 30 foizi kizdiruvgi alangadan keladi. Download 313.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling