1-ma’ruza: buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi reja


Download 78.54 Kb.
bet17/18
Sana25.04.2023
Hajmi78.54 Kb.
#1396028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-mavzu. (1)

Hujjatlashtirish – bu sodir bo‘lgan muomalani dastlabki ro‘yxatga olish usulidir. Hujjatlarda xo‘jalik muomalalarining mazmuni, ularning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarining to‘g‘riligi uchun mas'ul shaxslar imzolari bilan tasdiqlanib, ularning dalillovchi kuchi ta’minlanadi. Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlay turib, mulklarning saqlanishini qat’iy nazorat qilish, tejamkorlikka rioya qilish va xo‘jalik faoliyati jarayonida mablag‘lardan maqsadli foydalanishning muhim shartidir. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mavjud mablag‘lar bilan bir xil bo‘lmog‘i kerak. Bunday bir xillikni ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish kerak.
Inventarizatsiya – bu sanash, tortish, o‘lchash va boshqa yo‘llar bilan korxona mol-mulkini ro‘yxat qilish, olingan ma’lumotlarni buxgalteriya ma’lumotlari bilan solishtirish, aniqlangan kamomad, ortiqcha chiqish, nobudgarchilik vahokazolar tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida rasmiylashtirish, bu farqlarning sabablarini va aybdorlarini aniqlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobi schotlari– bu korxona mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va nazorat qilish usulidir. Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir guruhi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini guruhlashda schotlardan foydalaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv – xo‘jalik operatsiyalarni bir schyotning debetida, ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirishdir. Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schotlarida aks ettirish ikki yoqlama yozuv usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, moddiy boyliklar sotib olish redm bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bir tomondan moddiy boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu muomala aks ettirilganda sotib olingan materiallarning kirimi va mol yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol etkazib beruvchi bu muomalani aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan materialning kamayishini o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.
Baholash – bu hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash usulidir. Buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aks ettirish uchun hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik muomalalarining natura va mehnat o‘lchovi ko‘rsatkichlarini pul ifodasida baholash kerak. U har xil narsalardan tarkib topgan xo‘jalik mablag‘larini yagona pul ifodasida ko‘rsatish imkonini beradi. Korxonalar mablag‘larini baholashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi asos bo‘ladi. Hujjatlarda aks ettirilgan va pulda baholangan barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schotlariga yoziladi.
Kalkulyatsiya –ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning bir birlik tannarxini aniqlash hisob–kitobi aks ettirilgan jadval. Mahsulot (ish, xizmat) bir–birligini, tannarxini aniqlash jarayoni kalkulyatsiya qilish (tannarxini aniqlash) deyiladi. Kalkulyatsiyaning rejadagi, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot kabi turlari mavjud. Hisobot kalkulyatsiyalari buxgalteriya hisobi schotlaridagi yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulyatsiyalash qoidalarini yuqori organlar belgilaydi va ular barchakorxonalar uchun majburiydir.

Download 78.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling