7-ma’ruza trassalash. Erkin va jiddiy yurishdagi trassalashning asosiy qonun-qoidalar. Reja
Download 189.02 Kb.
|
7 MA’RUZA Trassalash Erkin va jiddiy yurishdagi trassalashning asosiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo’yicha nazorat savollari
Trassani rivojlantirish usullari. (4.1) yoki (4.2) formulalar bo`yicha aniqlangan hisobiy yo`l uzunligiga erishish uchun trassaning o`zaro farqli (har xil) rivojlantirish usullarini qo`llaydilar. Liniya kamroq rivojlangan bo`lsa, odatda, bir necha teskari, burilish burchagi 90° dan katta bo`lmagan egri chiziq yotqiziladi (4.5-rasm). Yo`lni ko`proq rivojlantirish ehtiyoji mavjud bo`lganida esa burilish burchagi 180° va undan katta bo`lgan egri chiziqlar joylashtiriladi. Halqalar va spirallar (burma chiziqli) ana shunday rivojlanishga misol bo`la oladi.
Trassa, daryo vodiysi bo`ylab borishda, yon tomondagi vodiyga kirib, uning yonbag`irlaridan biridan joylashgan, so`ng 180° va undan kattaroq burchak ostida ortiga burilgan, keyin esa tepaning boshqa etagi bo`ylab yana asosiy vodiyga chiqqan holda boshqa qiyalik bo`yicha qaytadan asosiy vodiyga chiqqan holida halqasimon ko`rinishda rivojlanishi mumkin (4.6-rasm). 4.5-rasm. Teskari egri chiziqlar bo`ylab joylashgan trassa. 4.6-rasm. Yonbag`irdagi vodiylarga kirishda halqasimon ko`rinishli trassa rivoji. Tor yonbag`irli vodiylarga kirish va ulardan chiqishda, shuningdek trassani ortga burishda tonnellar kerak bo`ladi. Yonbag`irli vodiylar bo`lmaganida halqalar vodiyning asosiy yonbag`rida joylashtirilishi mumkin (4.7-rasm). Bu hollarda, odatda, qiyaliklarda tonnellar, trassani vodiyning narigi yonbag`riga o`tkazish kerak bo`lganida – shuningdek ko`prik yoki viaduk tiklanishi talab etiladi. 4.7-rasm. Tog` daryosi vodiysidagi halqasimon trassa rivojlanishi Yo`lning spiral ko`rinishidagi rivojlanishi deb trassa 360° gacha burchak ostida burilib, turli darajada tonnel yoki o`tkazish yo`li qurish bilan kesib o`tadigan holatiga aytiladi. Murakkab sharoitli uchastkalarda trassa rivoji 4.8-rasmda keltirilgan. 4.8-rasm. Trassaning murakkab uchastkalardagi rivoji Mavzu bo’yicha nazorat savollari Erkin yurishni trassalashning asosiy tamoyillarini aytib bering? Zo`riqib yurishni trassalash tamoyillarini aytib bering? Trassani rivojlantirish usullarini aytib bering? 1 21 Ch. Satish, M.M. Agarwal, Railway engineering. Oxford University press. New Delhi. 2007 y. (91) Download 189.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling