№1 Mа’ruzа Avtomobil yoʻllarini qurishda yoʻl qurilish materiallarining oʻrni va ahamiyati Rеjа


Download 468.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi468.48 Kb.
#1006375
Bog'liq
1-Mа\'ruza 093101



№1 Mа’ruzа 
Avtomobil yoʻllarini qurishda yoʻl qurilish materiallarining oʻrni va 
ahamiyati 
Rеjа: 
1. Oʻzbekiston Respublikasida qurilayotgan yangi avtomobil yoʻllari va ularda yoʻl 
qurilish materiallariga boʻlgan ehtiyojlar. 
2. Yoʻl qurilish materiallarini yoʻl toʻshamalarida ishlash sharoitlari va ularga 
qoʻyiladigan umumiy talablar.
3. Tegishli me‟yoriy hujjatlar haqida ma‟lumotlar. 
Bundan necha yuz yillar avval xalqlarni bir – biri bilan bog„lagan karvon 
yo„llari bugun magistral yo„llarga aylandi. Shunday yo„llardan biri Buyuk Ipak 
yo„lidir. Mag„ribu, mashriqni bog„lagan, xalqlar tarixi va taraqqiyotining eng 
kuchli xalqalaridan biri bo„lgan Buyuk Ipak yo„li dunyoga mashhur Buxoro , 
Samarqand, Qo„qon va O„sh shaharlari orqali Qashqardan o„tib, yo„nalishini 
davom ettirgan. Bu yo„nalish Yevropa qit‟asini Osiyoning okean sarhadlari bilan 
bog„laydigan va xalqaro miq‟yosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim 
artyeriya hisoblanadi. Hozirda esa “Transkontinental yo„nalishi” deb nom olgan.
Prezidentimizning tashabbusi bilan “ Buyuk Ipak yo„li” ni tiklash to„g„risidagi 
qonunni qabul qilinishidan, transport yo„lagi bo„yicha xalqaro anjumanlarda 
qatnashib, shartnomalar, bitimlar tuzilishi, ayniqsa “Yevropa –Kavkaz- Osiyo” 
transport yo„lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish bo„yicha olib borilayotgan ishlardan 
maqsad portlarga, dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va O„zbekistonning rivojiga 
rivoj qo„shishdir. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovni avtomobil 
yo„llarini rivojlanishiga katta ahamiyat byerishlari, ayniqsa “Avtomobil yo„llari 
to„g„risidagi” qonun 2 oktyabr 2007 №PQ-117 da qayta ko„rib chiqishi, ushbu 
qonunning maqsadi avtomobil yo„llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish 
va ulardan foydalanish bo„yicha 30ta modda keltirilib, unda idoralar va 
korxonalarga qarashli avtomobil yo„llari birgalikda xo„jalik avtomobil yo„llari 
deb, hamda shahar va boshqa aholi punktlari tasnifi qo„shilgan. Respublikamiz 
bo„yicha barcha turdagi transportlarda tashilayotgan yo„lovchilarning 96,6%, 
yuklarni esa 81,3% aynan avtomobil transporti hissasiga to„g„ri keladi. Demak, 
mamlakatimizda bu transport vositasiga talab katta. Yo„l tarmog„ini umumiy 
uzunligi respublika bo„yicha 183,000 km. Keyingi 2005-2010 yillar ichida 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov va Vazirlar maxkamasi tomonidan 
chiqorilgan qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar avtomobil yo„llarini 
yanada yaxshilashni maqsad qilib qo„ygan. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari va 2011 yilga mo‟ljallangan eng muxim ustuvor yo„nalishlarga 
bagishlangan O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisidagi “ 
Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz 
farovonligini oshirishga xizmat qiladi “ mavzusidagi ma‟ruzasida qayd etilganidek, 


bizning 2011 yilgi va istiqbolga mo‟ljallangan iqtisodiy dasturimizni amalga 
oshirishda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va 
jadal ravishda rivojlantirish ustivor yo„nalishga aylanishi darkor. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan O„zbekiston xalqining boyligi va 
mamlakatimizning “qon tomirlari” bo„lgan va bugungi ko„nda 42654 kilometr 
uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llari, jumladan 3979 km xalkaro, 
14069 km davlat, 24606 km maxalliy axamiyatidagi avtomobil yo„llari  texnik soz 
xolatda asraldi, sakdandi, rivojlantirildi, takomillashtirildi. Har qanday ob-xavo 
sharoitida transport vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz qatnovi ta‟minlanib 
kelinmoqda. O„tgan 20 yilda jami 23002 km.lik yo„l ishlari bajarilib, jumladan 
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llarida 2722 kilometrdan ortiq yangi yo„llar 
qurildi va rekonstruksiya qilindi, 3800 km avtomobil yo„llarida mukammal 
ta‟mirlash va 21978 km avtomobil yo„llarida o„rta ta‟mirlash ishlari amalga 
oshirildi. Shuningdek o„tgan davrda 175 dona umumiy uzunligi 6645 km bo„lgan 
ko„priklar, 19 dona 3938 km. Yo„l o„tkazgich va transport yechimlari ko„rildi va 
rekonstruksiya qilindi. Jumladan , birgina A-373 “M-39 avtomobil yo„li-
Guliston-Bo„ka-Angren-Qo„qon va Andijon orqali-O„sh (M39 avtoyo„li
(918km)-Sardoba-Bo‟ka-Oxangaron-Angren-Qo„qon-Shaxrixon-Andijon-O„sh‟‟ 
avtomobil yo„lining “Toshkent –O„sh” yo„nalishi bo„yicha “Qamchiq” va 
“Rezak” dovonlarida 2,5 kilometrlik tonnellar qurgan xolda 13 km yangidan va 
108-214 kilometrlari oralig„i qayta ta‟mirlandi. Shuningdek, mazkur yo„lning 
Farg„ona, Andijon viloyatlari xududlaridan o„tgan qismi to„liq ta‟mirdan chiqarildi 
va yo„l to„liq 2 tasmalidan 4 tasmali yo„lga o„tkazildi, yangidan 57 km lik Ko„kon 
shaxrini aylanib o„tish yo„li qurildi. 
Mamlakatimizda har yil o„rta hisobda 170-250 kilometr yo„l qurilmoqda yoki 
rekonstruksiya qilinmoqda, qariyb 1500 kilometrdan ortiq yo„llar o„rta va kapital 
ta‟mirdan chiqarilmoqda. 
Yuqorida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Maxkamasi 
tomonidan keyingi 2006-2010 yillardagi qaror va farmoishlarda ko„tarilgan 
masalalar bo„yicha ko„rilgan chora- tadbirlar: 
”O„zavtoyo„l” DAK ni tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo„yicha 
o„zgartirishlar qilindi. “2007-2010 yillarda umum foydalanuvdagi yo„llarni 
qurilishini rivojlantirish chora- tadbirlari” qaroriga ko„ra ”O„zavtoyo„l” DAK 
tomonidan qurilishni rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo„yicha 
quyidagilarni hisobga olgan holda yo„llarni hozirgi holatini va transport vositalari 
harakatini o„sib borish jadalligini aniqlash; 
I – toifadagi yo„llarni 557 kmga, ko„priklar va yo„l o„tkazgichlarning
umumiy uzunligini 2743 km ga uzaytirish, shuningdek Respublika ichidagi yuk 
va yo„lovchi tashishni 60-70% ga oshirish va xalqaro va tranzit yuk tashishlarni 
o„rtacha 45-55% ga shu jumladan “Qo„ng„irot-Beynov” yo„nalishida 2,5-3 baravar 
ko„paytirishni ta‟minlash imkonini byerdi. 


Avtomobil yo„llarini, avvalo xalqaro va davlat axamiyatiga ega yo„llarning 
transport-ekspluatatsiya sifatlarini xalqaro me‟yorlar va standartlar talablari 
darajasiga. Ko„tarish, yuklar va yo„lovchilarni tashishning barcha yo„nalishlari 
bo„yicha raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish, xamda avariyalarni kamaytirish 
ko„rilgan 
Prezidentimiz tomonidan chiqorilgan 2009-2014 yillarda O„zbekiston milliy 
avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora tadbirlari to„g„risidagi 
PQ -1103-qaroriga asosan O„zbekiston milliy avtomagistralini yo„nalishlarini nomi 
va unga kiradigan avtomobil yo„llari bo„yicha 2009-2014 yillar ichida quriladigan 
transport yechimlari ko„priklar, yo„l o„tkazgichlar va yo„lni texnik parametrlarni 
oshirilishi hamda 4 polosali sementobeton qoplamali yo„lni uzunligi 400km, 4 
polosali asfaltobeton qoplamali yo„lini uzunligi 813 km, 2 polosali asfaltobeton 
yo„li 288 kmga, shuningdek yo„l poyini 1026 km ko„prik va yo„l o„tkazgichni 
qurish va rekonstruksiya qilish 1488 pm hamda ta transport razvyazkani qurish 
rejalashtirilgan. 
Avtomobil yo„li A-373 “Toshkent - Osh ” ni “Qamchiq” dovonidan 16,2 
mln.tn xajmidagi yuklarni tashish shuningdek bu bo„laklarda 2009 –yilni boshida 
10415 avt/sut yilning o„rtasida esa 15851 avt/sut, jadal vaqtida esa 18250 avt/sut. 
bo„lishi ko„rilgan “Qamchiq” dovonida yil bo„yi 27 yanvarda 2010 yilda 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini majlisi bo„lib, halqaro 
ahamiyatdagi “Toshkent – Osh” yo„lini 116-214 km ni xolatini yaxshilash 
masalasiga oid ko„riladigan chora - tadbirlarni ko„rish, chunki temir yo„l transporti 
bo„yicha tashiladigan yukni 4,0 mln.tn.si. “Toshkent - Osh” avtomobil yo„lini 
“Qamchiq” dovoniga yo„naltirilishi bo„ldi.
O„zbekiston xududlaridan 22% dan ortig„i tog‟„li rayondan iborat. Tog‟„li 
yyerlarni murakkab relefi avtomobilni xavfsiz harakati va ishlash tartibiga ta‟sir 
qiladi. Tezlikka va xavfsiz harakatga plandagi kichik egrili radiusi va katta 
bo„ylama qiyaliklari ta‟sir etadi. O„zbekistondagi tog‟„li yyerlardan o„tadigan tog‟„ 
yo„llari 3 % ni tashkil etadi. Shuningdek, yo„llardan foydalanishni yaxshilash, 
xavfsiz harakatni oshirish maqsadida 8688 ta yangi yo„l belgilari: 31136 ta 44,5 
km yo„l to„siqlari, 26486 ta yo„naltiruvchi; ustunchalar 168,5ni piyodalar yo„lagi 
ta‟mirlandi 235ta avtobus bekatlari 483ta avtobus bekatlari qurildi va ta‟mirlandi. 
2007 yilda qilingan ishlar, asosan M-37, A-373, M-39, A-380 yo„llar bo„yicha olib 
borilib, 91629,3 mln. So„mlik ishlar bajarilib, 2006 yilga nisbatan 275,9% tashkil 
qildi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining transport infratuzilmasiga alohida 
e‟tibori tufayli 2009 yil 22-apreldagi PK-110Z-sonli “2009-2014 yillarda O„zbek 
milliy avtomagistralini rekonstruksiya kilish va rivojlantirish bo„yicha chora-
tadbirlari to„g„risida”gi, 2009 yil 22-oktyabrdagi PP 277-sonli “O„zbek milliy 
avtomagistrali bo„ylab yo„l infratuzilmasi va syervisini rivojlantirish chora-
tadbirlari to„g„risida”gi, 2010 yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli “2011-2015 
yillarda tranport va kommunikatsiya qurilishi infratuzilmasini rivojlantirishni 


jadallashtirish to„g„risida”gi Qarorlari asosida maqsadli Dasturlar qabul qilinib 
amalga oshirilmoqda. O‟tgan 20 yil da xalqaro va davlat axamiyatidagi 3722 
kilometrdan ortiq yangi yo„llar qurildi va rekonstruksiya qilindi. Xususan 2755 
kilometrlik O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-
1446-sonli “2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya qurilishi 
infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish to„g„risida”gi qaror bilan tuzilgan 
Dastur asosida 2012-2015 yillarda mazkur qaror asosida 2306 km yo„l ( shundan 
1410 km O„zbek Milliy avtomagistrali tarkibidagi avtomobil yo„llar) quriladi va 
rekonstruksiya qilinadi. 
Qarorning 
yana bir muxim jixati shundaki, O„zbek milliy 
avtomagistrali bo„ylab yo„l yoqasi infrastrukturasi va syervisini maqsadli 
tashkil qilish ko‟zda tutilganligidadir. Jumladan, 2011–2015 yillarda O„zbek 
milliy avtomagistrali bo„ylab yo„l yoqasi infrastrukturasi va syervisini 
rivojlantirish bo„yicha yo„l yoqalarida jami – 240 ta jumladan, 19 joyda 
kemping, 18 joyda motel, 36 joyda ko„p yonilg‟ili avtomobillarni yoqilg‟i bilan 
ta‟minlovchi shaxobchalar, 49 joyda avtog‟az to‟ldiruvchi kompressorli 
stansiyalar,78 joyda avariya chaqiruv va tibbiy tez yordam xizmati punkti, 31 joyda 
sanitar gigiena shart-sharoitlariga ega bo„lgan avtomobillarni qisqa to„xtash 
maydonchalari, 9 joyda turizmning barcha sharoitlariga ega bo„lgan ob‟ektlari 
beriladi. 
Yo„nalishlar 
bo„yicha 
esa 
Beynov-Qo‟ng‟irot-Buxoro-Navoiy-
Samarqand-Toshkent-Andijon yo„nalishida 169 joyda, Buxoro-Olot yo„nalishida 
12 joyda, Buxoro-Qarshi-G‟uzor-Tyermiz yo„nalishida 43 joyda, Samarqand-
G„uzor yo„nalishida 16 joyda yo„l yoqasi infrastrukturasi va servisi
ob‟ektlari quriladi. 
Xulosa o‟rnida aytish mumkinki yangi yo„llarni barpo etilishi va eskilarning 
qayta ta‟mirlanishi xududlarga yangi xayot nafasini olib keladi. Katta xajmdagi 
qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xizmat ko„rsatish tarmoqlari bilan 
birga yangi uy-joylar barpo etiladi. Yo„llarning rivojlanishi insonlarni bir-biriga 
yaqinlashtirish bilan birga ular uchun ko„plab imkoniyatlar xam yaratib beradi. 
 
 
Nazorat savollari: 
1. Avtomobil yo‘llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini 
qanday baxolaysiz ? 
2. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining zamonaviy 
xolati xaqida nimani bilasiz ? 
3. O‘zbek milliy avtomagistrallarini barpo etish xaqida qanday qaror va 
farmoyishlar chiqarilgan ? 
4. Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati xaqida qanday tushunchaga 
egasiz? 

Download 468.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling