1-Ma’ruza: Dasturlash tillari faniga kirish
Reja:
-
Dasturlash tillari va ularning tasnifi
-
Sintaksis va semantika
-
Yuqori bosqich programmalash tillari xususiyatlari
-
Mashinaga moslashgan til
Tayanch so’z va iboralar: Mashina tili. Assembler. Yuqori darajali til. Protsedurali til. Sintaksis. Semantika.Vizual dasturlash. Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash.
-
Dasturlash tillari va ularning tasnifi
Dasturlash tili formal belgilar tizimi bo’lib, algoritmlarni ifodalash uchun mo’ljallangan. Dasturlash tili kompyuter dasturlarida foydalaniluvchi leksik, sintaktik va semantik qoidalar majmuasini aniqlaydi. Dasturda kompyuter qaysi hodisalarga javob berishi, berilganlarning qanday saqlanishi va uzatilishi va turli holatlarda ushbu berilganlar ustida qanday amallar bajarilishi belgilab beriladi.
Dasturlash tillari turlari:
-
Sinflashtirilmagan dasturlash tillari
-
XML- sifatli dasturlash tillari
-
Strukturali dasturlash tillari
-
Protsedurali dasturlash tillari
-
Mantiqiy dasturlash tillari
-
Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tillari
-
Funksional dasturlash tillari
-
Sanoatni avtomatlashtirish dasturlash tillari
-
Ezoterik dasturlash tillari
-
Parallel dasturlash tillari
Dasturlash tillari rivojining birinchi qadamlari. Birinchi EHM lar uchun dasturlarni dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko’rish orasida ancha vaqt o’tar edi. Bunday muammolarni еchish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi. Dasturchilar mеhnatini iqtisod qiluvchi bunday “jixoz” o’rnini qism dasturlari egalladi. 1944 yil avgustida rеlеli “Mark-I” mashinasi uchun Grеys Xoppеr (dasturchi ayol, AQSh ning dеngiz ofitsеri) boshchiligida sin x ni hisoblovchi qism dasturi yozildi. Grеys Xoppеrdan boshqalar ham bu ishda ortta qolmadilar. 1949 yilda Jon Mouchli (ENIAK EHM si ixtirochilaridan biri) yuqori darajali dasturlash tillarining dastlabkilariga asos bo’lgan Short Code sistеmasini ishlab chiqdi. 1951 yilda Grеys Xoppеr birinchi bo’lib A-O kompilyatorini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |