1-Maruza. Avtomobil yo‘llari arxitekturasi Reja
Shovqindan himoyalovchi inshootlarning me’moriy-landshaft va estetik xususiyatlari
Download 1.76 Mb.
|
1 Maruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI
5. Shovqindan himoyalovchi inshootlarning me’moriy-landshaft va estetik xususiyatlari.
Shovqindan himoyalovchi inshootlar, atrof-muhitni transport shovqinlardan himoya qilish vositasi bo‘lib, ular yo‘lning elementi hisoblanadi, avtomobil yo‘lining ko‘rinishini shakllantiradi va texnik va estetik nuqtai nazardan belgilanadi. Shovqindan himoya qilish elementlarini loyihalashda yo‘lning tashqi uyg‘unligi umumiy talablariga muvofiq yo‘l tutish kerak. Arxitektura va landshaft dizaynining asosiy tamoyillaridan biri - haydovchilar tomonidan xavfsiz harakat rejimini tanlash uchun haydovchilarning vizual yo‘nalishi, shovqin to‘siqlari va ekranlar haydovchilarga uzoq masofani, shu jumladan, ko‘rinishdan tashqarida, yo‘l va yo‘l sharoitida o‘zgarishlarni oldindan ko‘rinishini ta’minlaydigan vizual mo‘ljal nuqtalaridan biri bo‘lishi kerak. Shovqindan himoyalovchi inshootlarning me’moriy va landshaft va estetik xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - yo‘lning yagona uslubini shakllantirish; - dominantlar tizimini yaratish; -mavjud landshaftni takomillashtirish; - mavjud landshaft kompozitsiyalarini ta’kidlash; - yagona fonni yaratish; - estetik bo‘lmagan joylarni obodonlashtirish; - hududlarni anglashni ta’minlash va yo‘llarni landshaft bilan bog‘lash uchun hududlarni shakllantirish. Shovqindan himoyalovchi inshootlar atrof muhitga mos keluvchi elementi bo‘lib oqilona nisbatlarga muvofiq bo‘lishi va tashqi muhit bilan "muvozanat" bo‘lishlari kerak, shuning uchun ular funksional bo‘lishi va me’moriy ortiqchalik bo‘lmasligi kerak. Shovqindan himoyalovchi inshootlarning estetik xususiyatlari yo‘lning har tarafidan va turli xil tezliklarda muhofazalangan maydondan baholanadi. Yo‘lda - 1 soniya ichida avtomobil 20-40 metrdan o‘tadi, piyoda harakatlanish tezligi 1,0 - 1,5 m /sek dan oshmaydi. Ushbu holat strukturaning shaklini, teksturasi va sirt bo‘yoq to‘qimasini tanlashda yo‘lning tarafidan ham, muhofaza qilinadigan hududdan ham hisobga olinishi kerak. Shovqindan himoyalovchi inshootlar har qanday manzaraviy xususiyati aniq ko‘rinish to‘qimalarga ega bo‘lishi lozim, uning ko‘rinishini haydovchi tomonidan xam oddiy tezlikda, nazoratdan chalg‘itmasdan va piyoda xam muhofazalangan hududdan baholashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Shovqindan himoyalovchi ekranlar va tuproq uyumlari mukammal muhandislik inshootlari bo‘lishi kerak. Shovqindan himoyalovchi ekranlarni loyihalashda, uning harakat yo‘nalishini, ishlatiladigan materialning to‘qimasini, uzun ekranlarni qisqa elementlarga ajratib olishni va shaklni ta’kidlashi lozim, bu ekranlar mavjud landshaft va qo‘shni binolarni hisobga olmagan holda yo‘lning yaqinida joylashgan tekislik sifatida qaralmasligi kerak. Shovqinlarni kamaytirishni ta’minlash uchun shovqindan himoyalovchi inshootlar sun’iy ko‘rinishda bo‘lmasligi kerak, mavjud joylarga begona bo‘lmasligi, avtomobil yo‘llarining tekis elementlarida ular bilan mos keladigan inshoot paydo bo‘ladi, lekin vertikal tekislikda joylashgan bo‘lib, bunday konstruksiyalarni chiroyli joylarda ishlatish tabiiy emas.Ekranning tekis yuzasida vertikal chiziqlarni chizish uning aniq balandligining o‘sishiga olib keladi. Ekranning tashqi ko‘rinishini monotonligini oshiradigan vertikal chiziqlar bo‘ylama yo‘nalishdagi choklar borligi yoki oraliq ustunlar, shuningdek bo‘yoq bilan sun’iy ajratish natijasida yuzaga keladi 1.3-rasm. Paneldagi dizayn xususiyatlariga va ekranning bo‘linishiga qarab shovqindan himoya qilish ekranlarining turli xil variantlari Ko‘pchilik shovqindan himoya qilish inshootlarining kamchiliklari shovqindan himoya qiliuvchi tekis ekranlarning gorizontal chiziqlari bo‘lib, ular yig‘ma konstruktiv panellari orasidagi choklar ko‘rinishida, yoki balandlik bo‘yicha tekislikning ajralish qismida bo‘ladi. Ko‘ndalang kesimdagi o‘zgaruvchan panellarning nisbati va asosiy ekran o‘lchamlarini mumkin bo‘lgan joylarda «oltin kesim» qoidasiga ko‘ra tanlanishi tavsiya etiladi. Birlashtiriladigan ekranlar holatida odatda shaffof materiallardan tayyorlangan yuqori qismning maydoni umumiy ekran yuzasining 20-30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 1.4-rasm. Birlashtirilgan ekranning yuza maydonlarining nisbati Tuproq uyumlariga binoning yon tarafidan ham, yo‘l tomonida ham daraxtlar ekish ekran balandligini vizual ravishda kamaytirish mumkin, bu esa baland devor sifatida qabul qilinmaydi 1.5–rasm. Birlashtiriladigan inshoot «tuproq uyumi-ekran» ekranning balandligini vizual qisqartirish imkonini beradi Ekranning balandligini vizual qisqartirish bo‘ylama elementlarni qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Uzun shovqindan himoyalovchi ekrandagi gorizontal chiziqlar uni vizual pastroq ko‘rsatadi, 1.7-rasm. Ekran yuzasiga monotonlikni va konstruksiyaning haddan tashqari uzunligini buzishda pilasterlar yoki hajmli qovurg‘alarni taqsimlanishi orqali ajratish mumkin 1.7-rasm. bo‘ylama elementlarning qo‘shilishi sababli ekran balandligidagi vizual kamayishi. 1.6-rasm Ekranning yuqori to‘lqinli qismi uning balandligini kamaytiradi 1.8-rasm. Qovurg‘ali konstruksiya qurilishi va shaffof elementlarning kiritilishidan kelib chiqadigan ekranlarning estetik sifatini oshirish. 1.9 +7 904 781 99 32 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI 1.James D. Claridge "Landscaping for the Southwest Desert" Бабков В.Ф. Ландшафтное проектирование автомобильных дорог. - М.: Транспорт, 1980. - 189 с. 2.Бабков В. Ф. Современные автомобильные магистрали. - М.: Транспорт, 1974. - 280 с. 3.Бена Э., Госковец И., Штикар И. Психология и физиология шофера. - М.: Транспорт, 1965. - 190 с. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling