1-ma’ruza C++ da Sinflar va obyektlar. Konstruktor va destruktor. Sinf usullari reja


Download 86.61 Kb.
bet1/23
Sana09.06.2023
Hajmi86.61 Kb.
#1472539
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Algoritmlashga kirish fanidan majmua


1-ma’ruza C++ da Sinflar va obyektlar. Konstruktor va destruktor. Sinf usullari
REJA:
1. C++ da sinf yaratish va foydalanish bilan tanishish.
2. Turli sinflarni yaratish (C++, Dev C++, Borland Builder ).
3. Sinf o‘zgaruvchilari va funksiyalarini yaratish bilan tanishish.
4. Sinflardan foydalanishni o‘rganish.
Sinflar va sinf a’zolari
Yangi tip sinfni e’lon qilish bilan tuziladi. Sinf - bu bir – biri bilan funksional orqali bog‘langan o‘zgaruvchilar va metodlar to‘plamidir. Sinflarga amaliyotdan ko‘pgina misollar keltirish mumkin. Masalan, avtomabilni g‘ildirak, eshik, o‘rindiq, oyna va boshqa qismlardan tashkil topgan kollekstiya yoki haydash tezligini oshirish, to‘xtatish, burish imkoniyatlariga ega bo‘lgan obyekt deb tasavvur qilish mumkin. Avtomobil o‘zida turli ehtiyot qismlarni va ularni funksiyalarini inkapsulyastiya qiladi. Avtomobil kabi sinfda ham inkapsulyastiya qator imkoniyatlarni beradi. Barcha ma’lumotlar bitta obyektda yig‘ilgan va ularga osongina murojaat qilish, ularni o‘zgartirish va ko‘chirish mumkin. Sizning sinfingiz bilan ishlovchi dasturiy qismlar, ya’ni mijozlar sizning obyektingizdan, uning qanday ishlashidan tashvishlanmasdan, bemalol foydalanishlari mumkin.
Sinf o‘zgaruvchilarning ixtiyoriy kombinastiyasidan, shuningdek boshqa sinflar tiplaridan iborat bo‘lishi mumkin. Sinfdagi o‘zgaruvchilar o‘zgaruvchi –a’zolar yoki xossalar deyiladi. Sar sinfi o‘rindiq, radiopriyomnik, shina va boshqa o‘zgaruvchi - a’zolardan iborat. O‘zgaruvchi – a’zolar faqatgina o‘zlarining sinflarida yotadilar. G`ildirak va motor avtomobilning qanday tarkibiy qismi bo‘lsa, o‘zgaruvchi – a’zolar ham sinfning shunday tarkibiy qismidir.
Sinfdagi funksiyalar odatda o‘zgaruvchi a’zolar ustida biror bir amal bajaradilar. Ular funksiya – a’zolar yoki sinf metodlari deb aytiladi. Mashina sinfi metodlari qatoriga Haydash() va Tuxtatish() metodlari kiradi. Mushuk sinfi hayvonni yoshi va og‘irligini ifodalovchi o‘zgaruvchi – a’zolarga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu sinfning funksional qismi Uxlash(), Miyovlash(), SichqonTutish() metodlaridan iborat bo‘ladi.
Funkstiya – a’zolar ham o‘zgaruvchi a’zolar singari sinfda yotadi. Ular o‘zgaruvchi a’zolar ustida amallar bajaradi va sinfni funksional imkoniyatlarini aniqlaydi.

Download 86.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling