Geodezik tayanch to'rlari reja: Geodezik tayanch tо‘rlar
Download 1.22 Mb.
|
GEODEZIK TAYANCH TO\'RLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5- rasm . Oddiy signal 6 - rasm . Murakkab signal
3- rasm. Geodezik punktdagi tur
4- rasm. Oddiy piramida (a) va shtativli piramida (b) Tо‘rlar tog‘ning о‘tkir chо‘qqilarida, agar barcha yо‘nalishlar yerdan turib kо‘rinsa va qoya grunt 1,5 metrdan kam chuqurlikda joylashgan bо‘lsa qо‘llaniladi. (4- rasm. О‘lchamlar santimetrda berilgan). Tо‘r ustiga vizir silindrli oddiy piramida quriladi. Agar piramidani qurish imkoni bо‘lmasa, unda vizir silindr bevosita turga о‘rnatiladi. Oddiy piramidalar (4-rasm) shunday holatlarda, ya’ni barcha yо‘nalishlar bо‘yicha tur yoki shtativdan kuzatishning imkon bо‘lganda quriladi. Agar qо‘shni punktlarda kuzatishni ta’minlash uchun asbobni yerdan 2-3 metrga kо‘tarish talab etilsa, unda asbobni о‘rnatish uchun shtativli piramida (shtativ piramidadan ajralgan holda) quriladi. (4, b- rasm). Kuzatuvchi uchun maydoncha piramida ustunlariga, shtativni undan ajratgan holda, о‘rnatiladi. Piramidalar balandligi 5-8 metr bо‘lgan yog‘och yoki metalldan quriladi. Oddiy signal (5- rasm) bir-biridan ajratilgan ikkita piramidalardan: vizir silindriga ega tashqi 1 va kuzatuvchi uchun maydoncha va asbob о‘rnatish uchun stolga ega ichki 2 piramidalardan tashkil topadi. Ichki piramida uchqirrali, tashqi piramida esa uchqirrali yoki tо‘rtqirrali shaklga ega bо‘ladi. Tashqi piramida asosidagi asosiy ustunlar orasidagi masofani kuzatuvchi maydonchasigacha bо‘lgan balandlikni 1/5 hissasidan 2 metrga kaptita qilib olinadi. Oddiy signallar 10 metrgacha balandlikda quriladi; ular yog‘ochdan yoki metalldan, doimiy va yig‘iluvchi bо‘lishi mumkin. Yig‘iluvchi belgilar avtotransport borishi uchun qulay bо‘lgan rayonlarda qо‘llaniladi. Kо‘pincha ichki piramidalar punktda doimiy о‘rnatiladi, tashqi yig‘iladigan bо‘ladi, uni punktdan punktga olib yuriladi. 5- rasm. Oddiy signal 6 - rasm. Murakkab signal: 1-signal ustunlarining asosi; 2-signalning asosiy ustunlari; 3-venets; 4-krestovina; 5-bolvanka; 6-ichki piramida ustuni; 7-kuzatuvchi uchun maydon; 8-stol; 9-tom; 10-vizir nishoni; 11-oraliq ustun. Murakkab signal konstruksiyasi bо‘yicha oddiydan shunisi bilan farq qiladiki, unda asbob о‘rnatish uchun mahsus stolga ega ichki piramida oyoqlari bilan yerga tayanmasdan balkim signal ustunning asosiga tayanadi (kuzatuvchi maydonchasidan 6 metr pastda). Belgining oraliq ustunlari signalni qurish sifatini oshiradi. Murakkab signallar 11 dan 40 metrgacha balandlikda quriladi. Ular tо‘rtqirrali konstuksiyaga ega bо‘lib, yerda yig‘iladi (gorizontal holatda), sо‘ngra tugallagan shaklda vertikal о‘rnatiladi. Bu holda balandlikda havfli ishlarni bajarish zarurati tug‘ilmaydi, hamda belgi qurishda ishlab chiqarish unumdorligi oshadi. Murakkab signalning tashqi piramidasini uchburchak asosining kengligi uni balandligini ¼ ga teng bо‘lib, kuzatuvchi maydongacha 2 metr qо‘shiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida 2005 - 2007 yillarda yuqori aniqlikdagi yo‘ldoshli geodezik to‘ri (YGT-0) qurildi. Boshlang‘ich Kitob punktini hisobga olganda u 20 ta punktdan iborat. Kitob punkti dunyo kosmik to‘riga kiritilganligi sababli uning efemeridasi har sutkada Internetda berib boriladi. YGT - punktlari O‘zbekiston Respublikasi hududida bir tekisda joylashtirilgan bo‘lib, ulardan foydalanib topografik - geodezik, kadastr va yer o‘lchash ishlarini bajariladi, geodezik to‘rlarni zichlashtirish punktlarining koordinatalari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida 1990 yilgacha barpo etilgan to‘rning 14145 ta punkti mavjud.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling