Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari
Download 9.82 Kb.
|
Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy gidrogeologiya
- Gidrogeoximiya
Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalariReja:
2. Regional gidrogeologiya 3. Bug` ko`rinishidagi suv Gidrogeologiya - yer osti suvlari tug`risidagi fan bo`lib, ularning paydo bo`lishini, joylashishini, tarqalish va taqsimlanish sharoitlarini, fizik xossalari va ximiyaviy tarkibini xamda yer ustki suvlari bilan aloqasini o`rganadi. Bundan tashqari, gidrogeologiya shifobaxsh yer osti mineral suvlarini qidirib topish, shaxar va qishloqlarni ichimlik suv bilan ta`minlash, ekinzor maydonlarni sug`orish va yer osti suvlaridan amalda foydalanish uchun tadqiq qilish ishlari bilan xam shug`ullanadi. Gidrogeologiya fani yer osti suvlarining, ta`minlanish, xarakatlanish, sarf bo`lish qonuniyatlarini o`rganish xamda ko`rilish katlovanlariga, transheyalarga, zovurlarga, karyerlarga qurilish paytida va burg`, shaxta quduqlariga, gorizontal suv chiqarish inshootlariga oqib keladigan suv sarfini aniqlash imkonini beradi. Gidrogeologiya fani quydagi bo`limlarga bo`linadi. Umumiy gidrogeologiya - yer osti suvlarining hosil bo`lishi, tarqalish sharoiti, tog` jinslari bilan o`zaro bog`likligi, ularinng fizik va ximiyaviy xossalarini xamda yer qobig`ining rivojlanishida ularning ta`sirini o`rganish bilan shug`ullanadi. Yer osti suvlar dinamikasi - yer osti suvlarining siljish qonunlarini o`rganish, ularning xarakat yunalishini o`zgartirish va miqdorini baxolash bilan shug`ulanadi. Gidrogeoximiya - yer osti suvlari ximiyaviy tarkibining paydo bo`lish jarayonini, uning vaqt davomida va xarakatlanishi ta`sirida o`zgarishini o`rganadi. Yer osti suvlarining qidirish geologiyasi - axoli yashaydigan joylarni suv bilan ta`minlash, sug`orish, imorat va inshootlarni ko`rish masalalarini xal qilish maqsadida yer osti suvlarining zaxirasini, balansini, sifatini, rejimini, xarakatlanishini va joylarning gidrogeologik sharoitlarini baxolash usullarini, gidrogeologik tajriba va tadqiqot ishlari usullarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadi. Download 9.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling