1-Ma’ruza. Axborot texnologiyalarining paydo boʻlishi va shakllanish bosqichlari. Reja
Elektron hujjat almashish tizimlari
Download 102 Kb.
|
1-maruza
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisidir.
Internet tarmog‘ida nafaqat hujjat almashinuvini, balki tijorat ishlarini ham yo‘lga qo‘yilgan. Elektron tijorat Internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda harid qilish, sotish, servis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. Elektron tijorat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 613-P son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Axborot texnologiyalarining ta’limga chuqur ta’siri natijasida pedagogika (ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fan)ning tarkibiy qismi sifatida elektron pedagogika kirib kelmoqda. Unda pedagogik jarayonda axborot-kommunikasiya va interaktiv texnologiyalaridan, ta’limda Internet resurslaridan foydalanish, Internet tarmog‘ining asosiy xizmatlari, jumladan Ziyonet.uz va boshqa ta’lim portallari resurslari bilan ishlash, Internet tarmog‘ida pedagoglarning, talabalarning elektron muloqot muhitida jamoa bo‘lib ishlash, blog, forum va tematik chatlarni tashkil etish, pedagoglarning tarmoqdagi hamkorligi bilan bir qatorda pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini tashkil etish, axborot texnologiyalari vositasida pedagogning elektron portfoliosini shakllantirish, elektron axborot-ta’lim muhitida pedagogik jarayonni loyihalashtirish, ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE tizimida ishlash nazarda tutiladi. Pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan foydalanish, ular yordamida elektron darsliklar, trenajyorlar, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini yaratish usullarini bilish, MisrosoftWord, Excel, Power Point va boshqa dasturlarida elektron o‘quv-metodik materiallarini yaratish usullariga ega bo‘lish bilan birga Web 2.0/3.0 texnologiyalari yordamida elektron didaktik materiallarni yaratish va ta’lim jarayonida qo‘llash chet tili o‘qituvchisi mahoratini belgilashning muhim omillaridan deb hisoblanadi. Download 102 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling