Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari


Download 9.82 Kb.
bet3/4
Sana13.05.2023
Hajmi9.82 Kb.
#1457970
1   2   3   4
Bog'liq
Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari-fayllar.org

Bug` ko`rinishidagi suv xavo bilan birga grunt g`ovaklari va yoriqlarini to`ldirib turadi. Bunday suv jins og`irligining taxminan 0,01% ini tashkil qiladi. Sutka xamda vasl davomida xarorat va bosim o`zgarishi bilan ular g`ovaklar va yoriqlarda aktiv xarakat qilib, zarralar yuzasiga yopishadi va kondinsatsiyalanadi. Natijada zarralar atrofida juda xam yupqa parda, ya`ni gigroskopik suv hosil bo`ladi.
Gigroskopik suvlar zarralar yuzasiga katta kuch bilan yopishadi, shuning uchun xam ularni suyuq xolatda ajratib bo`lmaydi. Binobarin, gigroskopik suvlarni grunt tarkibidan faqat bug`latib chiqarish mumkin. Bunday suv qattiq sovuqda (-80o S) muzlamaydi va gidrostatik bosim hosil qilmaydi. Zarralar yuzasida gigroskopik suvning hosil bo`lishi uzoq vaqt davom etadi, uning qalinligi oshadi va u zarralarning o`zaro elektromalekulyar tortishish kuchi ta`sirida bir-biri bilan qo`shiladi, natijada pardali yoki malekulyar suv hosil bo`ladi. Agar biron bir zarraning atrofida qalinroq suv hosil bo`lgan bo`lsa, u asta-sekin qo`shni zaraning yupqaroq suv pardasi tomon xarakat qiladi va bu xarakat ikki zaradagi suvning qalinligi bir xil bo`lguncha davom etadi.
Tog` jinsining to`la tuyinishi uchun sarf bo`ladigan suv bug`lari miqdori jinsning maksimal gigroskopligi deyiladi. Gigroskopik va pardali suvlarning jins tarkibida juda katta miqdorda bo`lishi shu jinsning maksimal malekulyar nam tutishi deb ataladi.
Pardali suv zarralariorasidagi bo`shliqni egallab, ular orasidagi bog`lanishni, tsementlanishni bo`shashtiradi, gilli jinslarning ko`pchishiga, xajmining kamayishiga, zichligining oshishiga olib keladi.


Qattiq suvlar jins tarkibida mineral zarralar oraligida kichik linza yoki qatlamcha shakllarida muz qotgan shaklda bo`ladi. Uning xarorati doimo manfiy bo`lib, chakik va gil jinslarining mustaxkaligini oshiradi. Muz eriganda jinsning namligi oshib, mustaxkamligi kamayadi.

Kapillyar suvlar. Tog` jinslari turli-tuman kapilyar bo`shliqlardan, g`ovaklik naychalardan iboratdir. Suv shu naychalar buylab kapillyar kuchlar ta`sirida yuqoriga ko`tariladi. Kutarilish balandligi asosan, jins govaklarining, ya`ni naychalarning diametriga boglik. Kumli gruntlarda govakliklarning katta-kichikligi katta bulgani uchun namlikning yukoriga kutarilish balandligi 0,3 - 0,6 m bulsa, gillarda 3 - 4 m ga yetadi. Kapilyar suvlar yerosti suvlari satxidan yukorida joylashgan bulib, kapillyar zonani tashkil etadi va grunt, yuzaki suvlardan tuyintirib turadi. Kapilyar suvlar yerning yukori va pastki zonalarida xarakatning uzgarishi tufayli xarakatga keladi va zarralar orasidagi tuzlarni eritib, yukoriga yer yuzasiga olib chikadi. Kapillyar suvlar yozning issik kunlarida buglanadi va ularning tarkibidagi tuzlar yer yuzasida yigila boshlaydi. Shu tarizda yer osti suv satxi 2 -3 m chukurlikda bulgan maydonlarda yer yuzasini shur bosish kuzatiladi.



Download 9.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling