1-ma’ruza: buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi reja


Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi


Download 78.54 Kb.
bet13/18
Sana25.04.2023
Hajmi78.54 Kb.
#1396028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-mavzu. (1)

Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi.
Hisob ishlari grafiklarining asosiymaqsadi xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hisob xodimlarining mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi mumkin.
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan qanday ishlar vaular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi.
Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (xafta, oy, chorak va h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi.
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiybo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish (inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarni tuzish va sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda korxona bo‘yicha butun hisob-jarayoni umumlashtirilgan holda aks ettiriladi.
Uning bajarilishi uchun korxona bosh buxgalteri mas'ul hisoblanadi.
Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida tuzilib, ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi quyish ko‘zda tutiladi.
Buxgalteriya apparati va uning tashkiliy tuzilmasi
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni bosh buxgalter boshqaradi. Korxonalarda buxgalteriya hisobiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi. O‘z navbatida bosh buxgalter ma’muriy tomondan korxona rahbariga, hisob ishlarini yuritish bo‘yicha esa, tegishli yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo‘ysinadi.
Bosh buxgalterga quyidagi vazifalar belgilanadi:

  • hisob ishlarini to‘g‘ri tashkil etish;

  • korxona mulkchiligini saqlanishini nazorat etish;

  • korxona tovar moddiy boyliklari oqilona sarflanishini ta’minlash;

  • korxona tovar moddiy boyliklaridan samarali foydalanishini o‘rnatish;

  • xo‘jalik jarayonlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri hujjatlashtirishni ta’minlash, hujjat aylanishini to‘g‘ri tashkil etish;

  • hisob ma’lumotlari to‘g‘riligini, mulkchilik saqlanishini ta’minlash maqsadida investisiyani belgilangan muddatda, o‘rnatilgan tartib va o‘tkazilishini va natijalar o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;

  • smeta va moliya tartiblariga rioya etilishini nazorat etish.

Bosh buxgalter yuqoridagi vazifalarni bajarishda buxgalteriya barcha xodiimlari uning ko‘rsatmalarini bajarishidan keng foydalaniladi. Buxgalteriya hamma bo‘limlarida qayta ishlangan hujjatlar o‘rnatilgan muddatda bosh buxgalterga topshirilishi shart.
Hujjat yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy hisobotlarining barcha shakllarini rahbar bilan birga bosh buxgalter ham imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ma’muriy boshqaruv tizimida buxgalterlar xo‘jalik jarayonlarini ro‘yxatga oluvchi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa, raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida uning vazifalariga tahlil, nazorat, ma’lum bir miqyosida menejment hamda marketing sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish ham kiradi.
Korxona bosh buxgalteriga qonunchilikka xilof va shartnoma hamda moliyaviy intizomga zid hujjatlarni rasmiylashtirish va bajarishga qabul qilish ta’qiqlanadi. Shunday hujjatlarga faoliyat davomida duch kelgan bosh buxgalter, korxona rahbariga yozma ravishda xabar bermog‘i kerak. Korxona rahbaridan yozma ravishdagi buyruqni yoki yuqoridagi kabi xujatlarda korxona rahbarini ikkinchi imzosi qo‘yilganidan so‘ng, bosh buxgalter uni bajarishga kirishadi. Bunday holatlarda sodir etilgan jarayonlarni qonuniyligiga korxona rahbari to‘liq javobgar hisoblanadi.
Moddiy javobgarlik shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalar) tayinlash, almashtirish va bo‘shatish bosh buxgalter roziligi bilan amalga oshiriladi.
Bosh buxgalter bo‘shayotganida yangi bosh buxgalterga (agar yangi bosh buxgalter belgilanmagan bo‘lsa, korxona rahbari buyrugi bilan tayinlangan xodimga) barcha buxgalteriya ishlari topshiriladi. Bunday holatda buxgalteriya hisobi holati tekshiriladi, shuningdek hisobot ma’lumotlari xaqikiyligi aks ettirilgan va korxona rahbari tasdiqlangan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini hozirgi zamon talabiga to‘liq javob berishini ta’minlashni yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo‘limi xodimlarini ish joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyini oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan, xodimlarni sog‘ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi.

Download 78.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling