Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari
Ruda konlari gidrogeologiyasi
Download 9.82 Kb.
|
Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiogidrogeologiya
Ruda konlari gidrogeologiyasi - konlarning gidrogeologik sharoitlarini baxolash, yer osti suvlarining foydali qazilmalarni qazib olish ishlariga ta`sirini o`rganib, unga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadi.
Mineral suvlar gidrogeologiyasi - shifobaxsh xususiyatga ega bo`lgan yer osti suvlarining paydo bo`lishi va ximiyaviy tarkibini, xosil bo`lishini, tarqalish xolatlarini aniqlash, zaxirasini xisoblash va ulardan foydalanish usullarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadi. Radiogidrogeologiya - yer osti suvlarida radioktiv elementlarning hosil bo`lish qonunini, ularning yotish xolatlarini va siljish davomida radioaktiv elementlar miqdorini o`zgarishini aniqlash bilan shug`ullanadi. Regional gidrogeologiya - yer osti suvlarining yer qobig`ining ma`lum bir regionlarida tarqalish, yotish xolati va hosil bo`lish qonunlarini, shuningdek ularning yer qobig`ining geologik strukturalari bilan bog`liqligini va xalq xo`jaligida bunday suvlardan foydalanish imkoniyatlarini o`rganadi. Xozirgi vaqtda gidrogeologiya fanining yangi tarmog`i - texnogen gidrogeologiya, meliorativ gidrogeologiya, gidroseysmika tarraqqiy etmoqda. Yer yuzasiga yoqqan yog`in uch qismga ajraladi: bir qismi yer yuzasidan oqib, oxiri dengizga borib quyiladi, ikkinchi qismi bug`lanib yana atmosferaga ko`tariladi, uchinchi qismi esa tog` jinslariga singib ketadi va natijada yer osti suvlarini hosil qiladi. Bunday yo`l bilan hosil bo`lgan suvlar infiltratsiya (shimilish) suvlari deb ataladi. Yer osti suvlarini tabiiy va suniy yer usti suvlari tuyintiradi. Yer osti suvlari infiltratsiyadan tashqari, ya`ni yog`inlarning yer po`stiga singishidan tashqari, kondensatsiya yordami bilan xam hosil bo`ladi. Kondensatsiya deganda atmosferadan tuproqqa kirgan suv bug`ining suvga aylanish jarayoni tushuniladi. Yer ustidagi xavo suv bug`iga tuyingan bo`lsa, xamma vaqt suv bug`i tuproqqa kira oladi. Tuproq xarorati pastroq bo`lsa, tuproqqa kirgan suv bug`i quyuqlashadi, kondensatlanadi, natijada suv hosil bo`ladi. Lekin suv bug`i suvga aylanayotganda issiqlik chiqadi, kondensatsiya jarayonining o`zi sovuq tuproq xaroratini ko`taradi va natijada suv bug`ining oxirigacha suvga aylanishini to`xtatib quyadi. Tog` jinslarida suv bug`i to`planadi, bu esa ularning tuyinishiga olib keladi va jinslarda yuqori bosim hosil bo`lganda suv bug`i yana xavoga ko`tarilib ketadi. Demak, kondensatsiya jarayonining ikki tomoni bor: suv bug`ini tuproqqa singdiradi va undan chiqarib yuboradi. Yer osti suvlarining asosiy qismi yog`in suvlarining tog` jinslari orasiga singishidan hosil bo`ladi. Yer osti suvi – bug` xolatdami, suyuq xoldami yoki qattiq xoldami, baribir, kanday holda bo`lmasin, yer yuzasidan ostki qavatlarda joylashgan suvdir. Bunday suv turli tog` jinslari qatlamlari orasida-granit, qumtosh, konglomerat va dolomitlar yorig`ida xamda karst bo`shligida; shag`al, qum, gil g`ovaklarida bo`lishi mumkin. Lekin xar xil jins suvni xar xil o`tkazadi. Masalan, gil, gilli slanetslar, argillitlar suvni juda yomon o`tkazadi, shu sababli ular amalda suv o`tkazmaydigan jinslar hisoblanadi. Umuman olganda yer osti suvlari bilan yer usti suvlari va atmosfera orasida bog`lanish bor. Yer osti suvlari quyidagi yo`llar bilan kamayadi: buloqlar orqali yer yuziga chiqadi, daryolar va ko`llarga oqib chiqadi, o`simliklarning ildizlariga surilib, barglari orqali bug`lanadi, tog` jinslari zarrachalari orasidagi kapillyar naychalar orqali bevosita yer yuzasiga chiqib, bug`lanib ketadi, ximiyaviy yo`l bilan jinslar tarkibiga kiradi va kishilar o`z maqsadlari uchun turli xil yullar bilan surib oladi. Tabiatda suv gruntlar tarkibida bug`, suyuq va qattiq xolatda uchraydi. Download 9.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling