1-Ma’ruza: Dasturlash tillari faniga kirish Reja
Download 436.03 Kb.
|
1-Ma’ruza Dasturlash tillari faniga kirish Reja
Delphi 1.Birinchi versiya 1995 yil mayda ishlab chiqarilgan, bu paytda Windows 95 chiqib ulgurmagan edi. Bu – 16 razryadli Windows 3.1 boshqaruvi asosida ishlovchi yagona kompilyator edi. Birinchi marta ob’yektli – boshqarish tillaridan farqli o’laroq yangi olingan ob’yektlar modeli qo’llanilib ko’rilgan. Bu model juda katta inqilobga sabab bo’ldi. Endi Turbo Pascaldagi ob’yektlar keraksiz bo’lib qoldi, ularning o’rniga yangi modellar sinfi kirib keldi. 1- versiya komponentlar kutubxonasi birinchi o’rinda ma’lumotlar bazasini dasturlashga qaratilgan. Bundan so’ng barcha versiyalarning komponentlar kutubxonasida maxsus BDE ma’lumotlar bazasi mashinasi, hamda ma’lumotlar bazasi serveri InterBase instrumentlari tashkil etdi. 1- versiyada komponentlar sahifasi 9 ta bo’limdan va 79 ta komponentdan iborat bo’lgan. Bundan tashqari uning tarkibida ma’lumot hisobotlari tayyorlash uchun ReportSmith v.2.5 utilitasi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi Datebase Engine Configuration v.2.5 utilitalari mavjud edi.
Delphi 2. Delphining 2 – versiyasi 32 razryadli Windows 95/98/Me/2000/XP/NT boshqaruvi asosida ishlaydi. Unga yangi OT ga o’tish munosabati bilan katta o’zgartirishlar kiritildi, jumladan: 16 bitli belgilar va ulardan tuzilgan satrlar; yangi ‘oddiy’ 8 bitli belgili uzun satr formati; yangi ma’lumot tillari kiritildi – Variant va Currency; TTable komponenti uchun filtrlash mexanizmi kiritildi. Delphi2 ishlab chiqarilgan paytda 1 ta dasturiy komplekt 200-300 dollar turar edi. Delphi 2 ning 3 ta komplekti mavjud: Desktop, Professional va Client/Server Suite. Utilitalar qatoriga mavjud ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi SQL Explover v.1.02 va klient-server arxitekturasiga o’tishni soddalashtiruvchi Data Migration Expert utilitalari qo’shiladi. ReportSmith va DatabaseDeskop utilitalari 3.0 va 7.1 versiyalarga ko’tarildi. DatabaseEngine Configuration utilitasi BDE Configuration v.3.0 ga o’zgartirildi. Yangi tasvirlar yaratuvchi Image Editor v.2.0 utilitasi va dastur bajarilishi davomida SQL murojaatlarini ko’rish uchun SQL Monitor v.1.0 utilitasi kiritildi. 12 sahifali komponentlar galereyasida 114 ta standart komponentlar kiritildi. Bunda QReport sahifasida qulay komponentlardan ma’lunotlar bazasidan foydalanib, hisobotlar osongina tayyorlanadi. Download 436.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling