O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosati
O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar quyidagilardan iborat:
Me’yoriy-me’yoriy hujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish;
Telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish;
AKT va internet tarmog‘ida milliy segmentini rivojlantirish;
AKTni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalarni ko‘paytirish;
AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasinin oshirish;
Qishloq va chekka xududlarda AKTni rivojlantirish istiqbollari.
Ko‘rishimiz mumkinki, birinchi navbatda AKT sohasida me’yoriy-me’yoriy hujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Hozirgi kunga qadar axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi quyidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud:
O‘zbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta FarMa’lumotlar bazasini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Quyidagi jadvalda axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |