1-ma’ruza bino konstruktsiyalarining texnik xolati bo’yicha yakuniy xulosa tuzish


Download 15.95 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi15.95 Kb.
#1541710
Bog'liq
1-маъруза

1-MA’RUZA

Bino konstruktsiyalarining texnik xolati bo’yicha yakuniy xulosa tuzish


Tekshirish bo’yicha qilingan ishlarning to’la tsikli tutagandan so’ng ko’rilayotgan ob’ekt bino va inshootlarning texnik xolati haqida xulosa tuziladi. Xulosa quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:


1. Vazifa-mazkur ishning bajarilishiga bo‘lgan asos;
2. Foydalanilgan boshlang’ich manbalar texnik xujjatlar;
3. Ob’ektga xizmat ko’rsatish va tekshirish kim tomonidan va qachon bajarilgan?
4. Ob’ektning me’moriy-rejaviy yechimi, texnikaviy vazifasi va ekspluatatsiya qilish sharoitani qisqacha tavsifi;
5. Zamin, poydevor va yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarning fizik-mexanik tavsiflari xaqidagi ma’lumotlar kirgan asliy tekshiruvning natijalari. Binoning mustaxkamligi va bikirligini pasaytiruvchi topilgan tavsifli nuqsonlar;
6. Tekshiruv hisoblashlarining natijalari;
7. Zamin, poydevor va yer usti konstruktsiyalarining yuk ko’tarish qobiliyati haqida xulosalar;
8. Kuchaytirish bo’yicha (ehtiyoj bo’lganda) birinchi navbatdagi tadbirlar;
9. Texnika xavfsizligi bo’yicha tadbirlar.
Sanab o’tilgan punktlardan eng asosiysi 7- punktdir.
Konstruktsiyaning xususiy og’irligidan tushadigan doimiy yuklar, elementning zichligi va haqiqiy o’lchamlarini aniqlash asosida o’rnatilishi lozim. Po’lat va og’ir beton uchun zichlik ma’lumotnomalar yordamida o’rnatiladi. Namunalarning zichligi orqali xususiy og’irlikni topib, yukni aniqlash usuli va hajmini hisoblab zichlik aniqlanadi. Bu esa, dastlabki ma’lumot bo’lib, haqiqiy yuk shu orqali topiladi. Vaqtinchalik, uzoq muddatli yuklarni me’yorlar va pasport ma’lumotlarida yoki ishchi chizmalarda, ular bo’lmaganda esa o’lchamli chizmalardan foydalanib topiladi. Ekspluatatsiya qilinayotgan ob’ektlardagi vaqtinchalik va qisqa muddatli tasir etuvchi yuklarni aniqlash uchun me’yoriy yoki pasportdagi ma’lumotlardan foydalanish lozim, ammo bunda haqiqiy tavsiflar va kattaliklarni hisobga olishga yo’l qo’yiladi. Bino va inshootlarning tekshirilayotgan qurilish konstruktsiyalarini tekshiruv xisobi 2 bosqich bo’lish mumkin:

  1. Ayrim elementlarning yuk ko’tarish qobiliyati II-guruh chegaraviy xolat bo’yicha xisoblash.

2. Konstruktsiyalarda tashqi yuklardan bo’ladigan kuchlanishni va rekonstruktsiyalash uchun bo’lgan loyixa vazifasiga tegishli ta’sirlarni aniqlash.
Konstruktsiyalarni hisoblab, tekshirilishi zarur bo’lganlar ichida ikki guruhni ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Hech qanday defektsiz va shikastlanmagan;
2. defektli.
Tekshiruv natijalarini qayta ishlash jarayonida konstruktsiya materiallarining loyihada berilgan va sinov vaqtida olingan mustaxkamlik tavsilot natijalari.
Bino va inshootlarning texnik xolati haqidagi xulosa ob’ektning qurilish qismini rekonstruktsiyalashning maqsadga muvofiqligi haqidagi dastlabki qaror uchun asos bo’lib xizmat qiladi.



Download 15.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling